Sulaymonov Rustam Shennikovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Paxta chigitini linterlash va momiqni tozalash jarayonlarining ratsional texnologiyasini yaratish», 05.06.02–To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.DSc/T248.
Ilmiy maslahatchi: Maqsudov Erkin To‘xtaevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: «Paxtasanoat ilmiy markazi» AJ.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.27.06.2017.T.08.01.
Rasmiy opponentlar: Axmedxodjaev Xamid Tursunovich, texnika fanlari doktori, professor; Rizaev Anvar Abdullaevich, texnika fanlari doktori, professor; Xakimov Sherqul Sherg‘ozievich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: paxta chigitini linterlash va momiqni tozalash texnologiyasini ta’minlaydigan takomillashtirilgan linter va momiq tozalagichning texnologik parametrlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
chigitni linterlash jarayoniga ta’sir etuvchi takomillashtirilgan konstruksiyali aralashtirgich yaratilgan;
belgilangan rejimda ishchi kameradagi qatlamli chigit harakatining bog‘lanishi ishlab chiqilgan;
paxta momig‘ini tozalash uchun kombinatsiyalangan turdagi yangi konstruksiyali momiq tozalagich yaratilgan;
momiqni yoyish va tarashda tekislovchi taroqlar bilan arrali silindr zonasidagi momiqning harakatida taroqlarni gorizontal o‘qqa nisbatan og‘ish burchagining ratsional kattaligi arrali silindr yoy uzunligini hisobga olgan holda aniqlangan;
momiqdan yirik iflosliklar ajralishida tozalash samaradorligiga ta’sir etuvchi kolosniklarning ratsional soni ta’sir etuvchi kuchlar orqali aniqlangan;
momiq sifatini yaxshilaydigan, ish unumdorligi va tozalash samaradorligini oshiruvchi momiq tozalagichning asosiy konstruktiv va texnologik parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Paxta tozalash korxonalarida paxta chigitini linterlash va momiqni tozalash jarayonining ratsional texnologiyasini yaratish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
paxta chigitini linterlash texnologiyasi va uskunasi «O‘zpaxtasanoat» AJ tasarrufidagi korxonalarda, jumladan Toshkent viloyatining «Chinoz paxta tozalash» AJ, Xorazm viloyatining «Qo‘shko‘pir tajriba-eksperimental paxta tozalash» AJ, Surxondaryo viloyatining «Angor paxta tozalash» AJ, Andijon viloyatining «Asaka paxta tozalash» AJ, Farg‘ona viloyatining «Bog‘dod tajriba-eksperimental paxta tozalash» AJ, Buxoro viloyatining «Jondor paxta tozalash» AJ, «Peshku paxta tozalash» AJ, «Kogon paxta tozalash» AJlarda joriy etilgan («O‘zpaxtasanoat» AJning 2018 yil 26 oktyabrdagi 02-29/6158-son ma’lumotnomasi). Natijada yuqori va past navli chigitni linterlashda linterning chigit bo‘yicha ish unumdorligini o‘rtacha 19,4% va 21,7%ga, momiq bo‘yicha ish unumdorligini o‘rtacha 7,2% va 9,7%ga oshirish imkoni yaratilgan;
momiqni tozalash texnologiyasi va uskunasi «O‘zpaxtasanoat» AJ tasarrufidagi korxonada, jumladan Qoraqolpog‘iston Respublikasi «Ellikqal’a paxta tozalash» AJga joriy etilgan («O‘zpaxtasanoat» AJning 2018 yil 26 oktyabrdagi 02-29/6158-son ma’lumotnomasi). Natijada yuqori navli momiqni tozalashda tozalagichning ish unumdorligini 35,3%ga, past navli momiqni tozalashda 32,0%ga oshirish imkoni yaratilgan;
takomillashtirilgan 5LP linterlari «O‘zpaxtasanoat» AJ tizimidagi korxonalarda, jumladan Buxoro viloyatining «Jondor paxta tozalash» AJ, «Peshku paxta tozalash» AJ, «Kogon paxta tozalash» AJlariga joriy etilgan («O‘zpaxtasanoat» AJning 2018 yil 26 oktyabrdagi 02-29/6158-son ma’lumotnomasi). Natijada yuqori va past navli chigitlarni linterlashda chigitning shikastlanishini o‘rtacha 0,19 (abs)%ga va 0,3 (abs)%ga, momiqdagi iflos aralashmalar va butun chigitlarning massaviy ulushini o‘rtacha 0,3 (abs)%ga va 0,2 (abs)%ga kamaytirish, ishlab chiqarilayotgan chigit va momiq sifatini yaxshilash imkoni yaratilgan;
ishlab chiqarilgan momiq tozalagich «O‘zpaxtasanoat» AJ tasarrufidagi korxonada, jumladan Qoraqolpog‘iston Respublikasi «Ellikqal’a paxta tozalash» AJga joriy etilgan («O‘zpaxtasanoat» AJning 2018 yil 26 oktyabrdagi 02-29/6158-son ma’lumotnomasi). Natijada I va II navli momiqni tozalashda tozalagichning tozalash samaradorligi 32,4% va 42,7%ga teng bo‘lib, O‘zDst 645:2010 davlat standarti bo‘yicha A va B tipli “Oliy” sinfga mansub momiq ishlab chiqarilishiga erishilgan.