Xolmamatov Islom Komil o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ikki kanal oqim qo‘shilish zonasidagi deformatsiya jarayonini tadqiq qilish”, 05.09.07-“ Gidravlika va muhandislik gidrologiyasi”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/T5172
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: 
Bazarov Orifjan Shadievich, fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Qarshi davlat texnika universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.04/30.04.2021.T.111.04. raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar:Yangiev Asror Abdixamidovich, texnika fanlari doktori, professor, Norqulov Bahodir Musulmonovich, texnika fanlari fanlari falsafa doktori, dotsent. 
Yetakchi tashkilot: “Amu-Qashqadaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi” 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Gruntli kanallardagi oqimlarning qo‘shilish  zonasida qayta shakllanadigan oqim parametrlari va oqiziqlar tashilishi jarayonlari inobatga  olingan holda gidravlik hisob usullarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ikki qo‘shiluvchi kanallarning birikish zonasida uyurmasiz oqim shaklini ifodalovchi tenglama konform akslantirish usuli yordamida asoslandi. Shuningdek, qo‘shiluvchi oqimlarning potensialli oqim doirasida suyuqlikning uyurmasizligi va siqilmasligi shartlari inobatga olinib qo‘shilish jarayonining matematik modeli ishlab chiqilgan;
qo‘shiluvchi kanallarning qo‘shilish burchagi va asosiy kanaldagi oqim tezliklari inobatga olinib qo‘shilish zonasidagi oqim uyurmalik zonasining kengligini va uzunligini aniqlash tenglamasi asoslangan;
tadqiqot natijalari asosida asosiy kanalga nisbatan qo‘shiluvchi kanalning turli burchak ostida birikishi inobatga olingan holda kanallarning qo‘shilish zonasidagi oqimning parametrlarini aniqlashning gidravlik hisob usuli takomillashtirilgan;
tadqiqot natijalari asosida asosiy kanalga nisbatan qo‘shiluvchi kanalning turli burchak ostida birikishi inobatga olingan holda qo‘shiluvchi kanallarning oqiziqlar sarflarini aniqlashning  gidravlik hisob usuli takomillashtirilgan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ikki kanal kanal tutashishidagi oqimlarning qo‘shilishi zonasida deformatsion jarayonlarni hisoblash usullarini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
ikki gruntli kanal oqimining qo‘shilish zonasidagi deformatsiya jarayonlari bo‘yicha olingan tadqiqot natijalari “Mirishkor” kanalida joriy etilgan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2024-yil 28-may 04/19-2357-sonli maʼlumotnomasi). Natijada, oqiziqlar transporti hisobi usullarining qo‘llanishi asosida suv o‘tkazish qobiliyatini 5-8% ga oshirish imkoni yaratilgan.
 ikki gruntli kanal oqimining qo‘shilish zonasidagi deformatsiya jarayonlari bo‘yicha olingan tadqiqot natijalari “Respublika muhandislik izlanishlari va laboratoriya tadqiqot markazi” MChJ da joriy etilgan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2025-yil 28-may 04/19-2357-sonli maʼlumotnomasi). Natijada, kanalning suv o‘tkazish qobiliyatini 5-8% ga oshirish imkoniyati yaratilgan.
ikki gruntli kanal oqimining qo‘shilish zonasidagi deformatsiya jarayonlari bo‘yicha olingan tadqiqot natijalaridan “UZGIP” AJ loyihalarida foydalanilgan. (Suv xo‘jaligi vazirligining 2025-yil 28-may 04/19-2357-sonli maʼlumotnomasi). Natijada, loyihalanadigan kanalning suv o‘tkazish qobiliyatini 5-8% ga oshirish imkoniyati yaratilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish