Mirzakarimova Muxabbatxon Maxmud qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish sharoitida maktabdan tashqari ta’lim platformalarining samaradorligini oshirish”, 08.00.16-“Raqamli iqtisodiyot va xalqaro raqamli integratsiya”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Iqt2674  
Ilmiy rahbar: Fayziev Rabim Alikulovich, fizika-matematika fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti:
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.07.2022.I.16.05
Rasmiy opponentlar: Otajonov Umid Abdullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Kenjaboev Omon Tursunovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish sharoitida maktabdan tashqari ta’lim platformalarining samaradorligini oshirish bo‘yicha ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “maktab – oliy ta’lim – ishlab chiqarish” ta’lim jarayonlarini takomillashtishni raqamli texnologiyalar yordamida samarali tashkil etish uchun innovatsion ta’lim platforma ishlab chiqilgan va joriy etilgan;
qiyosiy tahlil, solishtiruv, eksperiment usullari asosida maktabdan tashqari ta’lim xizmatlari sohasi uchun “Taraqqiyot vaqti onlayn kurslari”, “C# kursini tashkil etish” algoritmlari ishlab chiqilgan;
zamonaviy raqamli texnologiyalar asosidagi raqamli ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish tizimlarida raqamli ta’limni tashkil etishning konseptual modelini dasturiy amalga oshirilishi natijasida “Barkamol Avlod” bolalar maktabi ta’lim jarayonida qo‘llashda iqtisodiy samaradorlik o‘rtacha 29,43 foizga, foydalanuvchilar soni 16,62 foizga, o‘zlashtirish ko‘rsatkichi 35 foizga oshirish taklifi asoslangan;
O‘zbekiston Respublikasi maktabdan tashqari ta’lim tizimi ma’lumotlari asosida 2030 yilga qadar O‘zbekistonda raqamli ta’lim platformalari rivojlanish tendensiyasi va “Taraqqiyot vaqti” raqamli ta’lim platformasi iqtisodiy samaradorligi prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish sharoitida maktabdan tashqari ta’lim platformalarining samaradorligini oshirish bo’uisha ilmiy takliflar va amaliy tavsiualar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “maktab – oliy ta’lim – ishlab chiqarish” ta’lim jarayonlarini takomillashtishni raqamli texnologiyalar yordamida samarali tashkil etish uchun innovatsion ta’lim platformasini ishlab chiqish va joriy etishga oid nazariy va uslubiy ma’lumotlardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Sanoat-4.0 va ijtimoiy soha-5.0” nomli darslikni tayyorlashda foydalanilgan (Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektorining 2024-yil 27-dekabrdagi 448-sonli buyrug‘i). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida “maktab – oliy ta’lim – ishlab chiqarish” tushunchasining iqtisodiy mazmuni yuzasidan nazariy bilimlarni kengaytirish imkoni yaratilgan;
qiyosiy tahlil, solishtiruv, eksperiment usullari asosida maktabdan tashqari ta’lim xizmatlari sohasi uchun “Taraqqiyot vaqti onlayn kurslari”, “C# kursini tashkil etish” algoritmlarini ishlab chiqish bo‘yicha berilgan takliflar Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2022-yil 27-oktyabrdagi 03-02/3-5666-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida maktabdan tashqari ta’lim xizmatlari multimediali videodarslar orqali darslar tashkil etilishi natijasida oddiy o‘qitishdan ko‘ra 35 foiz samarali o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari qayd etilgan;
zamonaviy raqamli texnologiyalar asosidagi raqamli ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish tizimlarida raqamli ta’limni tashkil etishning konseptual modelini dasturiy amalga oshirish taklifi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2022-yil 27-oktyabrdagi 03-02/3-5666-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida maktabdan tashqari ta’lim xizmatlari iqtisodiy samaradorligi o‘rtacha 29,43 foizga, foydalanuvchilar soni 16,62 foizga, o‘zlashtirish ko‘rsatkichi 35 foizga o‘sishga erishilgan;
O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimi va iqtisodiyotdagi kadrlar talabi ma’lumotlari asosida 2030-yilga qadar ishlab chiqilgan “Taraqqiyot vaqti” raqamli ta’lim platformasi iqtisodiy samaradorligi prognoz ko‘rsatkichlari Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2022-yil 27-oktyabrdagi 03-02/3-5666-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida platformaning iqtisodiy samaradorligi har yili izchil o‘sib borishi va 2030-yilga kelib iqtisodiy samaradorlik 43,55 mln. so‘mga etishi, foydalanuvchilar soni 2100 nafarni tashkil etishi, 6 yillik davrda iqtisodiy samaradorlik 78,6 foizga, foydalanuvchilar soni 61,5 foizga o‘sishi prognoz qilingan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish