Sobirov Elyor Ozatovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Maktab tabiiy geografiya ta’limida ekologik va tabiatni muhofaza qilish ko‘nikmalarini shakllantirish metodikasi», 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari (geografiya)).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Ped1393.
Ilmiy rahbar: Avazov Sherimmat, pedagogika fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2021.Gr.02.07 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Boymirzaev Karimjon Mirzaxmedovich, geografiya fanlari doktori, professor, Mustafaev Shomurod Normuminovich, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: maktab tabiiy geografiya ta’limi jarayonida o‘quvchilarning ekologik va tabiatni muhofaza qilish ko‘nikmalari tizimini shakllantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
maktab tabiiy geografiya ta’limi jarayonida o‘quvchilarning ekologik va tabiatni muhofaza qilish ko‘nikmalarini shakllantirish jarayoni geoekologik tezaurusni ishlab chiqish va “ekologik skills”ni tasniflashning didaktik infratuzilmasi rivojlantiruvchi matrisalar identifikatsiyasini bevosita hisobga olish orqali aniqlashtirilgan;
maktab tabiiy geografiya ta’limida o‘quv va darsdan tashqari ekologik o‘lkashunoslik orqali ekologik-tabiatni muhofaza qilish ko‘nikmalarini shakllantirish modeli subekt-subekt munosabatlaridagi ijodiy faollik hamda tabiiy-ilmiy yo‘nalganlik motivlarini bosqichma-bosqich rivojlantirib borishning transdissiplinar qayta aloqasini ta’minlash, (tabiiy jarayonni tushuntirishda tegishli fanlarga qaytib olish) asosida takomillashtirilgan;
maktab tabiiy geografiya ta’limida ekologik-tabiatni muhofaza qilish ko‘nikmalarini shakllantirishning algoritmik bosqichlari o‘quv-bilish jarayonida ekologik-qadriyatli munosabatning namoyon bo‘lish darajalariga muvofiq o‘quv-ijodiy faoliyat ko‘lamini maqsadli kengaytirib borishga ustuvorlik berish orqali takomillashtirilgan;
maktab tabiiy geografiya kurslarida ekologik va tabiatni muhofaza qilish ko‘nikmalarini shakllantirish asosida o‘quvchilarning o‘z-o‘zini rivojlantirish va qayta aloqaga kirishish mobilligini oshirishni, o‘quv hamda darsdan tashqari ekologik o‘lkashunoslik faoliyatiga doir izlanishli ta’limiy muhitni mikrotizim imkoniyatlarini hisobga oladigan yangi modeli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Maktab tabiiy geografiya ta’limida o‘quvchilarning ekologik-tabiatni muhofaza qilish ko‘nikmalarini shakllantirish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida:
maktab tabiiy geografiya ta’limi jarayonida o‘quvchilarning ekologik va tabiatni muhofaza qilish ko‘nikmalarini shakllantirish jarayonini geoekologik tezaurusni  ishlab chiqish va “ekologik skills”ni tasniflashning ta’limiy maqsadga mos keluvchi didaktik infratuzilmasini konseptual yoʻnalishlar va rivojlantiruvchi matrisaning  identifikatsiyasini bevosita hisobga olish yuzasidan amaliy taklif va tavsiyalar “Ekologik o‘lkashunoslik” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-iyundagi PQ-290-son Qarori asosida moliyaviy va akademik mustaqillik berilgan Toshkent davlat pedagogika universiteti kengashining 2024-yil 14-dekabrdagi 11/1.3-son Qarori, 2024-254-U-373-raqamli guvohnoma). Natijada, bo‘lajak geografiya o‘qituvchilarning geoekologik o‘quv faoliyati natijalarini loyihalashga doir bilimlarini rivojlantirishga xizmat qilgan;
maktab tabiiy geografiya ta’limida o‘quv va darsdan tashqari ekologik o‘lkashunoslik orqali ekologik-tabiatni muhofaza qilish ko‘nikmalarini shakllantirish modelini subekt-subekt munosabatlaridagi ijodiy faollik va tabiiy-ilmiy yo‘nalganlik motivlarini bosqichma-bosqich rivojlantirib borishning transdisiplinar qayta aloqasi barqarorligi intensivligini ta’minlash asosida takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalar “Ekologik o‘lkashunoslik” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-iyundagi PQ-290-son Qarori asosida moliyaviy va akademik mustaqillik berilgan Toshkent davlat pedagogika universiteti kengashining 2024-yil 14-dekabrdagi 11/1.3-son Qarori, 2024-254-U-373-raqamli guvohnoma). Natijada, bo‘lajak o‘qitucvhilarning ekologik madaniyat va barqaror taraqqiyot asoslariga doir kognitiv-amaliy kompetentligini rivojlantirishga erishilgan;
maktab tabiiy geografiya ta’limida ekologik-tabiatni muhofaza qilish ko‘nikmalarini shakllantirishning algoritmik bosqichlarini o‘quv-bilish jarayonida ekologik-qadriyatli munosabatning namoyon bo‘lish darajalariga muvofiq o‘quv-ijodiy faoliyat ko‘lamini maqsadli kengaytirib borishga qaratilgan geoekologik-interaktiv darslarni didaktik loyihalashtirish mantiqiga ustuvorlik berish orqali takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalar “Ekologik o‘lkashunoslik” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-iyundagi PQ-290-son Qarori asosida moliyaviy va akademik mustaqillik berilgan Toshkent davlat pedagogika universiteti kengashining 2024-yil 14-dekabrdagi 11/1.3-son Qarori, 2024-254-U-373-raqamli guvohnoma). Natijada, malaka oshirish kursining “Zamonaviy geografiya fani va geoekologiyaning nazariy va amaliy muammolari” modulining o‘quv-uslubiy ta’minotini takomillashtirishga erishilgan;
maktab tabiiy geografiya kurslarida ekologik va tabiatni muhofaza qilish ko‘nikmalarini shakllantirish metodikasini o‘quvchilarning o‘z-o‘zini rivojlantirish va qayta aloqaga kirishish mobilligini oshirish, o‘quv va darsdan tashqari ekologik o‘lkashunoslik faoliyatiga doir izlanishli ta’limiy muhitni mikrotizim imkoniyatlarini hisobga olish orqali modellashtirishning produktivligini qat’iy belgilash asosida takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalar “Ekologik o‘lkashunoslik” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-iyundagi PQ-290-son Qarori asosida moliyaviy va akademik mustaqillik berilgan Toshkent davlat pedagogika universiteti kengashining 2024-yil 14-dekabrdagi 11/1.3-son Qarori, 2024-254-U-373-raqamli guvohnoma). Natijada, bo‘lajak geografiya o‘qituvchilarining loyihaviy faoliyatni tashkil etish va o‘tkazishga doir kompetentligini takomillashtirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish