Nurmuradov Olmos Eshmuradovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Moliyaviy mexanizmlar orqali iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash yo‘nalishlari”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 
Ilmiy rahbar: Ergashev Erkin Iroqovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent Kimyo xalqaro universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi, DSc.19/04.07.2023.I.88.01.
 Rasmiy opponentlar: Jumaev Nodir Xositovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Ismailov Alisher Agzamovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti Toshkent shahri filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi moliyaviy mexanizmlar orqali iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashning ustuvor yo‘nalishlari aniqlashga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ko‘chmas mulk bozorida iqtisodiy va moliyaviy xavfsizlikni ta’minlash uchun, rieltorlik (ya’ni ko‘chmas mulk oldi-sotdisiga vositachilik qiluvchi) faoliyat bilan shug‘ullanuvchilarga aylanmadan olinadigan soliq stavkasini 13 foizgacha kamaytirish taklif etilgan; 
umumiy  ovqatlanish sohasidagi  kichik  tadbirkorlik  subektlarining  bank  kartalari  va  kontaksiz to‘lovlardan  foydalangan  holda  jismoniy  shaxslardan  olingan  daromadlari umumbelgilangan soliqlarni to‘lashga majburiy tartibda o‘tish maqsadida umumiy daromadga kiritilmasligi tartibini joriy etish orqali yashirin  iqtisodiyotni  30 foizga qisqartirish ilmiy asoslangan;
iqtisodiy va moliyaviy xavfsizlikni ta’minlash maqsadida xo‘jalik yurituvchi subektlarga korporativ bank kartalaridan foydalangan holda tovarlar (xizmatlar)ni shartnoma tuzmasdan sotib olishga ruxsat berilishi, moliyaviy nazoratni kuchaytirish hamda yashirin operatsiyalarni oldini olish uchun 100 foiz holatda elektron hisob-faktura yoki onlayn-kassa mashinasi cheki bilan rasmiylashtirilishini majburiy qilish taklif etilgan;
iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashga kichik biznes va tadbirkorlik subektlarida banklar tomonidan amalga oshirilayotgan investisiya loyihalarini moliyalashtirishda majburiy ravishda korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish taklif etilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Moliyaviy mexanizmlar orqali iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan ilmiy natijalar asosida:
ko‘chmas mulk bozorida iqtisodiy va moliyaviy xavfsizlikni ta’minlash uchun, rieltorlik (ya’ni ko‘chmas mulk oldi-sotdisiga vositachilik qiluvchi) faoliyat bilan shug‘ullanuvchilarga aylanmadan olinadigan soliq stavkasini 13 foizgacha kamaytirish taklif etilgan taklifi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025-yil 27-martdagi 04/41-8-6819-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida ya’ni, rieltorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi faoliyat uchun aylanmadan olinadigan soliq stavkasini kamayishi tarmoq subektlarini faoliyatini yanada kengashiga, iqtisodiy va moliyaviy barqarorlashuviga olib kelgan provadida ko‘chmas  mulk  bozorida  yashirin  iqtisodiyot  ulushini  kamaytirishga ta’sir ko‘rsatgan;
umumiy  ovqatlanish sohasidagi  kichik  tadbirkorlik  subektlarining  bank  kartalari  va  kontaksiz to‘lovlardan  foydalangan  holda  jismoniy  shaxslardan  olingan  daromadlari umumbelgilangan soliqlarni to‘lashga majburiy tartibda o‘tish maqsadida umumiy daromadga kiritilmasligi tartibini joriy etish orqali yashirin  iqtisodiyotni  30 foizga qisqartirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025-yil 27-martdagi 04/41-8-6819-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida kichik  tadbirkorlik  subektlarining  bank  kartalari  va  kontaksiz to‘lovlardan  foydalanish imkoniyatlarini kengayishiga kichik tadbirkorlik subektlarining soliq to‘lash borasidagi faoliyatini barqarorlashuviga hamda tarmoq subektlari faoliyatini iqtisodiy xavfsizligini ta’minlashga yordam beradi;
iqtisodiy va moliyaviy xavfsizlikni ta’minlash maqsadida xo‘jalik yurituvchi subektlarga korporativ bank kartalaridan foydalangan holda tovarlar (xizmatlar)ni shartnoma tuzmasdan sotib olishga ruxsat berilishi, moliyaviy nazoratni kuchaytirish hamda yashirin operatsiyalarni oldini olish uchun 100 foiz holatda elektron hisob-faktura yoki onlayn-kassa mashinasi cheki bilan rasmiylashtirilishini majburiy qilish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025-yil 27-martdagi 04/41-8-6819-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida umumiy ovqatlanish sohasidagi kichik tadbirkorlik subektlarining bank kartalari va kontaksiz to‘lovlardan samarali foydalanish darajasini ortishiga hamda soliq to‘lash borasidagi imkoniyatlari barqarorlashuviga provardida, moliyaviy va iqtisodiy xavflarni kamayishiga olib kelgan;
iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashga kichik biznes va tadbirkorlik subektlarida banklar tomonidan amalga oshirilayotgan investisiya loyihalarini moliyalashtirishda majburiy ravishda korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish taklifi Turonbank ATB tomonidan amaliyotga joriy etilgan (Turonbank ATBning 2024-yil|20-dekabrdagi 19/03-451-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida mamlakatimizda investision loyihalarni kengayishiga, moliyaviy tahdidilarni oldini olishga hamda banklar tomonidan yo‘naltirilgan moliyaviy manbalarni xavfsizligi ta’minlashga qaratilgan, xususan AT “Turonbanki” faoliyati tarmoq subektlarini moliyalashtirishda moliyaviy xavfsizlik darajasini ortishiga olib kelgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish