Rozikova Dildora Kodirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Embrioxorial etishmovchilik:homiladorlikning erta davridagi asoratlar va reproduktiv yo‘qotishlar xavfini baholash”, 14.00.01– Akusherlik va ginekologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Tib3699.
Ilmiy rahbar: Ixtiyarova Gulchexra Akmalovna, tibbiyot fanlari doktori professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.04.2022.Tib.93.02.
Rasmiy opponentlar: Karimova Nilufar Nabijanovna, tibbiyot fanlari doktori professor; Zufarova Shaxnoza Alimjanovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: N.N.Burdenko nomidagi Voronej davlat tibbiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqodning maqsadi: reproduktiv yo‘qotishlar xavfi va homiladorlikning patologik kechishida embrioxorial etishmovchilikni erta tashxislashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
embrioxorial etishmovchilik rivojlanishining onalik (bemorga bog‘liq omillar- surunkali stress, ovqatlanishning buzilishi, gemoreologik (qon ivish sistemasi) va homila (amniotik bo‘shliq va sariq xalta rivojlanishidagi anomaliyalar) patogenetik xavf omillari isbotlangan;
embrioxorial etishmovchilikning infeksion-yallig‘lanish genezi aniqlangan, bu neytrofillar darajasining oshishi bilan tasdiqlangan, shuningdek, og‘irlashgan akusherlik-ginekologik anamnezga ega ayollarda D, K va B₁₂ vitaminlari etishmovchiligining embrioxorial etishmovchilik shakllanishidagi patomorfologik roli isbotlangan;
vaginal mikrobiota buzilishlari (anaerob va aralash tipdagi disbiozning ustunligi) va ichak mikrobiotasi buzilishlari (Lactobacillus spp. sonining kamayishi, Escherichia coli va Staphylococcus aureus miqdorining ko‘payishi) bilan embrioxorial etishmovchilikda ekstraembrional tuzilmalardagi patologik o‘zgarishlar o‘rtasidagi bog‘liqlik asoslangan;
birinchi uch oylikda embrioxorial etishmovchilik tufayli yuzaga keladigan homiladorlik asoratlari xavfini bashorat qilish algoritmi ishlab chiqildi va asoslandi, bu esa ushbu patologiyaning erta tashxisi va profilaktikasi samaradorligini oshirishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Embrioxorial etishmovchilik: homiladorlikning erta davridagi asoratlar va reproduktiv yo‘qotishlar xavfini baholash mavzusidagi ilmiy tadqiqotning joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligining 2025 yil 10 iyundagi 19/39-son xulosasi olingan.
birinchi ilmiy yangilik: embrioxorial etishmovchilik rivojlanishining onalik (bemorga bog‘liq omillar- surunkali stress, ovqatlanishning buzilishi, gemoreologik (qon ivish sistemasi) va homila (amniotik bo‘shliq va sariq xalta rivojlanishidagi anomaliyalar) patogenetik xavf omillari isbotlangan. Ijtimoiy samaradorligi: homiladorlik embrioxorial etishmovchilik bilan asoratlangan bemorlarda kasallik avj olishi va asoratlanishini prognozlovchi klinik – laborator markerlarining ahamiyatini o‘rganish asosida keyinchalik rivojlanish ehtimolligi bo‘lgan embrioxorial etishmovchilik oldini olish imkonini berdi va erta tashxisot natijasida embrioxorial etishmovchilik bo‘lgan bemorlar sonini kamaytirishga erishilgan. Iqtisodiy samaradorligi: embrioxorial etishmovchilikni erta aniqlash natijasida bemorlarning ambulator murojaatlari qisqarishi va statsionar davolanish ko‘rsatmasi yo‘qligi hisobidan har bir nafar bemor uchun sarflanadigan byudjet xarajatlarini 296390 so‘mga iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: ebrioxorial etishmovchilikni erta bosqichlarida tashxislash natijasida bemor uchun sarflanadigan ambulator va stasionar xarajatlardan har bir nafar bemor uchun byudjet hisobidan 191630 so‘m, byudjetdan tashqari mablag‘lardan esa 104760 so‘m iqtisod qilish imkonini bergan.
ikkinchi ilmiy yangilik: embrioxorial etishmovchilikning infeksion-yallig‘lanish genezi aniqlangan, bu neytrofillar darajasining oshishi bilan tasdiqlangan, shuningdek, og‘irlashgan akusherlik-ginekologik anamnezga ega ayollarda D, K va B₁₂ vitaminlari etishmovchiligining embrioxorial etishmovchilik shakllanishidagi patomorfologik roli isbotlangan. Ijtimoiy samaradorligi: vitamin etishmovchiligini erta aniqlash orqali xorion ajralishi va gematoma og‘irlashuvining oldini olish orqali homiladorlikni saqlash samaradorligi oshirildi. Iqtisodiy samaradorligi: anamnezida reproduktiv yo‘qotishlar mavjud ayollarning somatik holatini baholash va vitamin etishmovchiligini erta aniqlash asoratli homiladorlik va takroriy yo‘qotishlarni davolash xarajatlarini qisqartirib, har bir bemorga o‘rtacha 477292 so‘m tejam qilindi. Xulosa: anamnezi og‘irlashgan ayollarda laborator tashxislash va davolash usullarining joriy qilinishi 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 477292 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi.
uchinchi ilmiy yangilik: vaginal mikrobiota buzilishlari (anaerob va aralash tipdagi disbiozning ustunligi) va ichak mikrobiotasi buzilishlari (Lactobacillus spp. sonining kamayishi, Escherichia coli va Staphylococcus aureus miqdorining ko‘payishi) bilan embrioxorial etishmovchilikda ekstraembrional tuzilmalardagi patologik o‘zgarishlar o‘rtasidagi bog‘liqlik asoslangan. Ijtimoiy samaradorligi: kasallik xavfini erta bartaraf etish hisobiga anamnezida bola tashlash xamda embrioxorial etishmovchilikda ekstraembrional tuzilmalardagi patologik o‘zgarishlar nuqsonlari kabi ko‘rsatkichlar 1,5 baravar kamaygan hamda qin mikrobiotasini chuqur buzilishlarini erta aniqlash amalga oshirilgan taqdirda ushbu kasallik bilan bog‘liq bo‘lgan sarf-xarajatlarni kamaytirishga erishiladi. Iqtisodiy samaradorligi: ortiqcha tekshiruvlar va shifoxonaga yotqizishlar soni kamayib, har bir bemor uchun o‘rtacha 480150 so‘m mablag‘ tejaldi. Xulosa: xomilador ayollarning qin mikrobiotasini erta aniqlash natijasida bemorlarning statsionar davolanish ko‘rsatmasi hisobidan har bir nafar bemor uchun sarflanadigan byudjet xarajatlarini 480150 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: birinchi uch oylikda embrioxorial etishmovchilik tufayli yuzaga keladigan homiladorlik asoratlari xavfini bashorat qilish algoritmi ishlab chiqildi va asoslandi, bu esa ushbu patologiyaning erta tashxisi va profilaktikasi samaradorligini oshirishi isbotlangan. patomorfologik tashxislash jarayonlari tizimlashtirildi, davolash usullari individuallashtirildi, yo‘qotishlar kamaydi va prognoz yaxshilandi. Iqtisodiy samaradorligi ortiqcha tekshiruvlar va shifoxonaga yotqizishlar soni kamayib, har anamnezida reproduktiv yo‘qotishlar mavjud ayollarda birinchi uch oylikda asoratlar rivojlanishi xavfini bashorat qilish algoritmi ishlab chiqish orqali erta va samarali davolash orqali kelib chiqishi mumkin bo‘lgan asoratlarni kamaytirib, har bir bemor uchun o‘rtacha 878435 so‘m mablag‘ tejaldi. Xulosa: anamnezi og‘irlashgan ayollarda laborator tashxislash va davolash usullarining joriy qilinishi 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 878435 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi.