Xasanova Shaxnoza Alisher qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Xavf guruhidagi bemorlarda COVID-19 kechishining klinik-diagnostik mezonlari va xususiyatlari», 14.00.10 – Yuqumli kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Tib1527.
Ilmiy rahbar: Tadjiev Botir Mirxashimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami:  Toshkent tibbiyot akademiyasi, Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.01. 
Rasmiy opponentlar: Ibadova Gulnara Alievna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Xudaykulova Gulnara Karimovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: xavf guruhidagi bemorlarda COVID-19 kechishining klinik-tashxislash mezonlari va xususiyatlarini baholashni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
COVID-19 kasalligida xavf guruhidagi bemorlarda Krebs indeksi neytrofil/limfotsitlar nisbatining  belgilangan me’yordan ortishining kasallikning og‘ir oqibatlarini bashoratlashda virus yuklamasining ortishini  baholashda yuqori tashxisoti ahamiyatga ega ekanligi isbotlangan;
qandli diabet, semizlik va arterial gipertenziya tashxislangan bemorlarda COVID-19 infeksiyasining kechish darajasi va vizual analogik ko‘rsatkichlar COVID-19 infeksiyasining yondosh xastaliklarisiz kechgan bemorlarga nisbatan va og‘riq simtomining aniq va keng qamrovli kechishi isbotlangan; 
COVID-19 infeksiyasi og‘ir kechishida yondosh xastliklari qandli diabet, yurak ishemik kasalligi, arterial gipertenziyasi mavjud bemorlarda giperxolesterinemiya, gipodinamiya va semizlikning turli bosqichlarida yuqori xavf omillari ekanligi isbotlangan;
COVID-19 bilan xastalangan xavf omillari mavjud bo‘lgan bemorlarda endogen intoksikatsiyaning yuzaga kelishi hamda Krebs indeksi darajasining beshdan yuqoriligi xastalikning og‘irlik darajasini tashxislash mezoni ekanligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Xavf guruxidagi bemordarda COVID-19 kechishining klinik-diagnostik mezonlari va xususiyatlari bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy yangiligi asosida:
birinchi ilmiy yangilik: COVID-19 kasalligida xavf guruhidagi bemorlarda Krebs indeksi neytrofil/limfotsitlar nisbatining  belgilangan me’yordan ortishining kasallikning og‘ir oqibatlarini bashoratlashda virus yuklamasining ortishini  baholashda yuqori tashxisoti ahamiyatga ega ekanligi isbotlanganishi ahamiyatga ega ekanligi va asoslanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Ilmiy Kengashi tomonidan 2023-yil 7-yanvar` 38-son bilan tasdiqlangan «Xavf guruxidagi bemordarda COVID-19 kechishining klinik-diagnostik mezonlari va xususiyatlari» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Toshkent viloyati 1-sonli Zangiota shifoxonasining 14.01.2023-yildagi 22R-son hamda Xorazm viloyati, Urganch shaxri yuqumli kasalliklari shifoxonasining 21.01.2023 yildagi 24P-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2025 yil 20 iyundagi 20/46-sonli yig‘ilish bayonnomasiga asosan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga tadbig‘i bo‘yicha xulosasi) Ijtimoiy samaradorligi: COVID-19 bilan kasallangan bemorlarda kasallikning og‘ir kechishini bashoratlash va oqibatlarini baholash uchun xavf omillarini aniqlash, COVID-19 kasalligining og‘irligi darajasidan qat’iy nazar, Krebs indeksi ko‘rsatkichi orqali komorbid holatlar mavjud bo‘lgan bemorlarda diagnostik mezonlarni baholash imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: Bemorlarda Krebs indeksini aniqlash kasallikning rivojlanishini hamda asoratlarining oldini olish, bemor salomatligining tez qayta tiklanishi va bemorlarning shifoxonada davolanishiga sarflanadigan xarajatlarni kamaytirish bilan izohlanishi, va 1 nafar bemorni tashxislashga sarflanadigan 440000 so‘m byudjet mablag‘lari iqtisod qilinadi; 
ikkinchi ilmiy yangilik: qandli diabet, semizlik va arterial gipertenziya tashxislangan bemorlarda COVID-19 infeksiyasining kechish darajasi va vizual analogik ko‘rsatkichlar COVID-19 infeksiyasining yondosh xastaliklarisiz kechgan bemorlarga nisbatan va og‘riq simtomining aniq va keng qamrovli kechishi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Ilmiy Kengashi tomonidan 2023-yil 7-yanvar` 38-son bilan tasdiqlangan «Xavf guruxidagi bemordarda COVID-19 kechishining klinik-diagnostik mezonlari va xususiyatlari» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Toshkent viloyati 1-sonli Zangiota shifoxonasining 14.01.2023-yildagi 22R-son hamda Xorazm viloyati, Urganch shaxri yuqumli kasalliklari shifoxonasining 21.01.2023 yildagi 24P-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2025 yil 20 iyundagi 20/46-sonli yig‘ilish bayonnomasiga asosan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga tadbig‘i bo‘yicha xulosasi)  Ijtimoiy samaradorligi: vizual analogik ko‘rsatkich yordamida xavf omillari mavjud bo‘lgan bemorlarda diagnostik mezonlarni baholash erta asoratlari oldi olish, xavf omili pasayishiga sabab bo‘ladi; Iqtisodiy samaradorligi: COVID-19 infeksiyasi bilan xastalangan har bir bemorga sarflanadigan ko‘rsatkichlarini statsionar davodan oldin tekshirilishi hisobiga bemorlarga o‘z vaqtida tashxis qo‘yilib davolash orqali 1 nafar bemorga 1 kunlik sarflanadigan budjet mablag‘larini 1250000 so‘mga iqtisod qilinadi; 
 uchinchi ilmiy yangilik: COVID-19 infeksiyasi og‘ir kechishida yondosh xastliklari qandli diabet, yurak ishemik kasalligi, arterial gipertenziyasi mavjud bemorlarda giperxolesterinemiya, gipodinamiya va semizlikning turli bosqichlarida yuqori xavf omillari ekanligi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent pediatriya tibbiyot instituti ekspert kengashi tomonidan 2023-yil 7-yanvar` 38-son bilan tasdiqlangan «Xavf guruxidagi bemordarda COVID-19 kechishining klinik-diagnostik mezonlari va xususiyatlari» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Toshkent viloyati 1-sonli Zangiota shifoxonasining 14.01.2023-yildagi 22R-son hamda Xorazm viloyati, Urganch shaxri yuqumli kasalliklari shifoxonasining 21.01.2023 yildagi 24P-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2025 yil 20 iyundagi 20/46-sonli yig‘ilish bayonnomasiga asosan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga tadbig‘i bo‘yicha xulosasi) Ijtimoiy samaradorligi: COVID-19 infeksiyasi og‘ir kechishida qandli diabet, yurak ishemik kasalligi, arterial gipertenziya (giperxolesterinemiya, gipodinamiya va semizlik) kasalliginig yuqori xavf omillari ekanligi va kasallikning og‘ir darajaga asoratlatlanishini oldini olish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: COVID-19 infeksiyasi xastalangan har bir bemor davolashga sarflanadigan asoratlarni kamaytirish hisobiga dinamikada ko‘rsatikchlarning ko‘tarilishi endokrin va yurak qon tomir tizimi rivojlanishi mumkinligini beradi va bu esa bemorlarga o‘z vaqtida tashxis qo‘yilib davolash orqali bemorlarda bemorning shifoxonada davolash muddatini qisqartirish orqali 1 nafar bemor uchun 1 kunlik davolash va 1 ta tekshiruv tahlillari uchun sarflanadigan budjet mablag‘larini 1470000 so‘m iqtisod qilinadi; 
 to‘rtinchi ilmiy yangilik: COVID-19 bilan xastalangan xavf omillari mavjud bo‘lgan bemorlarda endogen intoksikatsiyaning yuzaga kelishi hamda Krebs indeksi darajasining beshdan yuqoriligi xastalikning og‘irlik darajasini tashxislash mezoni ekanligi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Ilmiy Kengashi tomonidan 2023-yil 7-yanvar` 38-son bilan tasdiqlangan «Xavf guruxidagi bemordarda COVID-19 kechishining klinik-diagnostik mezonlari va xususiyatlari» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Toshkent viloyati 1-sonli Zangiota shifoxonasining 14.01.2023-yildagi 22R-son hamda Xorazm viloyati, Urganch shaxri yuqumli kasalliklari shifoxonasining 21.01.2023 yildagi 24P-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2025 yil 20 iyundagi 20/46-sonli yig‘ilish bayonnomasiga asosan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga tadbig‘i bo‘yicha xulosasi) Ijtimoiy samaradorligi: xavf guruhidagi bemorlarda Krebs indeksi ko‘rsatkichini baxolash, bemorlarlarda uchraydigan xavf omillarini asoratlarni oldini olishga, tezkor taxliliy diagnostika o‘tkazish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: COVID-19 infeksiyasi bilan xastalangan har bir kasallikni davolash kursini 10 kundan 7 kunga kamaytirish orqali gospitalizatsiya muddatining 3 kunga kamayishi sarflanuvchi dori vositalariga talab qilinadigan mablag‘lar sonini kamaytiradi o‘rta hisobda 3750000 so‘mga mablag‘ natijasida iqtisod qilinadi. Ishlab chiqilgan mezonlarni yuqumli kasalliklar shifoxonalarida, SOVID-19 bilan kasallangan bemorlarda muayyan a’zo va to‘qimalarning shikastlanishini erta aniqlash va keng qamrovli monitoring o‘tkazish, qimmatbaho instrumental tekshiruvlar (KT, UTT) qo‘llanilishini kamaytiradi, kasalxonada yotish muddatini va davolanish hamda reabilitatsiya xarajatlarini qisqartiradi (har bir bemor uchun 8,15 million so‘mgacha iqtisod qilish imkonini yaratadi).  

Yangiliklarga obuna bo‘lish