Xoliqov Azamat Qahramonovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan bitiruvchi yoshlarning hayotga ijtimoiy moslashuvini amalga oshirish texnologiyasi”, 13.00.03 – Maxsus pedagogika (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.DSc/Ped459
Ilmiy rahbar: Mo‘minova Lola Rahimovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Xakimova Muhabbat Fayzievna pedagogika fanlari doktori, professor; Qodirova Feruzaxon Usmanovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Ximmataliev Dustnazar Omonovich pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan bitiruvchi yoshlarni ijtimoiy hayotga tayyorlashning rivojlantiruvchi pedagogik va motivatsion imkoniyatlarini aniqlash va texnologiyalarni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan bitiruvchi yoshlarning hayotga ijtimoiy moslashuvini amalga oshirishining ilmiy-korreksion va metodologik aspektlari o‘zini-o‘zi anglashni his va idrok qilish, idrok qilish ta’lim mazmuni orqali jamoaviy ta’sir ko‘nikmalarini shakllantirishning hayotiy ahamiyatlarini va o‘quv muhiti imkoniyatlarini inklyuziv ehtiyojlarga yo‘naltirilgan adolatli va moslashuvchan pedagogik faoliyatni rejalashtirish asosida aniqlangan;
ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan bitiruvchi yoshlarning ijtimoiy moslashuvini rivojlantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari ongning shakllanishi, individual idrokning mustahkamlanishi va kognitiv va emotsional ehtiyojlarini har kimga alohida me’yorlarga differensial moslashtirilgan pedagogik yondashuvlar asosida dalillangan;
ixtisoslashtirilgan internat-maktablarida bitiruvchi yoshlarni hayotga ijtimoiy moslashtirish modeli individual ehtiyojlar darajasi, ta’lim muhitini fleksibillligi va hayotiy tajriba bilan asoslangan o‘qitish texnologiyalarining produktivligini motivatsion va jamoadagi faollik doirasida takomillashtirilgan;
inklyuziv ta’lim sharoitida ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan bitiruvchi yoshlarning ijtimoiy moslashuv jarayonini amalga oshirish metodikasi voqeiylikka yaqin vaziyatlar, muammoli holatlarda o‘z pozisiyasini hayot bilan bog‘liq faollik bilan himoya qilish va psixologik relaksatsiya jarayonida jamoa bilan hamkorlik muhiti va maqsadli ta’lim traektoriyasini individual tarzda shakllantirishga yo‘naltirilgan shaxsiy salohiyat asosida takomillashtirilgan;
ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan bitiruvchi yoshlarning hayotga ijtimoiy moslashuvi samaradorligi salbiy, qisqa va uzoq muddatli psixologik stresslarga bardoshlik, o‘z kelajagiga mas’uliyat va fuqarolik pozisiyasini shaxsiy rivojlantirish motivatsiya darajasi barqarorligini amaliy ko‘rsatgichlarini miqdoriy, raqamli va tavsifiy ifodalash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan bitiruvchi yoshlarni ijtimoiy hayotga tayyorlashning rivojlantiruvchi pedagogik va motivatsion imkoniyatlarini aniqlash va texnologiyalarni takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan bitiruvchi yoshlarning hayotga ijtimoiy moslashuvini amalga oshirishining ilmiy-korreksion va metodologik aspektlari o‘zini-o‘zi anglashni his va idrok qilish, idrok qilish ta’lim mazmuni orqali jamoaviy ta’sir ko‘nikmalarini shakllantirishning hayotiy ahamiyatlarini va o‘quv muhiti imkoniyatlarini inklyuziv ehtiyojlarga yo‘naltirilgan adolatli va moslashuvchan pedagogik faoliyatni rejalashtirish asosida aniqlashtirishga oid ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi nodavlat, notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondining 2020-yildagi 5-tanlovida g‘olib bo‘lgan “Sog‘lom turmush tarzi – saodat tayanchi” ijtimoiy loyihasida foydalanilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy Pedagogika Universitetining 2025 yil 13- maydagi 11-05-3016/04-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan bitiruvchi yoshlarning hayotga ijtimoiy moslashuvini amalga oshirishning o‘z-o‘zini anglash, o‘z-o‘zini his qilish, o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish, o‘z-o‘zini idrok qilish, shaxslararo munosabatlarga kirishish bosqichlari korreksion fanlarni o‘qitishda “Nurli maskan” internat maktab go‘yasiga integrativ yondashuvni barqaror ustuvorlik berish orqali aniqlashtirilgan;
ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan bitiruvchi yoshlarning ijtimoiy moslashuvini rivojlantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari ongning shakllanishi, individual idrokning mustahkamlanishi va kognitiv va emotsional ehtiyojlarini har kimga alohida me’yorlarga differensial moslashtirilgan pedagogik yondashuvlar asosida dalillashga oid ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Huzuridagi Nodavlat Notijorat Tashkilotlarini va Fuqarolik Jamiyatining Boshqa Institutlarini Qo‘llab-Quvvatlash Jamoat fondi tomonidan ajratilgan 60-10/205-sonli 2019-2020-yillarga mo‘ljallangan “Qonuniy mehnat-farovonlik asosi” nomli ijtimoiy loyihada foydalanilgan. (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy Pedagogika Universitetining 2025 yil 13- maydagi 11-05-3016/04-sonli ma’lumotnomasi). Natijada O‘zbekiston ko‘zi ojizlar jamiyati tizimidagi jamoat birlashmalari tomonidan ko‘zi ojiz yoshlarning hayotga moslashuvchanligini oshirish bo‘yicha tadbirlar samaradorligi muayyan darajada takomillashtirilgan;
ixtisoslashtirilgan internat-maktablarida bitiruvchi yoshlarni hayotga ijtimoiy moslashtirish modeli individual ehtiyojlar darajasi, ta’lim muhitini fleksibillligi va hayotiy tajriba bilan asoslangan o‘qitish texnologiyalarining produktivligini motivatsion va jamoadagi faollik doirasida takomillashtirishga oid ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi nodavlat, notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondining 2020-yildagi 5-tanlovida g‘olib bo‘lgan “Sog‘lom turmush tarzi – saodat tayanchi” ijtimoiy loyihasida foydalanilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy Pedagogika Universitetining 2025 yil 13-maydagi 11-05-3016/04-sonli ma’lumotnomasi). Natijada inklyuziv ta’limni joriy etish, ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan bitiruvchi yoshlarning hayotga moslashuvchanligini oshirish bo‘yicha ishlar samaradorligi oshirilib, pedagoglarning pedagogik faoliyatini metodologik jihatdan muayyan darajada takomillashtirilgan;
inklyuziv ta’lim sharoitida ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan bitiruvchi yoshlarning ijtimoiy moslashuv jarayonini amalga oshirish metodikasi voqeiylikka yaqin vaziyatlar, muammoli holatlarda o‘z pozisiyasini hayot bilan bog‘liq faollik bilan himoya qilish va psixologik relaksatsiya jarayonida jamoa bilan hamkorlik muhiti va maqsadli ta’lim traektoriyasini individual tarzda shakllantirishga yo‘naltirilgan shaxsiy salohiyat asosida takomillashtirishga oid ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Huzuridagi Nodavlat Notijorat Tashkilotlarini va Fuqarolik Jamiyatining Boshqa Institutlarini Qo‘llab-Quvvatlash Jamoat fondi tomonidan ajratilgan 60-10/205-sonli 2019-2020-yillarga mo‘ljallangan “Qonuniy mehnat-farovonlik asosi” nomli ijtimoiy loyihada foydalanilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy Pedagogika Universitetining 2025 yil 13- maydagi 11-05-3016/04-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan bitiruvchi yoshlarning hayotga ijtimoiy moslashuvini amalga oshirish, ijtimoiy hayotga yo‘naltirish, o‘z-o‘ziga xizmat qilish va shaxslararo muloqot qilish ko‘nikmalari shakllanishiga xizmat qilgan;
ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan bitiruvchi yoshlarning hayotga ijtimoiy moslashuvi samaradorligi salbiy, qisqa va uzoq muddatli psixologik stresslarga bardoshlik, o‘z kelajagiga mas’uliyat va fuqarolik pozisiyasini shaxsiy rivojlantirish motivatsiya darajasi barqarorligini amaliy ko‘rsatgichlarini miqdoriy, raqamli va tavsifiy ifodalash asosida takomillashtirishga oid ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi nodavlat, notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondining 2020-yildagi 5-tanlovida g‘olib bo‘lgan “Sog‘lom turmush tarzi – saodat tayanchi” ijtimoiy loyihasida foydalanilgan. (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy Pedagogika Universitetining 2025 yil 13-maydagi 11-05-3016/04-sonli ma’lumotnomasi) Natijada ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan bitiruvchi yoshlarni kasbga o‘qitish, axborot texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.