Turanov Suxrob Bahodir o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Korxonalarning innovatsion faoliyatini moliyalashtirish amaliyotini takomillashtirish”. 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Iqt 3959
Ilmiy rahbar: Elmurodov Shoxjahon G‘ayrat o‘g‘li, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent Kimyo xalqaro universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent Kimyo xalqaro universiteti, DSc.03/08.05.2025.I.133.01.
Rasmiy opponentlar: Rustamov Davron Rustamovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Razzakov Jasur Xamraboevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi
II. Tadqiqotning maqsadi korxonalarning innovatsion faoliyatini moliyalashtirish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
aksiyadorlik jamiyatlarida innovatsion faoliyatni moliyalashtirishning optimal miqdorni aniqlash bo‘yicha ishlab chiqilgan empirik-statistik model asosida innovatsion loyihalarga sof foydadan ajratmalar (20% ≤ SFA ≤ 30%) hamda aktivlardan ajratmalar (3% ≤ SFA ≤ 5%) optimal chegarasini belgilash orqali loyihalar uchun barqaror moliyaviy ta’minotni tashkil etish imkoni asoslangan;
dinamik optimallashtirish modeli asosida korxonada innovatsion faoliyat uchun mas’ul koordinator (moliya menejeri) mehnati uchun to‘lov (ish haqi) miqdorini qat’iy belgilangan tartibda yoki loyiha qiymatiga qarab aniqlashga ko‘ra ish haqi tizimini takomillashtirish orqali innovatsion loyihalarning muvaffaqiyatli yakunlanish ehtimoli ortishining (10% ≤ MYaEIL ≤ 15%) miqdoriy chegarasi asoslangan;
innovatsion faoliyatni moliyalashtirishni boshqarish samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan “Dynamic optimization” modeli asosida “Toshkent issiqlik elektr stansiyasi” AJ faoliyatini ifodalovchi kvadrat ekonometrik modelga ko‘ra innovatsion faoliyatni moliyalashtirishning optimal darajasi (ODIFM = 26,8%)ni belgilash orqali umumiy investisiyalaridan innovatsiyaga yo‘naltiriladigan mablag‘lar ulushi asoslangan;
korxonalarda “yashil energetika” loyihalarini moliyalashtirishda soliq imtiyozlarini “monetizatsiya” qilish mexanizmini joriy etish orqali ekologik barqarorlikka xizmat qiluvchi loyihalarning past foiz stavkalarida moliyalashtirilishini ta’minlash imkoni asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Korxonalarning innovatsion faoliyatini moliyalashtirish amaliyotini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalari asosida:
aksiyadorlik jamiyatlarida innovatsion faoliyatni moliyalashtirishning optimal miqdorni aniqlash bo‘yicha ishlab chiqilgan empirik-statistik model asosida innovatsion loyihalarga sof foydadan ajratmalar (20% ≤ SFA ≤ 30%) hamda aktivlardan ajratmalar (3% ≤ SFA ≤ 5%) optimal chegarasini belgilash orqali loyihalar uchun barqaror moliyaviy ta’minotni tashkil etish taklifi “Toshkent issiqlik elektr stansiyasi” aksiyadorlik jamiyati tomonidan amaliyotga joriy etilgan (“Toshkent issiqlik elektr stansiyasi” aksiyadorlik jamiyatining 2024 yil 12 noyabrdagi 04.15-14/1990-sonli ma’lumotnomasi). Bu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida jamiyatning innovatsion faoliyati uchun ajratilishi zarur bo‘lgan optimal investisiya hajmi va uning samaradorligini 90 foiz aniqlikda belgilash imkonini bergan;
dinamik optimallashtirish modeli asosida korxonada innovatsion faoliyat uchun mas’ul koordinator (moliya menejeri) mehnati uchun to‘lov (ish haqi) miqdorini qat’iy belgilangan tartibda yoki loyiha qiymatiga qarab aniqlashga ko‘ra ish haqi tizimini takomillashtirish orqali innovatsion loyihalarning muvaffaqiyatli yakunlanish ehtimoli ortishining (10% ≤ MYaEIL ≤ 15%) miqdoriy chegarasidan foydalanish taklifi “Toshkent issiqlik elektr stansiyasi” aksiyadorlik jamiyati tomonidan amaliyotga joriy etilgan (“Toshkent issiqlik elektr stansiyasi” aksiyadorlik jamiyatining 2024 yil 12 noyabrdagi 04.15-14/1990-sonli ma’lumotnomasi). Bu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida moliya menejeriga to‘lov shartlarini belgilash samaradorligi o‘sib, loyihalarni muvaffaqiyatli yakunlash ehtimolligini 10-15 foizga oshirgan;
innovatsion faoliyatni moliyalashtirishni boshqarish samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan “Dynamic optimization” modeli asosida “Toshkent issiqlik elektr stansiyasi” AJ faoliyatini ifodalovchi kvadrat ekonometrik modelga ko‘ra innovatsion faoliyatni moliyalashtirishning optimal darajasi (ODIFM = 26,8%)ni belgilash orqali umumiy investisiyalaridan innovatsiyaga yo‘naltiriladigan mablag‘lar ulushini asoslash taklifi “Toshkent issiqlik elektr stansiyasi” aksiyadorlik jamiyati tomonidan amaliyotga joriy etilgan (“Toshkent issiqlik elektr stansiyasi” aksiyadorlik jamiyatining 2024 yil 12 noyabrdagi 04.15-14/1990-sonli ma’lumotnomasi). Bu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida loyihaning turli bosqichlarida (davrlarida) yo‘naltirilishi zarur bo‘lgan moliyaviy resurslarning optimal miqdori va yo‘nalishlarini 90 foiz aniqlikda belgilash hamda loyihalarning o‘z vaqtida yakunlash ehtimolligini 5-10 foizga oshirish imkonini bergan;
korxonalarda “yashil energetika” loyihalarini moliyalashtirishda soliq imtiyozlarini “monetizatsiya” qilish mexanizmini joriy etish orqali ekologik barqarorlikka xizmat qiluvchi loyihalarning past foiz stavkalarida moliyalashtirilishini ta’minlash taklifi “Toshkent issiqlik elektr stansiyasi” aksiyadorlik jamiyati tomonidan amaliyotga joriy etilgan (“Toshkent issiqlik elektr stansiyasi” aksiyadorlik jamiyatining 2024 yil 12 noyabrdagi 04.15-14/1990-sonli ma’lumotnomasi). Bu taklifning amaliyotga joriy etilishi “yashil energetika” sohasidagi loyihalarni past foiz stavkalarida moliyalashtirish imkonini bergan.