Bobomurodov Sirojiddin Mengziyo o‘g‘lining
pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Boshlang‘ich sinf o‘quv jarayonida ilk invariant va variativ tushunchalarni shakllantirish metodikasi (ona tili misolida)”, 13.00.02-Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ona tili) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan B2024.4.PhD/Ped4094
Ilmiy rahbar: Norbo‘taev Xushboq Bobonazarovich, Termiz davlat pedagogika instituti professori, pedagogika fanlari doktori (DSc).
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat pedagogika instituti.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi Termiz davlat pedagogika instituti, Ilmiy kengash raqami: PhD.03/30.07.2024.Ped.180.01
Rasmiy opponentlar:
birinchi opponent – Oripova Nodima Xalilovna – Qarshi davlat universiteti dotsenti, pedagogika fanlari doktori (DSc).
ikkinchi opponent – Eshmo‘minov Asqar Allamurodovich – Termiz davlat iniversiteti dotsenti, filologiya fanlari doktori (DSc).
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida invariant va variativ tushunchalarni shakllantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ona tili darslarida o‘quv elementlarining taksonomik ketma-ketligini ta’minlash orqali o‘quvchilarda invariant (o‘zgarmas) va variativ (o‘zgaruvchan) tushunchalarni shakllantirishning interiorizatsiya (tushunchaning ichki qabul qilinishi), eksteriorizatsiya (tashqi namoyon bo‘lishi) va refleksiv-baholash kabi xususiyatlari aniqlashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida invariant va variativ tushunchalarni shakllantirishga qaratilgan didaktik model mazmuni shaxsiy ta’lim dasturida o‘quvchining o‘qish maqsadlari va faoliyat turlarini belgilash hamda metodik tamoyillarni faol ta’lim strategiyalari bilan uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilgan;
o‘quvchilarda variativ tushunchalarni shakllantirishning metodik tizimi “Ona tili” darslarida variatsion mazmunga ega metodlarni qo‘llash, shuningdek, o‘quvchilarning o‘zlashtirish natijalarini baholash mezonlari bilan diagnostika qilish imkonini beruvchi didaktik muhitni yaratish orqali takomillashtirilgan;
darsdan tashqari mashg‘ulotlarning intellektual-ijodiy va korreksion-rivojlantiruvchi funksiyalarini oshirish asosida lokal-modulli texnologiyani takomillashtirish orqali boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida variativ tushunchalarni shakllantirish samaradorligi aniqlashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Boshlang‘ich sinf o‘quv jarayonida ilk invariant va variativ tushunchalarni shakllantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ona tili darslarida o‘quv elementlarining taksonomik ketma-ketligini ta’minlash orqali o‘quvchilarda invariant (o‘zgarmas) va variativ (o‘zgaruvchan) tushunchalarni shakllantirishning interiorizatsiya (tushunchaning ichki qabul qilinishi), eksteriorizatsiya (tashqi namoyon bo‘lishi) va refleksiv-baholash kabi xususiyatlarini aniqlashtirishga oid taklif va tavsiyalar umumta’lim maktablarining boshlang‘ich ta’lim Milliy o‘quv dasturi va darsliklari mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Resrublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2024-yil 8-noyabr 01/11-1-933-son ma’lumotnomasi). Natijada, ona tili darslarida invariant va variativ tushunchalarni shakllantirish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida invariant va variativ tushunchalarni shakllantirishga qaratilgan didaktik model mazmuni shaxsiy ta’lim dasturida o‘quvchining o‘qish maqsadlari va faoliyat turlarini belgilash hamda metodik tamoyillarni faol ta’lim strategiyalari bilan uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalardan Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti Qoraqalpog‘iston filiali va O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida 2021-2024 uillarda bajarilgan FA-F1-G003 “Hozirgi qoraqalpoq tilida funksional so‘z yasalishi” mavzusidagi fundamental loyihasini bajarishda foydalanilgan (Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2025-yil 2-may № 203-sonli ma’lumotnomasi). Natijada boshlang‘ich sinf o‘quv jarayonida invariant va variativ tushunchalarni shakllantirish metodikasi mazmunan boyitilgan;
o‘quvchilarda variativ tushunchalarni shakllantirishning metodik tizimi “Ona tili” darslarida variatsion mazmunga ega metodlarni qo‘llash, shuningdek, o‘quvchilarning o‘zlashtirish natijalarini baholash mezonlari bilan diagnostika qilish imkonini beruvchi didaktik muhitni yaratish orqali takomillashtirish bo‘yicha tadqiqot natijalaridan Evropa ittifoqining ERASMUS+ dasturi doirasida 2019-2022-yillarda bajarilgan 574099-EPP-1-2019-1-IT-EPPKA2-CBHE-SP raqamli PAWER- “Hududlararo mobillikni yo‘lga qo‘yish va bu borada dolzarblik, sifat hamda tenglikni ta’minlash” mavzusidagi xalqaro loyihasini bajarishda foydalanilgan (Termiz davlat universiteti ilmiy-tadqiqot ishlari rejasiga muvofiq 2025-yil 1-may 03/12-1788-sonli ma’lumotnomasi). Natijada boshlang‘ich sinf o‘quv jarayonida invariant va variativ tushunchalarni shakllantirish davomida o‘quv faoliyatini rivojlantirishga yoʻnaltirilgan mantiqiy tuzilma takomillashtirilgan;
darsdan tashqari mashg‘ulotlarning intellektual-ijodiy va korreksion-rivojlantiruvchi funksiyalarini oshirish asosida lokal-modulli texnologiyani takomillashtirish orqali boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida variativ tushunchalarni shakllantirish samaradorligini aniqlashtirishga xizmat qiluvchi ilmiy metodik tavsiyalardan Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instifuti Qoraqalpog‘iston filialida 2021-2024-yillarda amalga oshirilgan XT-F2-011 “Qoraqalpoq tilini o‘qitishni takomillashtirishning nazariy-uslubiy asoslarini kompleks tadqiq etish va konsepsiyasini ishlab chiqish” mavzusidagi fundamental loyihasini bajarishda foydalanilgan (Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2025-yil 28-aprel № 202-sonli ma’lumotnomasi). Natijada kompetensiyaviy yondashuv orqali invariant va variativ tushunchalarni shakllantirish jarayoni o‘quvchilarda ijodiy, intellektual xususiyatlarini rivojlantirishga xizmat qilgan.