Islambekova Nigora Murtozaevnaning

fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sirt faol moddalar yordamida pillani chuvishga tayyorlash texnologiyasini takomillashtirish», 05.06.02–To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish (texnika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.DSs/T52.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.27.06.2017.T.08.01.

Rasmiy opponentlar: Nabieva Iroda Abdusamatovna, texnika fanlari doktori, professor; Umarov Shavkat Ramazanovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Axunbabaev Oxunjon  Abduraxmanovich,texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.

Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: pillalarni chuvish oldidan ishlov berish texnologiyasini takomillashtirish, qayta ishlanish samaradorligiga erishish hisobiga xom ipak chiqishini  oshirish va sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilash texnologiyasini yaratishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

sirt faol modda eritmasining ko‘pigi bilan pilla qobig‘i modifikatsiya qilinib, pillalarni chuvishga tayyorlash usuli yaratilgan;

pillalarning bir tekis bug‘lanishini ta’minlash orqali ipak ipi chiqishini va uning sifatini oshishiga olib keluvchi biokimyo korxonasi  va pillakashlikning notola chiqindilari asosida preparatlar olish texnologiyasi yaratilgan;

yangi sirt faol moddalarning fizik-kimyoviy va boshqa muhim texnologik parametrlari ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan;

biokimyo korxonasi va pillakashlik sanoati ikkilamchi chiqindilaridan samarali foydalanish  orqali chiqindisiz texnologiya yaratilgan;

pillaning bug‘lanish kriteriyasini baholash uchun qobiqdan ipning ajralish kuchini aniqlash  uskunasi yaratilgan;

pillalarni bug‘lash va chuvishga turli sirt faol moddalarni laboratoriya va ishlab chiqarish sharoitlaridagi ta’sirlari aniqlangan, pillalarni dastlabki xususiyatlarining saqlanish usuli ishlab chiqilgan;

pillakashlikda chuvaluvchanlikni yaxshilash uchun ishlov berish usuli va  sirt faol moddalar bilan pillalarni  ishlov berishning muqobil texnologik parametrlari ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Sirt faol modda yordamida pillani chuvishga tayyorlash texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan  natijalar asosida:

pillalarni sirt faol modda bilan ishlov berish usuli «O‘zbekipaksanoat» uyushmasi korxonasida, xususan, «Buxoro Brilliand Silk» QKda joriy qilingan («O‘zbekipaksanoat» uyushmasining 2018 yil 17 iyuldagi OJ-02-18/1300-son ma’lumotnomasi). Natijada qobiqning yuzasi bo‘yicha bir tekis bug‘lanishi hamda suv o‘tishining yaxshilanishi  chuvish jarayonini bir tekis ketishi va ipakda paydo bo‘ladigan nuqsonlarning kamayishiga  erishilgan;

qiyin chuviladigan pillalarni sirt faol moddalar bilan ishlov berish texnologiyasi «O‘zbekipaksanoat» uyushmasi korxonasida, xususan, «Buxoro Brilliand Silk» QKda joriy qilingan («O‘zbekipaksanoat» uyushmasining 2018 yil 17 iyuldagi OJ-02-18/1300-son ma’lumotnomasi). Natijada pillaning dog‘li va dog‘siz qismlari bir tekis bug‘lanib, ipak chiqindilari kamayishiga erishilgan;

sirt faol moddalar bilan ishlov berish orqali dastlabki xususiyatini saqlash usuli «O‘zbekipaksanoat» uyushmasi korxonasida, xususan, «XARIR TOLA» MChJda joriy qilingan («O‘zbekipaksanoat» uyushmasining 2018 yil 17 iyuldagi OJ-02-18/1300-son ma’lumotnomasi). Natijada pillalarning solishtirma sarfining  kamayishi, chuviluvchanlik darajasini ortishi va ish unumdorligini 10-12% oshirish imkoniyati yaratilgan;

xomashyodan samarali foydalanish va pilladan ipak chiqishini oshirish texnologiyasi «O‘zbekipaksanoat» uyushmasi korxonasida, xususan, «XARIR TOLA» MChJda joriy qilingan («O‘zbekipaksanoat» uyushmasining 2018 yil 17 iyuldagi OJ-02-18/1300-son ma’lumotnomasi). Natijada pillalarning solishtirma sarfini  2,9%ga kamaytirish imkoniyati yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish