Primov Sirojiddin Furqat o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda maxsus iqtisodiy zonalarga investisiyalarni jalb qilishni rivojlantirish yo‘nalishlari”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Iqt2447.
Ilmiy rahbar: Karimqulov Jasur Imomboevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Nurmuxammedov Bobur Botirovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: G.V. Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti Toshkent shaxri filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: maxsus iqtisodiy zonalarga investisiyalarni jalb qilishni rivojlantirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarlar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
qo‘shni davlatlar bilan chegara hududlarda erkin savdo zonalari faoliyatini yo‘lga qo‘yish, yangi sanoat zonalarini tashkil etish va bunda ushbu zonalarga elektr, tabiiy gaz, suv tarmoqlari va yo‘l infratuzilmasi etkazib berilishini to‘liq Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshirish taklifi etilgan;
maxsus iqtisodiy sanoat zonalari hududida realizatsiya qilinadigan er uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqi uchun to‘lovni to‘liq amalga oshirgan xaridorlarga mazkur ijara huquqini kredit mablag‘larini ushbu er uchastkasida loyihani amalga oshirish uchun yo‘naltirish sharti bilan kredit ta’minoti sifatida garovga qo‘yish huquqini berish taklif etilgan;
maxsus iqtisodiy sanoat zonalarida er maydonlari va bino-inshootlarni elektron onlayn-auksion orqali ijaraga berishda boshlang‘ich narxi bo‘yicha to‘lovlarni 12 oy muddatda bo‘lib-bo‘lib to‘lash hamda zona hududidagi bino-inshootlarni va er uchastkalarini elektron onlayn-auksion orqali sotishdan tushadigan pul mablag‘larning bir qismini zonalar infratuzilmasini yaratish va rivojlantirishga yo‘naltirish taklif etilgan;
yangi tashkil qilinadigan maxsus iqtisodiy va kichik sanoat zonalarini tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan ta’minlash tadbirlari bo‘yicha loyihalarni ishlab chiqish xarajatlarining mahalliy byudjetlar mablag‘lari va hududlardagi tadbirkorlik infratuzilmasini rivojlantirish jamg‘armalari hisobidan amalga oshirilishi zarurligi asoslangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda maxsus iqtisodiy zonalarga investisiyalarni jalb qilishni rivojlantirish yo‘nalishlari yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
qo‘shni davlatlar bilan chegara hududlarda erkin savdo zonalari faoliyatini yo‘lga qo‘yish, yangi sanoat zonalarini tashkil etish va bunda ushbu zonalarga elektr, tabiiy gaz, suv tarmoqlari va yo‘l infratuzilmasi etkazib berilishini to‘liq Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshirish haqidagi taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-son «2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida»gi farmoni
ishlab chiqilishida foydalanilgan. Natijada, 2022 yilda 1,5 trln.so‘m miqdoridagi mablag‘lar yangi tashkil etilayotgan sanoat zonalarini elektr, tabiiy gaz, suv tarmoqlari va yo‘l infratuzilmasini etkazib berish xarajatlarini moliyalashtirishga maqsadli yo‘naltirilgan hamda asosiy kapitalga yo‘naltirilgan investisiyalar hajmining o‘sish sur’ati 2021 yilga nisbatan 100,9 foizni tashkil etgan.
maxsus iqtisodiy sanoat zonalari hududida realizatsiya qilinadigan er uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqi uchun to‘lovni to‘liq amalga oshirgan xaridorlarga mazkur ijara huquqini kredit mablag‘larini ushbu er uchastkasida loyihani amalga oshirish uchun yo‘naltirish sharti bilan kredit ta’minoti sifatida garovga qo‘yish huquqini berish haqidagi tavsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 13 iyundagi PF-153-son «Maxsus iqtisodiy, kichik sanoat, yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari faoliyati samaradorligini oshirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni ishlab chiqilishida foydalanilgan. Natijada, 2022 yilda iqtisodiyotga kiritilgan jami investisiyalar hajmining 24 milliard AQSh dollariga etishida salmoqli hissa qo‘shgan.
maxsus iqtisodiy sanoat zonalarida er maydonlari va bino-inshootlarni elektron onlayn-auksion orqali ijaraga berishda boshlang‘ich narxi bo‘yicha to‘lovlarni 12 oy muddatda bo‘lib-bo‘lib to‘lash hamda zona hududidagi bino-inshootlarni va er uchastkalarini elektron onlayn-auksion orqali sotishdan tushadigan pul mablag‘larning bir qismini zonalar infratuzilmasini yaratish va rivojlantirishga yo‘naltirish to‘g‘risidagi taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 13 iyundagi PF-153-son «Maxsus iqtisodiy, kichik sanoat, yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari faoliyati samaradorligini oshirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni ishlab chiqilishida foydalanilgan. Natijada, maxsus iqtisodiy zonalarga investisiyalar jalb qilish uchun sharoitlarni yaxshilash, investisiya loyihalarini jadal amalga oshirilishini ta’minlash, shu asosda yangi ish o‘rinlarini tashkil etish va aholining real daromadlarini oshirish imkoniyati yaratilgan.
yangi tashkil qilinadigan maxsus iqtisodiy va kichik sanoat zonalarini tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan ta’minlash tadbirlari bo‘yicha loyihalarni ishlab chiqish xarajatlarining mahalliy byudjetlar mablag‘lari va hududlardagi tadbirkorlik infratuzilmasini rivojlantirish jamg‘armalari hisobidan amalga oshirilishi zarurligi haqidagi taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 6 iyundagi PQ-271-son «Hududlarda maxsus iqtisodiy va kichik sanoat zonalarini tashkil qilish va ularni muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi bilan ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori ishlab chiqilishida foydalanigan. Natijada, maxsus iqtisodiy va kichik sanoat zonalarida ustuvor ahamiyatga ega bo‘lgan investision loyihalarni amalga oshirish uchun sanoat maydonlarini tashkil qilish va ularda tadbirkorlarning samarali faoliyat olib borishlarini ta’minlash, muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini yaratish, investorlar faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha qulayliklar yaratilgan.