Hojiev Mexriddin Sulaymonovichning
fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Nodavlat notijorat tashkilotlarida buxgalteriya hisobi va audit metodologiyasini takomillashtirish», 08.00.08–«Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit».
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.DSc/Iqt294.
Ilmiy maslahatchi: Karimov Akram Abbasovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: iqtisodiyot fanlari doktori, professor Axmedjanov Karimjon Bakidjanovich; iqtisodiyot fanlari doktori, professor Mamatqulov Murodjon Shukurovich; iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent Boronov Bobur Farxodovich.
Yetakchi tashkilot: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Nodavlat notijorat tashkilotlarida buxgalteriya hisobi va audit metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
nodavlat notijorat tashkilotlarida maqsadli tushumlarga oid axborotlarni moliyaviy holat to‘g‘risidagi hisobotga “Xususiy kapitalning boshqa komponentlari” elementiga kiritish taklif etilgan;
nodavlat notijorat tashkilotlarida uzoq va qisqa muddatli davlat grantlarini moliyaviy holat to‘g‘risidagi hisobotning majburiyatlar qismida aks ettirish taklif etilgan hamda axborotlarning shaffoflik darajasini oshirish asoslangan;
nodavlat notijorat tashkilotlarida mablag‘larning tahliliy imkoniyatlarini oshirish maqsadida “Nodavlat notijorat tashkilotlari maqsadli tushumlari va ulardan foydalanganlik to‘g‘risidagi hisobot” nomli maxsus shakli ishlab chiqilgan hamda uni qo‘llash asoslangan;
nodavlat notijorat tashkilotlarida asosiy faoliyatiga oid xo‘jalik operatsiyalarini yuritishda 2210–“Maqsadli dasturlarni amalga oshirish bo‘yicha xarajatlar” va 2220-“Moddiy-texnik bazani rivojlantirish bo‘yicha xarajatlar” ishchi schyotlarini qo‘llash taklif etilgan;
ichki audit tekshiruvlarini maqsadli reja-smetasi, aktivlarning saqlanishi, operatsion faoliyat va soliqlar hamda majburiy to‘lovlar auditi bloklari orqali tashkil etish asoslangan;.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Nodavlat notijorat tashkilotlarida buxgalteriya hisobi va auditi metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
nodavlat notijorat tashkilotlarida maqsadli tushumlarga oid axborotlarni yoritib berish maqsadida moliyaviy holat to‘g‘risidagi hisobotning 0560-satriga “Xususiy kapitalning boshqa komponentlari” elementini kiritish bo‘yicha taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirining 2024-yil 8-oktyabrdagi 181-son buyrug‘i (Adliya vazirligida 2024-yil 4-noyabrda 3567-son bilan ro‘yxatga olingan) bilan tasdiqlangan “Moliyaviy hisobotlarni taqdim etish muddatlari hamda ularning tarkibi va mazmuni to‘g‘risidagi Nizom”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025-yil 4-fevraldagi 04/43-2-2335-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida nodavlat notijorat tashkilotlarida asosiy faoliyati uchun berilgan maqsadli tushumlarni xususiy kapital tarkibida alohida aks ettirish orqali moliyaviy hisoboti ishonchliligi hamda shaffofligini ta’minlash imkoniyati yaratilgan;
nodavlat notijorat tashkilotlarida moliyaviy hisobotidan foydalanuvchilarga taqdim etiladigan axborotlarning shaffoflik darajasini oshirish maqsadida moliyaviy holat to‘g‘risidagi hisobotning 0680 va 0870-satrlariga “Uzoq va qisqa muddatli davlat grantlari” elementlarini kiritish bo‘yicha taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirining 2024-yil 8-oktyabrdagi 181-son buyrug‘i (Adliya vazirligida 2024-yil 4-noyabrda 3567-son bilan ro‘yxatga olingan) bilan tasdiqlangan “Moliyaviy hisobotlarni taqdim etish muddatlari hamda ularning tarkibi va mazmuni to‘g‘risidagi Nizom”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025-yil 4-fevraldagi 04/43-2-2335-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida nodavlat notijorat tashkilotlari asosiy faoliyati uchun berilgan maqsadli uzoq va qisqa muddatli davlat grantlari xususida ishonchli axborotlarni shakllantirish imkoniyati yaratilgan;
nodavlat notijorat tashkilotlarida axborotlarning tahliliy imkoniyatlarini oshirish maqsadida “Nodavlat notijorat tashkilotlari maqsadli tushumlari va ulardan foydalanganlik to‘g‘risidagi hisobot” nomli maxsus shaklni qo‘llash bo‘yicha taklifdan O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari Milliy Assotsiatsiyasi hamda Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi tomonidan hisob siyosatini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zNNTMAning 2023-yil 2-maydagi 01/273-23-son va O‘zLiDePning 2023-yil 2-iyuldagi 01-27/202-son ma’lumotnomalari). Buning natijasida NNTlar resurslari, maqsadli tushumlaridan oqilona foydalanish va boshqaruv qarorlarini qabul qilish imkoniyati yaratilgan;
nodavlat notijorat tashkilotlarida asosiy faoliyatiga oid xo‘jalik operatsiyalarini yuritishda 2210–“Maqsadli dasturlarni amalga oshirish bo‘yicha xarajatlar” va 2220-“Moddiy-texnik bazani rivojlantirish bo‘yicha xarajatlar” ishchi schyotlarini qo‘llash bo‘yicha taklifi O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari Milliy Assotsiatsiyasi hamda Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi tomonidan hisob siyosatini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zNNTMAning 2023-yil 2-maydagi 01/273-23-son va O‘zLiDePning 2023-yil 2-iyuldagi 01-27/202-son ma’lumotnomalari). Natijada nodavlat notijorat tashkilotlarda amalga oshirilgan xarajatlar bo‘yicha samarali nazorat o‘rnatilishiga erishilgan;
nodavlat notijorat tashkilotlarida ichki auditorlik tekshiruvlarini maqsadli reja-smeta, aktivlarning saqlanishi, operatsion faoliyat va soliqlar hamda majburiy to‘lovlar bloklari orqali tashkil etish bo‘yicha taklifdan O‘zbekiston Auditorlar palatasi tomonidan ichki audit bo‘yicha uslubiy qo‘llanmalarni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zAPning 2024-yil 12-noyabrdagi 106-son ma’lumotnomasi). Bu NNTlar resurlari va maqsadli mablag‘lari sarflanishini tezkor nazorat qilish hamda mansabdor shaxslarining noqonuniy harakatlari uchun javobgarligini oshirishga, shuningdek, NNTlar mulkchilik shakli xususiyatlariga ko‘ra asosiy faoliyati va qo‘shimcha tadbirkorlik faoliyatini tashqi audit tekshiruvlaridan o‘tkazishni soddalashtirishga imkoniyat yaratilgan.