Fazilova Aziza Shuxrat qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Erta tug‘ilgan chaqaloqlarda ovqat hazm qilishning funksional xususiyatlari va ularning buzilishlarini tuzatish usullari”, 14.00.09 – Pediatriya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqami: B2023.3. PhD/Tib3783.
Ilmiy rahbar: Axmedova Dilorom Ilxamovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti,_DSc.04/30.12.2019.Tib.29.01.
Rasmiy opponentlar: Agzamova Shoira Abdusalamovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Nasirova Umida Feruzovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi muddatidan oldin tug‘ilgan chaqaloqlarda ovqat hazm qilishning funksional xususiyatlarini gestatsion eshiga bog‘likligini aniqlash va uning buzilishlarini tuzatish usullarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
muddatidan oldin tug‘ilgan chaqaloqlarning gestatsion yoshi bilan ovqat hazm qilish buzilishlarining darajasi, ichak o‘tkazuvchanligi va yallig‘lanishining fekal biomarkerlari o‘rtasidagi bog‘liqlik aniqlangan: homiladorlikning 28-32 haftaligida tug‘ilgan chaqaloqlarda fekal kalprotektin darajasining periferik qondagi C-reaktiv oqsil (r=0,63, p<0,01) va leykotsitlar (r=0,71, p<0,01) miqdori bilan, shuningdek, chaqaloqlarda vazn qo‘shish kechikishi (r=0,51, p<0,05) bilan ijobiy bog‘liqlik isbotlangan, 33-36 haftalik chaqaloqlarda esa fekal kalprotektin darajasining leykotsitar intoksikatsiya indeksi (r=0,38, p<0,05) bilan ijobiy bog‘liqlik isbotlangan;
chala tug‘ilgan chaqaloqlarda bo‘shliqdagi hazm qilish va ichak devorining to‘siq funksiyasi buzilishlarining og‘irlik darajasini ortishi gestatsiya yoshiga va mikrob peyzajiga bog‘liqligi: 28–32 haftada tug‘ilgan chaqaloqlarda hayotining birinchi haftasida fekal elastaza ko‘rsatkichlari past (166,6±64,6 mg/g, p<0,01), al`fa-1-antitripsin darajasi yuqori (375,4±18,6 mg/dl, p<0,001) ekanligi, foydali mikroflora kolonizatsiyasida jiddiy kechikish (E.coli – 0%, bifidobakteriyalar – 25,0%, laktobakteriyalar – 23,0%) va shartli patogen floraning yuqori uchrashuv chastotasi (Enterococcus faecalis – 50,0%, Klebsiella spp. – 30,0%), obligat va fakul`tativ anaeroblar o‘rtasidagi muvozanatning buzilishi isbotlangan;
gestatsiyaning 28-36 haftalik muddatidan oldin tug‘ilgan chaqaloqlarda ovqat hazm qilish buzilishlarini korreksiyalashda L. reuteri bir komponentli probiotikni kompleks davolashda qo‘llash fekal kalprotektin (p<0,05) va al`fa-1-antitripsin (p<0,05) darajalarining ijobiy dinamikasiga erishilganligi, nekrotik enterokolit bilan kasallangan bolalarning yashovchanligi 3% ga oshganligi, bolalarning reanimatsiya bo‘limida bo‘lish muddati o‘rtacha 8,8±0,01 (p<0,05) kunga qisqarganligi asosida samaradorligi isbotlangan;
muddatidan oldin tug‘ilgan chaqaloqlarda ovqat hazm qilish buzilishlarini erta aniqlash va korreksiya qilish algoritmining ko‘llanilishi tufayli nekrotik enterokolit rivojlanishi chastotasini 2 martaga kamayishiga (p<0,05), bolalar yashovchanligi 3,4% ortishiga, bola hayotning birinchi yili davomida o‘sish va rivojlanish ko‘rsatkichlarini yaxshilanishiga (p<0,05) erishilgaligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Erta tug‘ilgan chaqaloqlarda ovqat hazm qilish funksional buzilishlarining aks ettiradigan laborator-instrumental markerlari va ularni korreksiyalash usullari takomilashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: muddatidan oldin tug‘ilgan chaqaloqlarning gestatsion yoshi bilan ovqat hazm qilish buzilishlarining darajasi, ichak o‘tkazuvchanligi va yallig‘lanishining fekal biomarkerlari o‘rtasidagi bog‘liqlik aniqlangan: homiladorlikning 28-32 haftaligida tug‘ilgan chaqaloqlarda fekal kalprotektin darajasining periferik qondagi C-reaktiv oqsil (r=0,63, p<0,01) va leykotsitlar (r=0,71, p<0,01) miqdori bilan, shuningdek, chaqaloqlarda vazn qo‘shish kechikishi (r=0,51, p<0,05) bilan ijobiy bog‘liqlik isbotlangan, 33-36 haftalik chaqaloqlarda esa fekal kalprotektin darajasining leykotsitar intoksikatsiya indeksi (r=0,38, p<0,05) bilan ijobiy bog‘liqlik isbotlanganligi Toshkent pediatriya tibbiyot institutining 2025 yil 26 fevraldagi №03/338-sonli Ilmiy kengashi qarori bilan tasdiqlangan "Erta tug‘ilgan chaqaloqlarda ovqat hazm qilishning funksional buzilishlarini tashxislash va korreksiyalash" uslubiy tavsiyalariga kiritilgan va mazkur takliflar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Respublika bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2025 yil 1 apreldagi 33-sonli va Andijon viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2025 yil 22 martdagi 22-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Ilmiy texnik kengashining 25.04.2025 yildagi 16/10-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: muddatidan oldin, kichik gestatsiya yoshida (28–32 hafta) tug‘ilgan chaqaloqlarda hazm qilish buzilishlari, jumladan, NEK rivojlanishi xavfini erta aniqlash statsionarda qolish muddatini qisqartirish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: olingan natijalarning amaliy qo‘llanilishi muddatidan oldin, ayniqsa kichik gestatsiya yoshida tug‘ilgan chaqaloqlarda hazm qilish tizimi tomonidan buzilishlarni erta tashxislash uchun kliniko-laborator ko‘rsatkichlarni baholash imkonini bergan hamda erta korreksiya qilish natijasida vazn ortishi yaxshilangan, reanimatsiya bo‘limida qolish muddati qisqargan, kasallanish va nogironlik darajasi kamaygan, bu esa 20 nafar bola uchun 8640200 so‘m mablag‘ iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: muddatiga etmay tug‘ilgan chaqaloqlarda ovqat hazm qilish buzilishi asoratlarini erta tashxislashni yaxshilash, profilaktik farmakoterapiyani erta boshlash natijasida kasalxonada bo‘lish muddatini qisqartirib, 1 nafar erta tug‘ilgan chaqaloqni parvarish va davolash uchun byudjet tomonidan ajratiladigan mablag‘larni 432000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan;
ikkinchi ilmiy yangilik: chala tug‘ilgan chaqaloqlarda bo‘shliqdagi hazm qilish va ichak devorining to‘siq funksiyasi buzilishlarining og‘irlik darajasini ortishi gestatsiya yoshiga va mikrob peyzajiga bog‘liqligi: 28–32 haftada tug‘ilgan chaqaloqlarda hayotining birinchi haftasida fekal elastaza ko‘rsatkichlari past (166,6±64,6 mg/g, p<0,01), al`fa-1-antitripsin darajasi yuqori (375,4±18,6 mg/dl, p<0,001) ekanligi, foydali mikroflora kolonizatsiyasida jiddiy kechikish (E.coli – 0%, bifidobakteriyalar – 25,0%, laktobakteriyalar – 23,0%) va shartli patogen floraning yuqori uchrashuv chastotasi (Enterococcus faecalis – 50,0%, Klebsiella spp. – 30,0%), obligat va fakul`tativ anaeroblar o‘rtasidagi muvozanatning buzilishi isbotlanganligi Toshkent pediatriya tibbiyot institutining 2025 yil 26 fevraldagi №03/338-sonli Ilmiy kengashi qarori bilan tasdiqlangan "Erta tug‘ilgan chaqaloqlarda ovqat hazm qilishning funksional buzilishlarini tashxislash va korreksiyalash" uslubiy tavsiyalariga kiritilgan va mazkur takliflar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Respublika bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2025 yil 1 apreldagi 33-sonli va Andijon viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2025 yil 22 martdagi 22-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Ilmiy texnik kengashining 25.04.2025 yildagi 16/10-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: muddatidan oldin tug‘ilgan chaqaloqlarda xayotning birinchi haftasi oxiriga kelib aniqlangan past darajadagi fekal elastaza, α-1-antitripsinning dinamikada ortishi, normal mikroflora kamayishi fonida shartli patogen flora ko‘payishi, obligat mikrofloraning yorqin etishmovchiligi va antagonistik faoliyatning yo‘qligi, erta bosqichlarda yallig‘lanish asoratlari, jumladan, nekrotik enterokolit rivojlanishi xavfini aniqlash va o‘z vaqtida profilaktika hamda davolashni ta’minlash imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: mikrob peyzaji va najas biomarkerlarini o‘rganish asosida o‘z vaqtida va farqlashtirilgan profilaktika qo‘llanilishi shifoxonada qolish muddatini sezilarli darajada qisqartirdi (har bir bemorga o‘rtacha 8,8 kun), shu bilan ko‘p mablag‘ talab qiladigan asoratlarni oldini olish va umuman olganda davolash xarajatlarini kamaytirish imkonini bergan 20 nafar chaqaloqni davolashda o‘rtacha 8640200 so‘m iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: muddatiga etmay tug‘ilgan chaqaloqlarda ovqat hazm qilish tizimi tomonidan asoratlarni erta tashxislashni optimallashtirish patogenetik jihatdan asoslangan profilaktik davolashni o‘z vaqtida boshlash va havfli asoratlarni oldini olish orqali xamda mikrob peyzaji va fekal markerlarni aniqlash va probiotik terapiya qo‘llash 1 bemor uchun 432010 so‘m iqtisod qilish imkonini bergan;
uchinchi ilmiy yangilik: gestatsiyaning 28-36 haftalik muddatidan oldin tug‘ilgan chaqaloqlarda ovqat hazm qilish buzilishlarini korreksiyalashda L. reuteri bir komponentli probiotikni kompleks davolashda qo‘llash fekal kalprotektin (p<0,05) va al`fa-1-antitripsin (p<0,05) darajalarining ijobiy dinamikasiga erishilganligi, nekrotik enterokolit bilan kasallangan bolalarning yashovchanligi 3% ga oshganligi, bolalarning reanimatsiya bo‘limida bo‘lish muddati o‘rtacha 8,8±0,01 (p<0,05) kunga qisqarganligi asosida samaradorligi isbotlanganligi Toshkent pediatriya tibbiyot institutining 2025 yil 26 fevraldagi №03/338-sonli Ilmiy kengashi qarori bilan tasdiqlangan "Erta tug‘ilgan chaqaloqlarda ovqat hazm qilishning funksional buzilishlarini tashxislash va korreksiyalash" uslubiy tavsiyalariga kiritilgan va mazkur takliflar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Respublika bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2025 yil 1 apreldagi 33-sonli va Andijon viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2025 yil 22 martdagi 22-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Ilmiy texnik kengashining 25.04.2025 yildagi 16/10-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: hazm qilish tizimi buzilishlarini L.Reuteri bir komponentli probiotikni qullash muddatidan oldin tug‘ilgan chaqaloqlarda kompleks terapiya samaradorligini oshiradi, kliniko-laborator ko‘rsatkichlarni yaxshilaydi, asoratlar va nekrotik enterokolit rivojlanishi holatlarini 2 marta kamaytiradi, bolalarning statsionarda qolish muddatini qisqarishiga imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: kompleks terapiya tarkibida bir komponentli L.Reuteri probiotikini qo‘llash statsionar davolanish muddatini qisqartirish (o‘rtacha har bir bemorga 8,8 kun) va kasallanish ko‘rsatkichlarini yaxshilash imkonini bergan, bu esa 20 nafar muddatiga etmay tug‘ilgan chaqaloqlar uchun ChARIT bo‘limida statsionar davolanish xarajatlarini 8640200 so‘mga iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: turli gestatsion yoshdagi muddatidan oldin tug‘ilgan chaqaloqlarda ovqat hazm qilish buzilishlarini kompleks davolash tarkibida ushbu preparatni qo‘llash natijasida ChARIT bulimida statsionar davolanish xarajatlarini 1 bemor uchun 432010 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: muddatidan oldin tug‘ilgan chaqaloqlarda ovqat hazm qilish buzilishlarini erta aniqlash va korreksiya qilish algoritmining ko‘llanilishi tufayli nekrotik enterokolit rivojlanishi chastotasini 2 martaga kamayishiga (p<0,05), bolalar yashovchanligi 3,4% ortishiga, bola hayotning birinchi yili davomida o‘sish va rivojlanish ko‘rsatkichlarini yaxshilanishiga (p<0,05) erishilgaligi isbotlanganligi Toshkent pediatriya tibbiyot institutining 2025 yil 26 fevraldagi №03/338-sonli Ilmiy kengashi qarori bilan tasdiqlangan "Erta tug‘ilgan chaqaloqlarda ovqat hazm qilishning funksional buzilishlarini tashxislash va korreksiyalash" uslubiy tavsiyalariga kiritilgan va mazkur takliflar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Respublika bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2025 yil 1 apreldagi 33-sonli va Andijon viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2025 yil 22 martdagi 22-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Ilmiy texnik kengashining 25.04.2025 yildagi 16/10-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: ishlab chiqilgan muddatidan oldin tug‘ilgan chaqaloqlarda hazm qilishning funksional buzilishlarini diagnostika qilish va korreksiyalash algoritmi nutritiv qo‘llab-quvvatlash sifati yaxshilanishiga hamda uzoq muddatli antibakterial va parenteral terapiyaga ehtiyoj kamayishiga yordam beradi, og‘ir yallig‘lanish asoratlari, jumladan, nekrotik enterokolit rivojlanishi holatlarini kamaytiradi, bolalarning yashovchanligini oshiradi, bolalarning hayotining birinchi yilida o‘sish va rivojlanish ko‘rsatkichlarini yaxshilaydi, 28–32 hafta gestatsiya yoshida tug‘ilgan zaif toifadagi yangi tug‘ilgan bolalarda nogironlik holatlarini kamaytirish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: hazm qilish buzilishlarini diagnostika qilish va korreksiya qilish algoritmini joriy etish natijasida muddatidan oldin tug‘ilgan chaqaloqlarning statsionarda qolish muddati va bir nafar bemorni statsionar davolash xarajatlari kamayib, 1 bemor uchun statsionar davolash qiymatini 432010 so‘mga byudjet mablag‘larini iqtisod kilishga erishilgan. Xulosa: muddatidan oldin tug‘ilgan chaqaloqlarda ishlab chiqilgan algoritmdan foydalanish erta profilaktik terapiyani o‘tkazish va aksariyat bemorlarda muddatidan oldin tug‘ilgan chaqaloqlarda oshqozon-ichak trakti tomonidan asoratlar rivojlanishining oldini olish imkonini berdi, bu esa 1 nafar bemor uchun 432010 so‘m byudjet mablag‘larini iqtisod imkonini bergan.