Musaev Farxod Taxirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi hakida e’lon
I. Umimiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘pka surunkali obstruktiv kasalligi bilan kasallangan bemorlarda sitokin holati ahamiyati (diagnostik va terapevtik jihatlari)” 14.00.05 – Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Tib4049.
Ilmiy rahbar: Muminov Davron Kadirovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti
IK faoliyati ko‘rsatayotgan muassasa (muasassalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.02.
Rasmiy opponentlar: Rahimova Dilorom Alimovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Rustamova Mamlakat Tulaboevna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda doksofillinni sitokinlar profili xolati va kasallik kechishiga ta’sirini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘pka surunkali obstruktiv kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda sog‘lom shaxslarga nisbatan tizimli yalliqlanish ko‘rsatkichlarining oshishi va ularni respirator belgilari, SOPD Assesment Test (CAT) test ballari va yil davomida kasallik qo‘zish soni bilan o‘zaro bog‘liqligi isbotlangan;
doksofillin preparatini o‘pka surunkali obstruktiv kasalligi bilan og‘rigan bemorlar davosida qo‘llanilganda tizimli yallig‘lanish faolligini sezilarli darajada kamayishi, sitokin profilini muvozanatlashi va nafas faoliyati ko‘rsatkichlarini yaxshilanishi aniqlangan;
doksofillin qo‘llash negizida o‘pka surunkali obstruktiv kasalligi qo‘zish past xavf toifali bemorlarda Modified Medical Reseach (mMRC) shkalasi va COPD Assesment Test (CAT) sinamasi bo‘yicha uning klinik belgilari hamda 1-soniyadagi majburiy nafas chiqarish xajmi (MNChH1) ko‘rsatkichi birinchi oy yakuniga kelib yaxshilangani, yuqori xavf toifali bemorlarda esa ijobiy o‘zgarishlar oltinchi oyga kelib kuzatilgani aniqlangan;
doksofillinni uzoq muddatli qo‘llash an’anaviy davoga nisbatan o‘pka surunkali obstruktiv kasalligi qo‘zish past xavf toifali bemorlarda kasallik oqibatini 44,0% ga, o‘pka surunkali obstruktiv kasalligi qo‘zish yuqori xavf toifali bemorlarda esa 24,8% ga ishonchli yaxshilanishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligi bilan kasallangan bemorlarda sitokin holatini inobatga olgan holda davolash samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: o‘pka surunkali obstruktiv kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda sog‘lom shaxslarga nisbatan tizimli yalliqlanish ko‘rsatkichlarining oshishi va ularni respirator belgilari, SOPD Assesment Test (CAT) test ballari va yil davomida kasallik qo‘zish soni bilan o‘zaro bog‘liqligi isbotlanganligi Farg‘ona shahar tibbiyot birlashmasi 13.12.2024 yildagi 8750-11-169-TV/2024-son, Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi davlat muassasasi bo‘yicha 03.12.2024 yildagi 60/11-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2025 yil 7 maydagi 17-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: o‘pka surunkali obstruktiv kasalligi bilan kasallangan bemorlarda tizimli yalliqlanish ko‘rsatkichlarini aniqlanishi kasallikning erta tashxislash va bemorlarini olib borilishini muqobillashtiriladi. Iqtisodiy samaradorligi: o‘pka surunkali obstruktiv kasalligi bilan kasallangan bemorlarda respirator buzilishlar xavfi va kasalxonaga yotish chastotasini kamaytirib ularni ijtimoiy faolligini saqlanishini imkonini bergan. Xulosa: o‘pka surunkali obstruktiv kasalligi bilan kasallangan bemorlarda tizimli yalliqlanish ko‘rsatkichlarini aniqlanishi erta tashxislash va bemorlarini olib borilishini muqobillashtirish imkonini bergan.
ikkinchi ilmiy yangilik: doksofillin preparatini o‘pka surunkali obstruktiv kasalligi bilan og‘rigan bemorlar davosida qo‘llanilganda tizimli yallig‘lanish faolligini sezilarli darajada kamayishi, sitokin profilini muvozanatlashi va nafas faoliyati ko‘rsatkichlarini yaxshilanishi aniqlanganligi Farg‘ona shahar tibbiyot birlashmasi 13.12.2024 yildagi 8750-11-169-TV/2024-son, Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi davlat muassasasi bo‘yicha 03.12.2024 yildagi 60/11-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2025 yil 7 maydagi 17-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: o‘pka surunkali obstruktiv kasalligi bilan kasallangan bemorlarda kasallikning rivojlanish xavfini va og‘irligini bashorat qilishga imkon beradi. Iqtisodiy samaradorligi: olingan natijalar tibbiy yordam narxi va tibbiyot xodimlarining ish vaqtini qisqartirish imkonini beradi. Xulosa: qo‘shimcha ravishda, doksofillin preparatini o‘pka surunkali obstruktiv kasalligi bilan og‘rigan bemorlar terapiyasi tarkibiga tavsiya etilganda sezilarli darajada tizimli yallig‘lanish faolligini kamayitirish va nafas faoliyati ko‘rsatkichlarini yaxshilanishi imkonini beradi.
uchinchi ilmiy yangilik: doksofillin qo‘llash negizida o‘pka surunkali obstruktiv kasalligi qo‘zish past xavf toifali bemorlarda Modified Medical Reseach (mMRC) shkalasi va COPD Assesment Test (CAT) sinamasi bo‘yicha uning klinik belgilari hamda 1-soniyadagi majburiy nafas chiqarish xajmi (MNChH1) ko‘rsatkichi birinchi oy yakuniga kelib yaxshilangani, yuqori xavf toifali bemorlarda esa ijobiy o‘zgarishlar oltinchi oyga kelib kuzatilgani aniqlanganligi Farg‘ona shahar tibbiyot birlashmasi 13.12.2024 yildagi 8750-11-169-TV/2024-son, Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi davlat muassasasi bo‘yicha 03.12.2024 yildagi 60/11-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2025 yil 7 maydagi 17-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: o‘pka surunkali obstruktiv kasalligi bilan kasallangan bemorlarda remissiya davrini samarali cho‘zish va bemorlar hayot sifatini yaxshilashga imkon beradi. Iqtisodiy samaradorligi: olingan natijalarning amaliyotga tadbiq etilishi tashxislashga va davolashga ketadigan vaqt va mablag‘ni tejash imkonini beradi. Xulosa: doksofillin qo‘llash negizida o‘pka surunkali obstruktiv kasalligi qo‘zish past va yuqori xavf toifali bemorlarda Modified Medical Reseach (mMRC) shkalasi va COPD Assesment Test (CAT) sinamasi bo‘yicha uning klinik belgilari yaxshilanishi, bemorlarda esa ijobiy o‘zgarishlar kuzatilishi imkonini bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: doksofillinni uzoq muddatli qo‘llash an’anaviy davoga nisbatan o‘pka surunkali obstruktiv kasalligi qo‘zish past xavf toifali bemorlarda kasallik oqibatini 44,0% ga, o‘pka surunkali obstruktiv kasalligi qo‘zish yuqori xavf toifali bemorlarda esa 24,8% ga ishonchli yaxshilanishi isbotlanganligi Farg‘ona shahar tibbiyot birlashmasi 13.12.2024 yildagi 8750-11-169-TV/2024-son, Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi davlat muassasasi bo‘yicha 03.12.2024 yildagi 60/11-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2025 yil 7 maydagi 17-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: o‘pka surunkali obstruktiv kasalligi bilan kasallangan bemorlarda davolash samaradorligini oshirish hayot sifatini yaxshilash, erta nogironlikning oldini olish imkon beradi. Iqtisodiy samaradorligi: olingan natijalarning amaliyotga tadbiq etilishi tibbiy yordam narxi va tibbiyot xodimlarining ish vaqtini qisqartirish, statsionar yotish kunlarini kamayishini imkonini beradi. Xulosa: doksofillinni uzoq muddatli qo‘llash an’anaviy davoga nisbatan o‘pka surunkali obstruktiv kasalligi qo‘zish past xavf toifali bemorlarda kasallik oqibatini ishonchli yaxshilanish imkonini beradi.