Isaev Sardor Alisherovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Pirotexnika buyumlarini qonunga xilof muomalasining oldini olishning kriminologik jihatlari” (O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari va Milliy gvardiyasi faoliyati asosida)” “12.00.15 – Kriminologiya” ixtisosliklari bo‘yicha (yuridik fanlar).
Ilmiy rahbar: Gordeev Sergey Nikolaevich, yuridik fanlar doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot instituti, PhD.31/31.10.2024.Yu.186.01.
Rasmiy opponentlar: yuridik fanlar doktori, professor Abdurasulova Qumrinisa Raimqulovna va yuridik fanlar doktori, dotsent Yugay Lyudmila Yurevna.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: pirotexnika buyumlari qonunga xilof muomalasining oldini olishni takomillashtirishga qaratilgan asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
pirotexnika buyumlari muomalasi sohasida nazoratni amalga oshirish zarurati asoslangan;
tashkilotlarda hamda fuqarolarda lisenziyalarsiz va ruxsatnomalarsiz turgan pirotexnika buyumlarini belgilangan tartibda olib qo‘yishni, tashishni hamda saqlash uchun joylashtirishni amalga oshirish, ularni yo‘q qilish choralarini ko‘rish asoslantirilgan;
xavflilikning II klassiga tegishli maishiy pirotexnika buyumlarining jismoniy 
va yuridik shaxslar tomonidan yaratilishi, ishlab chiqarilishi, O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilishi, tashilishi, realizatsiya qilinishi, sotib olinishi, saqlanishi va foydalanishini taqiqlash zarurati asoslantirilgan;
texnik va maxsus maqsaddagi pirotexnika buyumlari (xavflilikning III — V klasslari) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq mushakbozlik tashkil etilishi ko‘rsatilgan ommaviy tadbirlarni o‘tkazish jarayonida tegishli lisenziyaga ega bo‘lgan yuridik shaxslar tomonidan Vazirlar Mahkamasining ruxsatnomasi asosida belgilangan miqdorlarda O‘zbekiston Respublikasiga olib kirilishiga va ulardan foydalanilishiga ruxsat berish, sanoat maqsadida foydalaniladigan pirotexnika buyumlari bundan mustasnoligi asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Dissertatsiya ishining natijalaridan quyidagi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishda foydalanilgan: 
Pirotexnika buyumlari qonunga xilof muomalasining oldini olishning kriminologik jihatlarini ilmiy tadqiq etish boʻyicha olingan ilmiy natijalar asosida:
“pirotexnika buyumlari muomalasi sohasida nazoratni amalga oshirish zarurati” mazmunidagi bildirgan takliflaridan O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 16-sentyabrdagi “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida” O‘RQ-407-son qonunning 4-moddasi o‘n birinchi xatboshisini O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 31-maydagi O‘RQ-772-son qonuni tahririda shakllantirishda foydalanilgan (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi parlament tadqiqotlari institutining 2024-yil 29-apreldagi 3/08-58-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi ichki ishlar organlariga pirotexnika buyumlari qonunga xilof muomalasining oldini olish sohasida maxsus vakolatlar berilishiga xizmat qilgan;
“tashkilotlarda hamda fuqarolarda lisenziyalarsiz va ruxsatnomalarsiz turgan pirotexnika buyumlarini belgilangan tartibda olib qo‘yishni, tashishni hamda saqlash uchun joylashtirishni amalga oshirish, ularni yo‘q qilish choralarini ko‘rish” mazmunida bildirgan takliflaridan O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 16-sentyabrdagi “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida” O‘RQ-407-son qonunning 16-modda birinchi qismining qirq sakkizinchi xatboshini O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 31-maydagi O‘RQ-772-son Qonuni tahririda shakllantirishda foydalanilgan (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi parlament tadqiqotlari institutining 2024-yil 29-apreldagi 3/08-58-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi pirotexnika buyumlari qonunga xilof muomalasining oldini olish sohasida qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishga xizmat qilgan;
“xavflilikning II klassiga tegishli maishiy pirotexnika buyumlarining jismoniy 
va yuridik shaxslar tomonidan yaratilishi, ishlab chiqarilishi, O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilishi, tashilishi, realizatsiya qilinishi, sotib olinishi, saqlanishi va foydalanilishi taqiqlash” mazmunida bildirgan takliflaridan Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 1 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi hududida pirotexnika buyumlari muomalasi sohasida davlat nazoratini kuchaytirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida” 724-son qarorining 2-bandi ikkinchi xatboshisini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-apreldagi 12-15-31-son dalolatnomasi). Mazkur taklifning inobatga olinishi O‘zbekiston Respublikasida pirotexnika buyumlari muomalasining alohida rejimini belgilashga xizmat qilgan;
“texnik va maxsus maqsaddagi pirotexnika buyumlari (xavflilikning III — V klasslari) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq mushakbozlik tashkil etilishi ko‘rsatilgan ommaviy tadbirlarni o‘tkazish jarayonida tegishli lisenziyaga ega bo‘lgan yuridik shaxslar tomonidan Vazirlar Mahkamasining ruxsatnomasi asosida belgilangan miqdorda O‘zbekiston Respublikasiga olib kirilishiga va ulardan foydalanilishiga ruxsat beriladi, sanoat maqsadida foydalaniladigan pirotexnika buyumlari bundan mustasno” degan taklifidan yuqorida keltirilgan qarorning 2-bandi uchinchi xatboshisini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-apreldagi 12-15-31-son dalolatnomasi). Mazkur taklifning inobatga olinishi tantanali, jamoat tadbirlarini o‘tkazishda pirotexnika buyumlaridan foydalanishning ruxsat etilgan miqdorini belgilash va cheklashga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish