Sandjar Tursunmamatovich Bekmuradovning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek davlatchiligi tarixida chig‘atoy ulusining boshqaruv tizimi (XIII-XV asrlarning arab va fors manbalari asosida)” 07.00.08 -Tarixshunoslik, manbashunoslik va tarixiy tadqiqot usullari. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2023.4.PhD/Tar1752.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent amaliy fanlar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.12.2021.Tar.26.03
Ilmiy rahbar: Kamoliddin Shamsiddin Sirojiddin o‘g‘li tarix fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar tarix fanlari doktori, dotsent Ergashev Shuhrat Ergashevich, tarix fanlari nomzodi Xidirova Nargiza Urinovna 
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: XIII-XV asrning birinchi yarmiga oid arab va fors manbalaridagi Chig‘atoy ulusi siyosiy boshqaruvining O‘zbek davlatchiligi tarixidagi o‘rni masalalari tashkil etadi.
III. Tadqiqotning  ilmiy yangiligi:
Chigatoy ulusi davlat boshqaruvida mahalliy aholi vakillaridan biri Mahmud Yalovoch va uning avlodlari faol ishtirok etganligi hamda ular to‘gridan-to‘gri Xoqonga bo‘ysunganligi, boshqaruvga oid islohatlar Duva, Kebek davriga kelib amalga oshirilganligi dalillangan;
Chig‘atoy ulusi shahzodalarga “Inju” shaklida berilganligi keyinchalik,  Duva, xususan, Jo‘ji va Tulu xonadoni vakillari hokimyatni mustaqil boshqarish an’anasini boshlab berganligi manbalar asosida isbotlab berilgan; 
mo‘g‘ul malikalari, jumladan O‘rgina Xotun ulus boshqaruvida faol ishtirok etganligi, ular nafaqat elchilarni kutib olish, shahzodlarni tarbiyalash ishlarida balki, madrasa, masjid qurilishlariga ham homiylik qilganligi dalillangan;
Chig‘atoy ulusi hukmdorlari siyosiy mavqeylarini mustahkamlash, etnik va madaniy integratsiyani kuchaytirish, jangovar ko‘chmanchi turkiy qabilalar ustidan o‘z hukumronliklarini saqlab qolish maqsadida diniy institutlardan mohirona foydalanganliklari asoslab berilgan.. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
Ushbu tadqiqotdan olingan xulosalar va takliflar quyidagicha amaliyotga tatbiq etildi:
Chigatoy ulusi davlat boshqaruvida mahalliy aholi vakillaridan biri Mahmud Yalovoch va uning avlodlari faol ishtirok etganligi hamda ular to‘gridan-to‘gri Xoqonga bo‘ysunganligi, boshqaruvga oid islohatlar Duva, Kebek davriga kelib amalga oshirilganligi to‘g‘risidagi xulosalaridan Oliy ta’lim o‘quv dasturlaridan o‘rin olgan “Manbashunoslik” fanidan R.T.Xudayberganov bilan hammualliflikda “Markaziy Osiyo xalqlari tarixi manbashunosligi va tarixshunosligi” mavzusidagi o‘quv qo‘llanmasida foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 18-avgustdagi 356-sonli buyrug‘i. Ro‘yxatga olish raqami 356-094). Natijada, Chigatoy ulusi davlat boshqaruvida mahalliy aholi vakillaridan biri Mahmud Yalovoch va uning avlodlari borasidagi ma’lumotlar faktik materiallar bilan boyitilgan;
Chig‘atoy ulusi shahzodalarga “Inju” shaklida berilganligi keyinchalik,  Duva, xususan, Jo‘ji va Tulu xonadoni vakillari hokimyatni mustaqil boshqarish an’anasini boshlab berganligi manbalar asosida isbotlab berilgan ilmiy xulosalaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali DM “Ma’naviy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar” muharririyatining “Ta’lim va taraqqiyot”, “O‘zbekiston yoshlari”, “Millat va ma’naviyat” nomli dasturlar ssenariysida (2022-yil davomida) foydalanilgan. (Dalolatnoma №04-36-18. 06.01.2023). Natijada, “Ma’naviy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar” muharririyatining “Ta’lim va taraqqiyot”, “O‘zbekiston yoshlari”, “Millat va ma’naviyat” nomli dasturlning ishonarli manbalar bilan boyishiga erishilgan;
Mo‘g‘ul malikalari, jumladan O‘rgina Xotun ulus boshqaruvida faol ishtirok etganligi, ular nafaqat elchilarni kutib olish, shahzodlarni tarbiyalash ishlarida balki, madrasa, masjid qurilishlariga ham homiylik qilganligi dalillangan ilmiy xulosalaridan Toshkent davlat sharqshunoslik universitetidagi “IZ-2020102832 Evropa fondlarida saqlanayotgan, O‘zbekistonda mavjud bo‘lmagan turkiy qo‘lyozmalarning ma’lumotlar ba’zasini va “Evroturcologiya.uz” elektron platformasini yaratish” nomli ilmiy loyixasida foydalanilgan. (№508. 10.11.2023). Natijada, mo‘g‘ul malikalari, jumladan O‘rgina Xotun ulus boshqaruvida ishtirokiga doir yangi ma’lumotlar platformaga joylashtirilgan;
Chig‘atoy ulusi hukmdorlari siyosiy mavqeylarini mustahkamlash, etnik va madaniy integratsiyani kuchaytirish, jangovar ko‘chmanchi turkiy qabilalar ustidan o‘z hukumronliklarini saqlab qolish maqsadida diniy institutlardan mohirona foydalanganliklari asoslagan ilmiy xulosalaridan O‘zR Oliy sudi raisining 2023-yil 24-maydagi 14-F sonli farmoyishiga asosan “O‘zbekiston sudlari” kitobi loyihasini tayyorlash uchun foydalanildi. (Ma’lumotnoma №02-26/5. 18.01.2025). Natijada, Movarounnahrda Sud huquq tizimi tarixida shariat qonunlarining ishlatilishiga doir yangi ma’lumotlar ommalashtirildi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish