Uzakova Umida Raximdjanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Jakkard lentalari yangi tuzilmalarini ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirish», 05.06.02–To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/T797.
Ilmiy rahbar: Raximxodjaev Saidvoris Saidgazievich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.27.06.2017.T.08.01.
Rasmiy opponentlar: Xamraeva Sanobar Ataevna, texnika fanlari doktori, dotsent; Valiev G‘ulomqodir Nabievich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: maxsus jakkard lentalarining yangi tuzilmalarini ishlab chiqarish texnologiyasini asoslash, dizayn va loyihalashni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jakkard lentalarini ishlab chiqarish uchun ularning optimal texnologik ko‘rsatkichlari iplar zichligini hisobga olgan holda aniqlangan;
to‘quv jakkard kompleksida to‘qish uchun yangi kodlashtirish dasturiy tizimi yaratilgan;
ikki qatlamli jakkard matolar uchun yangi dizayn usuli va iplarning qisqarish ko‘rsatkichlarini hisoblashning avtomatik tizimi ishlab chiqilgan;
jakkard lentalarining iste’molchi va fizik-mexanik xususiyatlari ularning nisbiy zichligi va mustahkamligi asosida aniqlangan;
maxsus jakkard lentaning sirtidagi arqoq iplarni mustahkamlash va yuza tomonida rel`ef effektini kuchaytirish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bir yarim qatlamli to‘qimalar xususiyatlarini va dizaynini yaratish usullarini yanada takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
to‘quv o‘rilishida iplarni qisqarish koeffisientini aniqlash usuli va uni hisoblashning dasturiy mahsuloti “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tasarrufidagi korxonada, xususan “Jamsytle Master” MChJda joriy qilingan (“O‘zbekipaksanoat” uyushmasining 2018 yil 26 maydagi 174-son ma’lumotnomasi). Natijada iplarni qisqarish darajasi to‘qimaning fazaviy tuzilish tartibiga bog‘liq holda hisoblab, to‘quv mahsulotini loyihalash va uni yuqori tezlikka ega bo‘lgan “Jakob Muller -1200” (Shveysariya) rapirali to‘quv dastgohida ishlab chiqish imkoni yaratilgan;
yangi turdagi o‘rilishlarni loyihalashda iplarning qisqarish ko‘rsatkichlarini hisoblashning avtomatik tizimi “O‘zto‘qimachiliksanoati” uyushmasi tasarrufidagi korxonada, xususan “Jamstyle Master” MChJda joriy qilingan (“O‘zbekipaksanoat” uyushmasining 2018 yil 26 maydagi 174-son ma’lumotnomasi). Natijada korxonada “Dornier-1300” (Germaniya) to‘quv dastgohlarining turli xil dessinatorlik echimlari asosida ishlab chiqarilayotgan bir yarim qatlamli to‘qima tasmalarining assortimentini yangilashga ketadigan vaqt va sarf-xarajatlarni kamaytirish imkoni yaratilgan;
ikki qatlamli jakkard matolar uchun to‘quv o‘rilishlarining dizayn usuli “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tasarrufidagi korxonada, xususan MChJ “Jamsytle Master” korxonasida joriy qilingan (“O‘zbekipaksanoat” uyushmasining 2018 yil 26 maydagi 174-son ma’lumotnomasi). Natijada to‘quvchilikda bir yarim qatlamli to‘qimalarni loyihalash va ishlab chiqarishda xomashyo, energoresurslar sarfi hamda qo‘l mehnatini kamaytirish imkoni yaratilgan.