Mamatov Alisher Shavkat o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Boshqaruv kadrlari kompetensiyalarini uzluksiz rivojlantirishni sun’iy intellekt orqali takomillashtirish mexanizmlari”, 08.00.13 – “Menejment”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Iqt5217
Ilmiy rahbar: Bekmurodov Adxam Sharipovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi qoshidagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.20/13.05.2020.I.23.01.
Rasmiy opponentlar: i.f.d. prof. Nasimov Dilmurod Abdullaevich, i.f.n. prof. Amonboev Mahammadsidik Amonboevich.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Respublikasi davlat fuqarolik xizmatida faoliyat ko‘rsatayotgan boshqaruv kadrlarining kompetensiyalarini uzluksiz rivojlantirish tizimiga sun’iy intellekt texnologiyalarini tatbiq etish orqali yanada takomillashtirish bo‘yicha amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
boshqaruv kadrlari kompetensiyalarini uzluksiz rivojlantirishda dastlabki diagnostik baholashni sun’iy intellekt texnologiyalari vositasida yo‘lga qo‘yish orqali an’anaviy texnologiyalarga nisbatan tashkiliy-iqtisodiy samaradorligini oshirishning (45% ≤ TISSI ≤ 50%) miqdoriy chegarasi asoslangan;
boshqaruv kadrlari kompetensiyalarini ishdan ajralmagan holda rivojlantirishda kadrlar bilimini diagnostika qilish (bilim bo‘shliqlari va ta’lim ehtiyojlarini aniqlash) hamda natijalarga muvofiq ravishda o‘quv kontentlarini taklif etuvchi mexanizmni joriy etish orqali mustaqil ta’lim olish (o‘zini o‘zi rivojlantirish) tizimi takomillashtirilgan;
davlat fuqarolik xizmatchilarining boshqaruv kompetensiyalarni rivojlantirish bo‘yicha gibrid filtrlash (kontentga asoslangan va kollaborativ usullarni birlashtirish) usulini mashinaviy o‘qitish algoritmlari bilan qo‘llash orqali sun’iy intellekt texnologiyalari yordamida kompetensiyalarni baholash aniqligini 70-95 foizgacha oshirish imkoni asoslangan;
boshqaruv kompetensiyalarini rivojlantirishning sun’iy intellektga asoslangan uslubi boshqaruv kadrlarining kompetensiyalarini uzluksiz rivojlantirish tizimini tashkiliy-iqtisodiy jihatdan, ya’ni har bir kadrning kompetensiya traektoriyasini aniqlash va oldindan prognoz qilib borish orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Boshqaruv kadrlari kompetensiyalarini uzluksiz rivojlantirishni sun’iy intellekt orqali takomillashtirish mexanizmlarini ishlab chiqish bo‘yicha olib borilgan ilmiy izlanishlar natijasida:
boshqaruv kadrlari kompetensiyalarini uzluksiz rivojlantirishda dastlabki diagnostik baholashni sun’iy intellekt texnologiyalari vositasida yo‘lga qo‘yish orqali an’anaviy texnologiyalarga nisbatan tashkiliy-iqtisodiy samaradorligini oshirishning (45% ≤ TISSI ≤ 50%) miqdoriy chegarasi bo‘yicha asoslangan taklifi Xorazm viloyat hokimligi hamda Urganch, Bog‘ot, Xiva va Shovot tumanlarida faoliyat yuritayotgan boshqaruv kadrlarining kasbiy kompetensiyalarini uzluksiz oshirib borish jarayonida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xorazm viloyati hokimligi mahkamasining 2024 yil 7 dekabrdagi 07-4-09/11675-son ma’lumotnomasi). Shuningdek, ushbu taklif asosida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Bo‘zatov, Amudaryo, To‘rtko‘l tumanlari va Nukus shahrida faoliyat yuritayotgan boshqaruv kadrlarining kasbiy kompetensiyalarini uzluksiz rivojlantirish jarayonida ham foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining 2024-yil
20 dekabrdagi 07-04/10-12/41455-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida faoliyat yuritayotgan hokim o‘rinbosarlari, tashkiliy kadrlar guruhi rahbarlari, boshqarma va bo‘lim boshliqlari, jumladan, kotibiyat va sho‘ba mudirlari hamda boshqa rahbar kadrlarni mustaqil ravishda boshqaruv kompetensiyalarini rivojlantirib borish jarayonida qo‘llanilib kelinmoqda;
boshqaruv kadrlari kompetensiyalarini ishdan ajralmagan holda rivojlantirishda kadrlar bilimini diagnostika qilish (bilim bo‘shliqlari va ta’lim ehtiyojlarini aniqlash) hamda natijalarga muvofiq ravishda o‘quv kontentlarini taklif etuvchi mexanizmni joriy etish orqali mustaqil ta’lim olish (o‘zini o‘zi rivojlantirish) tizimini takomillashtirishga oid taklifi asosida boshqaruv kadrlarining onlayn o‘quv kurslari orqali kompetensiyalarini rivojlantirish jarayonini raqamli boshqarish hamda uni onlayn tahlil qilish usulidan samarali foydalanilmoqda (O‘zbekiston Respublikasi Xorazm viloyati hokimligi mahkamasining 2024 yil
7 dekabrdagi 07-4-09/11675-son ma’lumotnomasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining 2024-yil 20 dekabrdagi 07-04/10-12/41455-son ma’lumotnomasi). Taklif etilgan ushbu mexanizm asosida hokimlik tizimida faoliyat yuritayotgan kadrlarning bilim va malaka ko‘nikmalarini kuzatish, boshqaruv kadrlarning har biriga individual yondashuv orqali qaysi o‘quv kurslariga yo‘naltirish lozimligi bo‘yicha avtomatik takliflar berib borish imkoni yaratilib, ushbu jarayon sezilarli darajada optimallashtirilgan;
davlat fuqarolik xizmatchilarining boshqaruv kompetensiyalarni rivojlantirish bo‘yicha gibrid filtrlash (kontentga asoslangan va kollaborativ usullarni birlashtirish) usulini mashinaviy o‘qitish algoritmlari bilan qo‘llash orqali sun’iy intellekt texnologiyalari yordamida kompetensiyalarni baholash aniqligini 70-95 foizgacha oshirish imkonini asoslaganligi bo‘yicha berilgan taklifidan Xorazm viloyati, uning tuman va shaharlarida faoliyat yuritayotgan 245 dan ortiq boshqaruv kadrlari (O‘zbekiston Respublikasi Xorazm viloyati hokimligi mahkamasining 2024 yil 7 dekabrdagi 07-4-09/11675-son ma’lumotnomasi) hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasining shahar va tumanlarida faoliyat yuritayotgan 320 dan ortiq boshqaruv kadrlari (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining 2024-yil 20 dekabrdagi 07-04/10-12/41455-son ma’lumotnomasi) doimiy foydalanib kelinmoqda. Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida onlayn platforma, davlat fuqarolik xizmatchilariga ishdan ajralmagan holda kompetensiyalarini rivojlantirish imkonini yaratib, tashkiliy-iqtisodiy xarajatlarni qisqartirgan;
boshqaruv kompetensiyalarini rivojlantirishning sun’iy intellektga asoslangan uslubi boshqaruv kadrlarining kompetensiyalarini uzluksiz rivojlantirish tizimini tashkiliy-iqtisodiy jihatdan takomillashtirish, ya’ni har bir kadrning kompetensiya traektoriyasini aniqlash va oldindan prognoz qilib borish taklifi Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda Xorazm viloyatining tuman va shahar hokimliklari faoliyatida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xorazm viloyati hokimligi mahkamasining 2024 yil 7 dekabrdagi 07-4-09/11675-son ma’lumotnomasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining 2024-yil
20 dekabrdagi 07-04/10-12/41455-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda Xorazm viloyatining tuman va shahar hokimliklarida faoliyat yuritayotgan davlat fuqarolik xizmatchilarining boshqaruv kompetensiyasi (bilimlari, ko‘nikmalari va malakalari) darajasini aniqlash imkonini bergan.