Solaydinov Elmurodjon Shoroidinovich
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Erkin kurashchilarning texnik-taktik tayyorgarligini bellashuv faoliyatining turli uslublari asosida takomillashtirish”, 13.00.04 - Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi, pedagogika fanlari.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Ped7263.
Ilmiy rahbar: Safarova Dilbar Djamalovna pedagogika fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, DSc.03/30.12.2019.Ped.28.01.
Rasmiy opponentlar: Kochkarov Atabek Axmatvaevich pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent; Juraxanov Xamidullo Xojimirzaevich pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Abu Rayhon Beruniy Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi erkin kurashchilarni texnik-taktik tayyorgarligini bellashuvni har xil uslublarda olib borishni takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
erkin kurash, milliy kurash, dzyudo, sambo, yunon-rum kurashi kabi sport turlariga ixtisoslashgan kurashchilar tayyorgarligining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda, antropometrik va somatometrik tadqiqot usullari yordamida jismoniy rivojlanishi, tana vazn komponentlari tarkibini qiyosiy baholash, somatotiplarning toifasiga ko‘ra kurash turiga xos bo‘lgan dominant somatotip turlarini aniqlash imkoniyatlari oshirilgan;
erkin kurashchilarning musobaqa faoliyati samaradorligini oshirishda texnik-taktik tayyorgarlik darajasini tizimli yondashuvlar asosida hujumkorlik, kombinatsiyalashgan harakatlar va himoya uslublarini ongli ravishda tanlash, bellashuvlarning taktik strukturasini raqib harakatlariga moslashtirish va qarshi harakatlar samaradorligini oshirish orqali murakkab texnik harakatlarni bajarish imkoniyati kengaytirilgan.
erkin kurashchilarni turli bellashuv usullariga o‘rgatish uchun yillik mashg‘ulot sikl dasturida asosiy texnik-taktik harakatlar arsenalidagi samarali variantlarini qo‘llash, “Toj” usullarni bajarish natijadorligini oshirish hamda kurashchilarning funksional holatini aks ettiruvchi informativ ko‘rsatkichlarani qiyosiy tahlil qilish hisobiga tik turgan holatda taktik harakatlarni qo‘llash samaradorligi oshirilgan;
erkin kurashchilarning jismoniy tayyorgarligini kompleks takomillashtirish maqsadida yosh va malakasiga binoan belginalanadigan yuklamalarni vazn toifalarini inobatga olib yo‘naltirish orqali erkin kurashchilarni musobaqa faoliyatida toj usullarini amalga oshirgandan so‘ng parter holatida hujum harakatlarini davom ettirish samaradorligi oshirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. erkin kurashchilarni texnik-taktik tayyorgarligini bellashuvni har xil uslublarda olib borishni takomillashtirish bo‘yicha o‘tkazilgan tajribalar asosida amaliyotga kiritildi:
erkin kurash, milliy kurash, dzyudo, sambo, yunon-rum kurashi kabi sport turlariga ixtisoslashgan kurashchilar tayyorgarligining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda, antropometrik va somatometrik tadqiqot usullari yordamida jismoniy rivojlanishi, tana vazn komponentlari tarkibini qiyosiy baholash, somatotiplarning toifasiga ko‘ra kurash turiga xos bo‘lgan dominant somatotip turlarini aniqlash bo‘yicha taklif va tavsiyalar Andijon olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi erkin kurashchilarning mashg‘ulotiga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi sport vazirligining 2024-yil 14-oktyabrdagi № 03-16/10158-son guvohnomasi). Natijada, erkin kurashchilarning funksional tayyorgarlik ko‘rsatkichlari 14,1 % ga yaxshilangan;
erkin kurashchilarning musobaqa faoliyati samaradorligini oshirishda texnik-taktik tayyorgarlik darajasini tizimli yondashuvlar asosida hujumkorlik, kombinatsiyalashgan harakatlar va himoya uslublarini ongli ravishda tanlash, bellashuvlarning taktik strukturasini raqib harakatlariga moslashtirish va qarshi harakatlar samaradorligini oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar Namangan olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi erkin kurashchilarning mashg‘ulotiga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi sport vazirligining 2024-yil
14-oktyabrdagi № 03-16/10158-son guvohnomasi). Natijada, erkin kurashchilarning texnik tayyorgarlik ko‘rsatkichlari 13,7 % ga oshgan;
erkin kurashchilarni turli bellashuv usullariga o‘rgatish uchun yillik mashg‘ulot sikl dasturida asosiy texnik-taktik harakatlar arsenalidagi samarali variantlarini qo‘llash, “Toj” usullarni bajarish natijadorligini oshirish hamda kurashchilarning funksional holatini aks ettiruvchi informativ ko‘rsatkichlarani qiyosiy tahlil qilish bo‘yicha taklif va tavsiyalar Urganch olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi erkin kurashchilarning mashg‘ulotiga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi sport vazirligining 2024-yil 14-oktyabrdagi № 03-16/10158-son guvohnomasi). Natijada, erkin kurashchilarning taktik tayyorgarlik ko‘rsatkichlari 14,3 % ga o‘sgan;
erkin kurashchilarning jismoniy tayyorgarligini kompleks takomillashtirish maqsadida yosh va malakasiga binoan belginalanadigan yuklamalarni vazn toifalarini inobatga olib yo‘naltirish orqali erkin kurashchilarni musobaqa faoliyatida toj usullarini amalga oshirgandan so‘ng parter holatida hujum harakatlarini davom ettirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar Andijon olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi erkin kurashchilarning mashg‘ulotiga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi sport vazirligining 2024-yil 14-oktyabrdagi № 03-16/10158-son guvohnomasi). Natijada, erkin kurashchilarning jismoniy tayyorgarlik ko‘rsatkichlari 14,2 % ga yaxshilangan.