Karimov Baxtiyor Akramovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Pomidor hosildorligi va meva sifatini oshirish uchun payvandlash texnologiyasini ishlab chiqish”, 06.01.06 – Sabzavotchilik (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Qx134
Ilmiy rahbar Mavlyanova Ravza Fazletdinovna, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti, PhD.05/30.09.2022.Qx.152.01.
Rasmiy opponentlar: Nadjiev Jo‘raxon Narsaidovich, qishloq xo‘jaligi fanlar doktori, dotsent; Rustamov Behzod Abdumalikovich, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Pomidorni vegetativ payvandlash texnologiyasini ishlab chiqish, payvandlashning asosiy elementlarini o‘rganish, payvand qilingan navlarni issiqxona sharoitida kompleks o‘rganish, istiqbolli payvandtaglarni ajratib olish va ishlab chiqarishga tavsiyalarni berish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ilk bor madaniy (Lycopersicon esculentum Mill.) turiga mansub va (Lycopersicon esculentum ssp. pimpinellifolium) tur xiliga mansub pomidor nav namunalari issiqxonada vegetativ payvandlash uchun istqbolli payvandtaglar tanlash uchun kompleks o‘rganilib, pomidorning turli navlarida payvandust va payvandtag mutannosib bo‘lishi uchun ssp. Pimpinellifolium tur xiliga mansub payvandtag urug‘larini eng muqobil ekish muddati aniqlangan (payvandustdan 3 kun ertaroq);
payvandlash uchun ko‘chatning eng muvofiq diametri (1,6-1,8 mm) va balandligi (4,5-5,2 sm) ikki chinbarg fazasida ekanligi hamda payvandust va payvandtagni payvandlashda payvandlangan ko‘chatlarni yaxshi tutib ketishiga yordam beradigan eng maqbul poyani kesish burchagi (450) aniqlangan;
payvandlangan pomidor o‘simliklarini issiqxonada etishtirishda ularning biologik o‘ziga hosligi, morfologik belgilari, kasalliklarga chidamligi va hosildorligi o‘rganilib ilk bor №10 va №19 payvandtaklarning ildiz tizimining rivojlanish xususiyatlari ilmiy asoslangan;
ilk bor issiqxona sharoitida etishtirishga mos bo‘lgan payvandlangan Gulqand, AVE-Mariya va Marvarid (cherri) pomidor navlarini har tomonlama o‘rganish asosida kompleks qimmatli xo‘jalik belgilari bo‘yicha, hosildorligi 20%ga, meva vazni 43%ga va oziqaviy moddalari 10% ga yuqori bo‘lgan istiqbolli № 10 (L03708), № 19 (CLN2071V) va № 20 (CLN2071D) payvandtaglari ajratib olingan hamda issiqxonada payvandlangan pomidor o‘simligini etishtirishni iqtisodiy samaradorligi yuqori ekanligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Pomidorni vegetativ payvand qilish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar ilmiy natijalari asosida:
pomidorni vegetativ payvandlash texnologiyasi 2017-2020 yillar davomida Toshkent viloyatining Qibray tumani va Andijon viloyatining Jalaquduq tumanlaridagi sabzavot ekinlarini issiqxonada etishtirishga ixtisoslashgan fermer va qishloq xo‘jaligi korxonalarda jami 8,95 gektar maydonda joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021-yil 11-maydagi 02/029-2055-sonli ma’lumotnomasi). Natijada fermer xo‘jaliklari tomonidan pomidorni vegetativ payvandlash texnologiyasini qo‘llash asosida payvandlanmagan usulga nisbatan gektaridan o‘rtacha 17-19 tonna qo‘shimcha hosil olishga erishilgan;
pomidorni Cherri Marvarid/№ 10 payvandtag va payvandust kombinatsiyalari Toshkent viloyati, Qibray tumani “Jo‘ra ota” va “Baxtiyor Mirishkor fayz” fermer xo‘jaliklariga jami 5,2 gektar maydonga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021-yil 11-maydagi 02/029-2055-sonli ma’lumotnomasi). Natijada getardan olinadigan daromad oshib, rentabellik darajasi cherri Marvarid/№10 kombinatsiyasida 341,5 foizni tashkil qilgan.
vegetativ payvandlash texnologiyasini Qibray va Jalaquduq tumanlaridagi ixtisoslashgan fermer va qishloq xo‘jaligi korxonalarida joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021-yil 11-maydagi 02/029-2055-sonli ma’lumotnomasi). Natijada №10, №15, №19 va №20 payvandtaglar bilan kombinatsiyalarida payvand qilingan Gulkand, AVE-Mariya va Marvarid navlarida tamaki mozaikasi virusi, jigarrang dog‘ va fuzarioz so‘lish kasalligiga chidamliligini ortishi aniqlangan.
vegetativ payvand texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha 2018 yilda “Sabzavot ekinlarini vegetativ payvandlash” nomli tavsiyanoma tasdiqlangan va chop etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021-yil 11-maydagi 02/029-2055-sonli ma’lumot-nomasi). Natijada respublikadagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini etishtiruvchi subektlar mazkur tavsiyanomadan sabzavot ekinlarini payvandlashda foydalangan.