Tal’atova Diyora Boxodir qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Milliy iqtisodiyotning barqaror rivojlanishida raqamlashtirish omili”. 08.00.01 – Iqtisodiyot nazariyasi
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Iqt2861
Ilmiy rahbar: Vaxabov Abduraxim Vasikovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent Kimyo Xalqaro Universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent Kimyo xalqaro universiteti, DSc.03/08.05.2025.I.133.01.
Rasmiy opponentlar: iqtisodiyot fanlari doktori, professor Abulkasimov Xasan Pirnazarovich; iqtisodiyot fanlari doktori, professor Rasulova Dilfuza Valievna.
Yetakchi tashkilot: Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi milliy iqtisodiyotni raqamlashtirish asosida barqaror rivojlanishini ta’minlash bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
inklyuziv o‘sish konsepsiyasi va inson kapitali paradigmasidagi raqamlashtirish omiliga oid nazariy yondashuvlarni uyg‘unlashtirgan holda oliy ta’lim muassasalarida ilg‘or analitika va sun’iy intellekt asosida personallashtirilgan ta’limga oid raqamli platformalarni joriy etish orqali inklyuziv raqamli iqtisodiy o‘sish va yagona raqamli ekotizimni barpo etish zaruriyati ilmiy-nazariy jihatdan asoslangan;
raqamli infratuzilmani rivojlantirish va «Elektron hukumat»ni samarali joriy etishda «kompyuter savodxonlik», «raqamli tayyorlik», «raqamli ishonch» komponentlari o‘rtasidagi o‘zaro muvofiqligiga ko‘ra, uzoq muddatli davrda aholi, jumladan, yoshlarning raqamli savodxonligini oshirish taklifi asoslangan; 
milliy iqtisodiyotda raqamli transformatsiya jarayonini jadallashtirishda endogen o‘sish nazariyasi, umumiy omil samaradorligi konsepsiyasi va tarmoq-eksternalliklar nazariyasidagi asosiy yondashuvlarga ko‘ra internet tarmog‘i bilan ta’minlanganlik va axborotlashtirish xizmatlarini kengaytirishning yalpi ichki mahsulot hajmi o‘sishiga ta’sirining miqdoriy chegaralari asoslangan;
ilg‘or xorijiy tajribaga ko‘ra, mamlakatda raqamlashtirishning inersion, bazaviy va mobilizatsion ssenariylari bo‘yicha 2030 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
O‘zbekistonda raqamli iqtisodiyotning mamlakat iqtisodiy o‘sishiga ta’sirini aniqlash, uning ustuvor va istiqbolli yo‘nalishlarini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar asosida: 
inklyuziv o‘sish konsepsiyasi va inson kapitali paradigmasidagi raqamlashtirish omiliga oid nazariy yondashuvlarni uyg‘unlashtirgan holda, oliy ta’lim muassasalarida ilg‘or analitika va sun’iy intellekt asosida personallashtirilgan ta’limga oid raqamli platformalarni joriy etish orqali inklyuziv raqamli iqtisodiy o‘sish va yagona raqamli ekotizimni barpo etish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 7-fevraldagi PQ–62-son “Iqtisodiyot sohalari uchun kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorining 2-ilovasi 2-bo‘limida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 02/17-3444-son ma’lumotnomasi). Natijada, oliy ta’lim muassalaridagi kutubxona fondlarini raqamlashtirish professor-o‘qituvchilar, doktorantlar, ilmiy tadqiqotchilar, talabalar uchun kutubxona fondlaridan samarali foydalanishda zarur shart-sharoitlar yaratilgan;
raqamli infratuzilmani rivojlantirish va «Elektron hukumat»ni samarali joriy etishda «kompyuter savodxonlik», «raqamli tayyorlik», «raqamli ishonch» komponentlari o‘rtasidagi o‘zaro muvofiqligiga ko‘ra uzoq muddatli davrda aholi, jumladan yoshlarning raqamli savodxonligini oshirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentyabrdagi PF–158-son “O‘zbekiston — 2030” strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni 6-ilovasining 1-bo‘limida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 2-dekabrdagi 02/17-3444-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga tatbiq etilishi natijasida, oliy ta’lim muassasalaridagi mavjud 400 000 dan ziyod o‘quv va ilmiy adabiyotlar raqamlashtirilib, yagona kutubxona platformasiga birlashtirish imkoni yaratildi;
milliy iqtisodiyotda raqamli transformatsiya jarayonini jadallashtirishda endogen o‘sish nazariyasi, umumiy omil samaradorligi konsepsiyasi va tarmoq-eksternalliklar nazariyasidagi asosiy yondashuvlarga ko‘ra, internet tarmog‘i bilan ta’minlanganlik va axborotlashtirish xizmatlarini kengaytirishning yalpi ichki mahsulot hajmi o‘sishiga ta’sirining miqdoriy chegaralari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktyabrdagi PF–6079-son “Raqamli O‘zbekiston — 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni maqsadlarida, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktyabrdagi PF–6079-son “Raqamli O‘zbekiston — 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni maqsadlarida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Raqamli iqtisodiyot tadqiqotlar markazi” davlat muassasasining 2024-yil 11-noyabrdagi 2-3/432-son ma’lumotnomasi). Natijada, mamlakat bo‘ylab 6 mingdan ortiq mobil aloqa baza stansiyalarini o‘rnatish va respublika aholi maskanlarini mobil aloqa bilan qamrov darajasi 97 foizga va mobil internet tarmog‘iga keng polosali ulanish qamrovi darajasini 70 foizga etkazishda foydalanildi, shuningdek, 2030-yilgacha bo‘lgan davrda korxona resurslarini boshqarish tizimini (ERP) joriy qilgan yirik xo‘jalik yurituvchi subektlar ulushi 100 foizga etkazish belgilab berildi;
ilg‘or xorijiy tajribaga ko‘ra, mamlakatda raqamlashtirishning inersion, bazaviy va mobilizatsion ssenariylari bo‘yicha 2030 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan. Bunda raqamlashtirish darajasining ortishi iqtisodiy o‘sishga salmoqli hissa qo‘shishi taklifi kelgusi yillarda barqaror iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ta’minlash uchun milliy raqamlashtirish dasturlarini keng joriy etish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentyabrdagi PF–158-son “O‘zbekiston — 2030” strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmonining “Barqaror iqtisodiy o‘sish orqali aholi farovonligini ta’minlash” yo‘nalishining 45-maqsadida belgilangan chora-tadbirlarda o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025-yil 17-yanvardagi 26-1-2-998-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur taklif 2030-yilga qadar iqtisodiyot hajmini 2 barobar oshirib, “daromadi o‘rtachadan yuqori bo‘lgan davlatlar” qatoriga kirishga qaratilgan chora-tadbirlar ishlab chiqishda foydalanish uchun qabul qilindi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish