Jo‘raev Aziz Turob o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Organik kimyo fanini o‘qitishda talabalarning o‘quv bilish faoliyatini rivojlantirish metodikasi», 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari (kimyo)).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Ped4113.
Ilmiy rahbar: Boltaeva Muxayyo Lutfullaevna, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti huzuridagi DSc.03/29.10.2021.K/T.60.05 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Ibragimov Alijon Aminovich, kimyo fanlari doktori, professor; Do‘monov Baxrom Muxtoralievich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: organik kimyo ta’limida zamonaviy pedagogik yondashuvlar, innovatsion texnologiyalar va eksperimental o‘qitish modellarini integratsiyalash asosida talabalarning o‘quv-bilish faolligini rivojlantirishning samarali metodik tizimni ishlab chiqish va ilmiy asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
organik kimyo fanini o‘qitishda talabalarning o‘quv-bilish faolligini shakllantirishga ta’sir etuvchi pedagogik-psixologik usullar ta’sirchanligini oshirishga xizmat qiluvchi ta’lim jarayoni mazmuni, shakli va texnologiyalari bilan o‘zaro integratsiyasi nazariy-amaliy o‘quv modellarini ko‘rgazmali modellarga aylantiruvchi ta’limiy dasturiy texnologiyalar bilan har bir mavzuga oid modullarning amaliy qismini biriktirish asosida takomillashtirilgan;
talabalarda o‘quv motivatsiyasi va kognitiv faollikning pasayishiga sabab bo‘layotgan omillarni bartaraf etishda kimyo laboratoriya-amaliy mashg‘ulotlarda o‘quv-bilish faoliyatini kuchaytiruvchi virtual o‘quv komponentlarni mavzuga oid kimyoviy tajribani amalga oshirish jarayonining amaliy qismida ko‘rgazmali qo‘llash asosida rivjlantirish va raqamli ta’lim texnologiyalarini nazariy-amaliy o‘quv modellari bilan modifikatsiyalangan internal aloqasini dars jarayonlarida ta’minlash asosida o‘qitishning didaktik imkoniyatlarini kuchaytirish mumkinligi ilmiy asoslangan;
laboratoriya mashg‘ulotlari, mustaqil ta’lim amaliyotlari va innovatsion texnologiyalarni har bir modulning individual qismiga ierarxik tarzda uyg‘unlashtirish asosida, talabalarning murakkab mavzularni samarali o‘zlashtirishini ta’minlovchi hamda o‘quv-bilish faoliyatining sifatini oshiruvchi didaktik ta’minotning mazmuniy tarkibi va o‘qitish mexanizmi ko‘rgazmali virtual innovatsion o‘quv komponentlarini murakkab mavzularni o‘qitish jarayonining amaliy qismida qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
o‘quv-bilish faolligini rivojlantirishga yo‘naltirilgan kompleks dasturiy ta’minot talabalarning fan bo‘yicha o‘zlashtirish ko‘nikmalarini produktiv, reproduktiv, qisman izlanish va kreaktivlik mezonlariga muvofiq kimyo o‘qitish metodlarining interfaol shakllari bilan ichki integratsiyasi, mazmunan yaqin o‘quv komponentlariga kreaktiv kimyoviy jarayonlarni virtual tarzda kompleks qo‘llash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Organik kimyo fanini o‘qitish jarayonida talabalarning o‘quv bilish faoliyatini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish doirasida olingan ilmiy natijalar asosida:
organik kimyo fanini o‘qitishda talabalarning o‘quv bilish faoliyatini rivojlantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari protsessual komponentlari tarkibini o‘quv bilish faoliyatini rivojlantirishga ko‘maklashuvshi motivatsion bilish sohasiga o‘zaro integratsiyalash asosida aniqlashtirishga doir taklif va tavsiyalari “Organik kimyo” nomli elektron darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 19-iyuldagi №233-0150 guvohnomasi). Natijada, organik kimyo fanini o‘qitish jarayonida talabalarning o‘quv bilish faoliyatini rivojlantirish metodikasi mazmunini takomillashtirish imkonini bergan;
organik kimyo fanini o‘qitish metodikasini takomillashtirishning funksional modeli o‘quv bilish faoliyatini rivojlanganlik darajasi va nazariy hamda amaliy mezonlarni muvofiqlashtiruvshi innovatsion mashg‘ulot strategiyasini tizimlashtirish borasida takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalari “Kimyo o‘qitish metodikasi” nomli darslik mazmuniga sindirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 23-noyabrdagi nashr guvohnomasi №500-048). Natijada, talabalarning o‘quv bilish faoliyatini rivojlantirish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
organik kimyo fanini o‘qitishda o‘quv bilish faoliyatini rivojlantirish metodikasi ilg‘or pedagogik texnologiyalar va innovatsion axborot dasturlar (Phyton, QR generator, ChemDraw Ultra 12.0)ini o‘zaro modernizatsiyalash natijasida takomillashtirish shuningdek, organik kimyo fanini o‘qitishda talabalarning o‘quv bilish faoliyatini rivojlantirishni maqsad qilib, laboratoriya ishlarini bajarishning elektron-virtual dasturi harakatlantiruvchi mashqlar asosida ishlab chiqishga doir taklif va tavsiyalardan “Bioorganik kimyo” va “Fizikaviy kimyo” nomli elektron darsliklarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining, 2022-yil 13-may №166-733, 2021-yil 28-avgustdagi nashr guvohnomasi №375-035 nashr guvohnomasi). Natijada, organik kimyo fanini o‘qitish jarayonida talabalarning o‘quv bilish faoliyatini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishga xizmat qiluvshi elektron tizimi ishlab chiqilgan.