Ikramov Sayfullo Turgunovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Madaniy-ommaviy tadbirlarning yoshlarda ijtimoiy fikrni shakllantirishlagi o‘rni”, 17.00.07 – Madaniyat nazariyasi va tarixi. Madaniyatshunoslik (san’atshunoslik fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/San246.
Ilmiy rahbar: Alemasov Viktor Aleksandrovich, falsafa fanlari doktori, dotsent.  
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti, PhD.08/28.08.2020.San.121.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Mavrulov Abduxalil Abdulxaevich, tarix fanlari doktori, professor; Qobilova Feruza Nasrullaevna, san’atshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Yangi O‘zbekiston yoshlarining ijtimoiy fikrini shakllantirishga madaniy-ommaviy tadbirlarning ta’sirini madaniyatshunoslik nuqtai nazaridan ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: 
yoshlarning etnomadaniy, differensial va ijtimoiy xususiyatlarida ijtimoiy fikrni ulardagi dunyoqarash, ong, bilim, intellekt, jismoniy va ruhiy imkoniyatlar orqali shakllantirish, ular ongida go‘zallikni his qilish, ya’ni san’at asarlarining gedonistik falsafasini anglash jarayonining badiiy-estetik, ma’naviy-ma’rifiy va ekzistensial jihatlari aniqlangan;
madaniy-ommaviy tadbirlarni ijtimoiy-g‘oyaviy, pedagogik, kreativ, relaksatsiya, ma’rifiy, xronometrik funksiyalari yoshlar ijtimoiy fikrini ijobiy   tomonga o‘zgartirishining ilmiy-nazariy qonuniyatlari dalillangan;
yoshlarda innovatsion izlanishlarga, kreativ va badiiy-ekzistensial ijodga qiziqish uyg‘otish, ijtimoiy fikri va ongida sotsiogumanistik qarashlarni shakllantirishda madaniy-ommaviy tadbirlardan maqsadga yo‘naltirilgan holda samarali foydalanishning ratsional, obektiv  mezonlari hamda tadbirlarning transformatsion xususiyatlari va estetik evolyusiyasi nazariy, ilmiy va metodologik jihatdan asoslangan;
Yangi O‘zbekistondagi madaniy-ommaviy tadbirlarni o‘tkazishda paradigmal o‘zgarishlar ro‘y bergani, natijada milliy madaniyatni tiklash va rivojlantirish, millatlararo totuvlik va internatsional birdamlikni mustahkamlash, tarixiy ong va milliy o‘zlikni shakllantirish, diniy-ma’naviy qadriyatlar va etnomadaniy an’analarni tiklash, yoshlarda ilg‘or texnologik va ma’rifiy qarashlarni shakllantirishga xizmat qiluvchi madaniy-ommaviy tadbirlar konsepsiyasi ishlab chiqilgani isbotlangan.  
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Madaniy-ommaviy tadbirlarning yoshlarda ijtimoiy fikrni shakllanishidagi o‘rni tadqiqoti bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
yoshlarning etnomadaniy, differensial va ijtimoiy xususiyatlarida ijtimoiy fikrni ulardagi dunyoqarash, ong, bilim, intellekt, jismoniy va ruhiy imkoniyatlar orqali shakllantirish, ular ongida go‘zallikni his qilish, ya’ni san’at asarlarining gedonistik falsafasini anglash jarayonining badiiy-estetik, ma’naviy-ma’rifiy va ekzistensial jihatlari aniqlashga oid xulosa va takliflardan respublikamizda o‘tkazilib kelinayotgan madaniy-ommaviy tadbirlarda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi 2024-yil 3-iyundagi 02-11-17-1835-son ma’lumotnomasi). Natijada, madaniy-ommaviy tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazishning metodik asoslari takomillashtirilgan;
madaniy-ommaviy tadbirlarni ijtimoiy-g‘oyaviy, pedagogik, kreativ, relaksatsiya, ma’rifiy, xronometrik funksiyalari yoshlar ijtimoiy fikrini ijobiy   tomonga o‘zgartirishining ilmiy-nazariy qonuniyatlari dalillanganligiga oid xulosa va takliflar “Prodyuserlik faoliyatida marketing, jamoatchilik aloqalari va reklama” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazining 2024-yil 24-sentyabrdagi 02/01-01-79-son ma’lumotnomasi). Natijada, madaniy tadbirlarni tashkil etishda prodyuserlik faoliyati sir-asrorlarini o‘rgatish, uni tahlil qilish va muammolarni to‘g‘ri echa bilish yo‘llari haqida tushuncha berishga xizmat qilgan;
yoshlarda innovatsion izlanishlarga, kreativ va badiiy-ekzistensial ijodga qiziqish uyg‘otish, ijtimoiy fikri va ongida sotsiogumanistik qarashlarni shakllantirishda madaniy-ommaviy tadbirlardan maqsadga yo‘naltirilgan holda samarali foydalanishning ratsional, obektiv  mezonlari hamda tadbirlarning transformatsion xususiyatlari va estetik evolyusiyasi nazariy, ilmiy va metodologik jihatdan asoslangan xulosa va takliflardan “O‘zbekiston tarixi” telekanali dasturlarida foydalanilgan (O‘zMTRKning 2025-yil 14-iyuldagi 01-33/525-son ma’lumotnomasi). Natijada madaniy-ommaviy tadbirlar, ularning ijtimoiy-madaniy hayotimizdagi o‘rni va yoshlarga ta’siri, shuningdek, mazkur tadbirlarda yoshlarning ishtiroki ko‘lamini oshishiga erishilgan;
Yangi O‘zbekistondagi madaniy-ommaviy tadbirlarni o‘tkazishda paradigmal o‘zgarishlar ro‘y bergani, natijada milliy madaniyatni tiklash va rivojlantirish, millatlararo totuvlik va internatsional birdamlikni mustahkamlash, tarixiy ong va milliy o‘zlikni shakllantirish, diniy-ma’naviy qadriyatlar va etnomadaniy an’analarni tiklash, yoshlarda ilg‘or texnologik va ma’rifiy qarashlarni shakllantirishga xizmat qiluvchi madaniy-ommaviy tadbirlar konsepsiyasi ishlab chiqilgani isbotlanganligiga oid xulosa va takliflar “Madaniy tadbirlarni tashkil etish mahorati”, “Ommaviy bayramlar menejmenti” va “Madaniy tadbirlarni badiiy bezash” fanlarining o‘quv dasturlari mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazining 2024-yil 24-sentyabrdagi 02/01-01-79-son ma’lumotnomasi). Natijada, madaniy tadbirlarni tashkil etishninh metodik ta’minoti takomillashtirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish