Zakirova Umida Maxamadaminovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi tarmog‘idagi tarkibiy o‘zgarishlarning statistik baholash uslubiyotini takomillashtirish”, 08.00.06-“Ekonometrika va statistika” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.DSc/Iqt631.
Ilmiy maslahatchi: Abduraxmanova Gulnora Qalandarovna iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.01. 2021.I.16.03.
Rasmiy opponentlar: Salimov Baxtiyor Tadjievich, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti professori, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Umarova Muqaddas Abbasovna, International school of finance technology and science instituti (ISFT) v.v.b. professori, iqtisodiyot fanlari doktori; Otajonov Umid Abdullaevich, Ma’mun universiteti professori, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi tarmog‘idagi tarkibiy o‘zgarishlarning statistik baholash uslubiyotini takomillashtirish hamda istiqbollarini prognozlash yuzasidan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “qishloq xo‘jaligi statistikasi” tushunchasining iqtisodiy mazmuni agrar sektordagi iqtisodiy va ijtimoiy ko‘rsatkichlarni muntazam va tizimli hisobga olish, tahlil qilish, modellashtirish va prognozlash orqali qishloq xo‘jaligining holati va rivojlanish dinamikasi to‘g‘risida ob’ektiv, xolis va taqqoslama ma’lumotlar bazasini shakllantirish jarayonlari tarmoq tarkibiy o‘zgarishlari bilan bog‘liq iqtisodiy munosabatlar jihatidan takomillashtirilgan;
agrar tarmoqdagi tarkibiy o‘zgarishlarni statistik baholash metodologiyasini Iqtisodiy faoliyat turlari umumdavlat tasniflagichi (IFUT-2)ga ko‘ra iqtisodiy indeks usulini joriy etish asosida takomillashtirish orqali subtarmoqlar o‘rtasidagi dinamik o‘zgarishlar ta’sirida qishloq xo‘jaligi mahsuloti yalpi hajmini oshirish (MYaHqx = 8%-12%) chegarasi asoslangan;
qishloq xo‘jaligidagi tarkibiy o‘zgarishlarning iqtisodiy samaradorligini ta’minlashda yuqori samarali sub’ektlarni tanlash imkonini beruvchi metodologik asos fermer, dehqon, klaster, agrofirma va kooperativlar kabi tashkiliy-huquqiy hamda mulkchilik shakllarini inobatga oluvchi jamlanma statistik ko‘rsatkichlar orqali agregatlangan tahlil usuli asosida takomillashtirilgan;
qishloq xo‘jaligi tarmog‘ida tuzilmaviy siljishlar samaradorligini oshirish maqsadida ekin maydonlarining agroiqlimiy va resurs salohiyatiga mos ravishda qayta joylashtirishni modellashtiruvchi imitatsion tizim orqali ekinlardan olinadigan o‘rtacha hosilni (O‘He =10%-15%) hamda agroiqtisodiy samaradorlikni (Sa = 20%) ni oshirish imkoniyati asoslangan;
O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi tarmog‘idagi asosiy rivojlanish tendensiyalari bo‘yicha natijaviy ko‘rsatkichlarning ko‘p omilli ekonometrik modeli asosida 2030 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Agrar sektorda tarkibiy o‘zgarishlarni statistik baholash va ko‘rsatkichlar tizimini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “qishloq xo‘jaligi statistikasi” tushunchasining iqtisodiy mazmuni agrar sektordagi iqtisodiy va ijtimoiy ko‘rsatkichlarni muntazam va tizimli hisobga olish, tahlil qilish, modellashtirish va prognozlash orqali qishloq xo‘jaligining holati va rivojlanish dinamikasi to‘g‘risida ob’ektiv, xolis va taqqoslama ma’lumotlar bazasini shakllantirish jarayonlari tarmoq tarkibiy o‘zgarishlari bilan bog‘liq iqtisodiy munosabatlar jihatidan takomillashtirilgan. Ushbu masalalarga oid nazariy-uslubiy ma’lumotlardan oliy ta’lim muassasalari “Statistika” bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari talabalari uchun tavsiya etilib, 2024 yilda chop etilgan “Moliyaviy statistika” nomli darslikni tayyorlashda foydalanilgan. Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalarda nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarni yanada kengaytirish imkoni yaratilgan;
agrar tarmoqdagi tarkibiy o‘zgarishlarni statistik baholash metodologiyasini Iqtisodiy faoliyat turlari umumdavlat tasniflagichi (IFUT-2)ga ko‘ra iqtisodiy indeks usulini joriy etish asosida takomillashtirish orqali subtarmoqlar o‘rtasidagi dinamik o‘zgarishlar ta’sirida qishloq xo‘jaligi mahsuloti yalpi hajmini oshirish (MYaHqx = 8%-12%) chegarasi asoslangan. (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2025-yil 30-iyundagi 04/23-11-606-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklif agrar sektorda amalga oshiriladigan tadbirlarning samaradorligini oshirishda, xususan mamlakatimizda statistika tizimini tubdan isloh qilish maqsadida olib borilayotgan islohotlar qatorida 2020-2025 yillarda O‘zbekiston Respublikasida statistikani rivojlantirishning milliy strategiyasining agrar sektor yo‘nalishidagi vazifalarining ijrosini ta’minlashga xizmat qilgan;
qishloq xo‘jaligidagi tarkibiy o‘zgarishlarning iqtisodiy samaradorligini ta’minlashda yuqori samarali sub’ektlarni tanlash imkonini beruvchi metodologik asos fermer, dehqon, klaster, agrofirma va kooperativlar kabi tashkiliy-huquqiy hamda mulkchilik shakllarini inobatga oluvchi jamlanma statistik ko‘rsatkichlar orqali agregatlangan tahlil usuli asosida takomillashtirilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2025-yil 30-iyundagi 04/23-11-606-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 23 oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo‘ljallangan strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5853-son Farmoniga muvofiq qishloq xo‘jaligi sub’ektlarining rivojlanish darajasi, ularning asosiy tendensiyalaridagi tarkibiy o‘zgarishlarni kompleks statistik baholash imkoniyatlarini oshirgan;
qishloq xo‘jaligi tarmog‘ida tuzilmaviy siljishlar samaradorligini oshirish maqsadida ekin maydonlarining agroiqlimiy va resurs salohiyatiga mos ravishda qayta joylashtirishni modellashtiruvchi imitatsion tizim orqali ekinlardan olinadigan o‘rtacha hosilni (O‘He =10%-15%) hamda agroiqtisodiy samaradorlikni (Sa = 20%) ni oshirish imkoniyati asoslangan. (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2025-yil 30-iyundagi 04/23-11-606-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 6 oktyabrdagi “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari etishtirishni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-387 sonli qaroriga asosan mamlakatimizda ekin maydonlari tuzilmasini takomillashtirish, iqtisodiy-matematik modellarni ishlab chiqish hamda qishloq xo‘jaligini barqaror rivojlanishini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi;
O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi tarmog‘idagi asosiy rivojlanish tendensiyalari bo‘yicha natijaviy ko‘rsatkichlarning ko‘p omilli ekonometrik modeli asosida 2030 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2025-yil 30-iyundagi 04/23-11-606-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 23 oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo‘ljallangan strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5853-son Farmoniga muvofiq statistik tahlil va prognozlashning zamonaviy uslublaridan samarali foydalanish darajalarini kengaytirish imkonini bergan.