Rozikov Jasurbek Masharibovichning
pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) 
dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sport ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirishning pedagogik asoslari”, 13.00.01 - Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Ped5310.
Ilmiy rahbar: Shopulatov Abdumalik Nurullaevich pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, DSc.03/30.12.2019.Ped.28.01.
Rasmiy opponentlar: Isakulova Nilufar Janikulovna pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Xasanov Azizbek Baxtiyarovich pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi sport ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirishning pedagogik asoslarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
sport sohasidagi talabalarning kasbiy kompetensiyalarini takomillashtirish maqsadida amaldagi malaka talablari, o‘quv reja va fan dasturlariga pedagogik kvalimetriyaning “miqdor va sifat” yondashuvidan kelib chiqqan holda variativ o‘zgartirishlar kiritish hisobiga sport faoliyati (faoliyat turlari bo‘yicha) bakalavriat ta’lim yo‘nalishining o‘quv jarayonini samarali tashkil etish imkoniyati oshirilgan;
sport ta’lim tizimini zamon talablariga moslashtirish uchun xorijiy sport oliy ta’lim muassasalarining fan-ta’lim va innovatsiya modelini “adekvat integratsiyalash pedagogik tizimi”ni ishlab chiqish hisobiga adaptiv jismoniy tarbiya va parasport bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalarini xorijiy ilg‘or tajribalar asosida o‘qitish imkoniyati kengaytirilgan;
sport sohasidagi mutaxassislar, trener-o‘qituvchilarning o‘quv-uslubiy ko‘nikmalarini takomillashtirish maqsadida ilmiy-uslubiy adabiyotlar manbaini o‘zida namoyon etuvchi “Need for spors literature” metodik platformasini ishlab chiqish hisobiga sportda zamonaviy o‘quv adabiyotlarini talabga nisbatan taklif tamoyili asosida yaratish tizimi takomillashtirilgan;
sport sohasidagi professor-o‘qituvchilarning kommunikativ kompetentligini oshirishda barcha qatlam vakillariga teng imkoniyatlar yaratuvchi “inklyuziv ta’lim modeli”dan foydalanish metodikasini ishlab chiqish orqali individual ehtiyojlarga moslashtirilgan o‘quv jarayonini tashkil etish imkoniyatlari kengaytirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sport ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirishning pedagogik asoslarini takomillashtirish bo‘yicha pedagogik tajribalar davomida olingan natijalar asosida:
sport sohasidagi talabalarning kasbiy kompetensiyalarini takomillashtirish maqsadida, amaldagi malaka talabalari, o‘quv reja va fan dasturlariga pedagogik kvalimetriyaning “miqdor va sifat” yondashuvidan kelib chiqqan holda variativ o‘zgaritishlar O‘zDJSU, JSBMQTMOI lariga tatbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2025-yil 23-yanvardagi 02-16/723-son ma’lumotnomasi). Natijada, murabbiylarning kasbiy ko‘nikmalari 19 % ga, amaliy ko‘nikmalari 21 % ga yaxshilangan;
sport ta’lim tizimini zamon talablariga moslashtirish uchun xorijiy sport oliy ta’lim muassasalarining fan-ta’lim va innovatsiya modelini “adekvat integratsiya qilish pedagogik tizimi” bo‘yicha takliflar O‘zDJSU, Chirchiq olimpiya va paraolimpiya sport turlariga tayyorlash mazkazi mashg‘ulotlariga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2025-yil 23-yanvardagi 02-16/723-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quv-mashg‘ulot jarayonini xorij tajribalaridan foydalanib tashkil qilish bo‘yicha ko‘nikmalar 13 % ga rivojlangan; 
sport sohasidagi mutaxassislar, trener-o‘qituvchilarning o‘quv-uslubiy ko‘nikmalarini takomillashtirish maqsadida, ilmiy-uslubiy adabiyotlar manbayini o‘zida namoyon etuvchi “Need for spors literature” metodik platformasini O‘zDJSU va uning filiallariga tatbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2025-yil 23-yanvardagi 02-16/723-son ma’lumotnomasi). Natijada, tinglovchilarning sportchilarga nazariy darslarni faol va interaktiv usullar bilan o‘rgatish bo‘yicha pedagogik komponentligi 18,6 % ga oshgan;
sport sohasidagi professor-o‘qituvchilarning kommunikativ kompetentligini oshirishda, barcha qatlam vakillariga teng imkoniyatlar yaratuvchi “inklyuziv ta’lim modeli”dan foydalanish taklif va tavsiyalar “Jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslar bilan ijtimoiy ish olib borish asoslari” darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining 2025-yil 8-yanvardagi D-0000053 raqamli guvohnomasi). Natijada, sport faoliyati (adaptiv jismoniy tarbiya va sport) ta’lim yoʻnalishi talabalarida inson jismoniy holatini boshqarish vositalari va usullarini qo‘llay olish ko‘nikmasi 17 % ga oshgan hamda paralimpiya sport turi bo‘yicha maxsus jismoniy tayyorgarlikni tashkil qilish uslubiyati 4,51 % ga yaxshilangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish