Hamroev Tolmas Tolibovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Antiaritmik faolikka ega bo‘lgan N-dezatsetillappakonitinning peroral shaklini samaradorligini baholash” 14.00.17– Farmakologiya va klinik farmakologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Tib3370.
Ilmiy rahbar: Sanoev Zafar Isomiddinovich, tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademik S.Yu. Yunusov nomidagi O‘simlik moddalari kimyosi instituti.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, ilmiy kengash raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib30.02.
Rasmiy opponentlar: Hakimov Ziyovuddin Zaynutdinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Fayzieva Ziyoda To‘raevna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: N-dezatsetillappakonitin substansiyasini og‘iz orqali yuborilganda o‘tkir va surunkali zaharliligini, terapevtik samaradorligi, antiaritmik ta’sir kengligi, ta’sir davomiyligi va umumiy farmakologik faolligini eksperimental tajribalarda baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor N-dezatsetillappakonitin substansiyasini og‘iz orqali yuborilganda yuqori antiaritmik faollikka ega ekanligi asoslangan;
tibbiyot amaliyotida keng qo‘llaniladigan preparatlar allapinin va propafenondan kam zaharliligi, antiaritmik faolligi bo‘yicha yuqori samaradorligi hamda ta’sir kengligi jihatidan N-dezatsetillappakonitin substansiyasining ustunligi aniqlangan;
N-dezatsetillappakonitin alkaloidi substansiyasi aritmiyalarni oldini olishi asosan faol natriy va kaliy kanallari qamal qilishi orqali amalga oshishi eksperimental tajribalarda isbotlangan;
N-dezatsetillappakonitin alkaloidi substansiyasi allapinin va propafenonga nisbatan aritmiyaga qarshi uzoq ta’sir davomiyligiga ega ekanligi asoslangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Antiaritmik faolikka ega bo‘lgan N-dezatsetillappakonitinning peroral shaklini samaradorligini baholash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor N-dezatsetillappakonitin substansiyasini og‘iz orqali yuborilganda yuqori antiaritmik faollikka ega ekanligi asoslanganligi O‘zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligining 28.04.2023 yil № IAP 07392 son “Og‘iz orqali qo‘llash uchun antiaritmik faollikka ega bo‘lgan vosita”ga ixtiro patenti bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: yurak ritmi buzilishlarini oldini olish va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan asoratlarni kamaytirishga qaratilgan. Iqtisodiy samaradorligi: Joriy etilishi kutilayotgan yangi aritmiyaga qarshi vosita kam zaharli, yuqori farmakologik faollik namoyon qiluvchi va nojo‘ya ta’sirlarni yuzaga keltirmasligi, samarasini tez fursatlarda (o‘rganiluvchi modda 1 sutkada 1 tabletka 1 mahal solishtirma preparat eng kamida 1 tabletka 3 mahal 30 kunda) va kichik dozalarda 0,1 mg/kg, solishtirma preparat 0,5 mg/kg) da yuzaga chiqarish imkonini beradi. Xulosa: Dori vositasining narxining pasayishi, ambulator va statsionar davolanishda kunlik qabul miqdorining qisqarishi hisobiga iqtisodiy samaradorlik yuzaga keladi. N-dezatsetillappakonitin kabi yangi aritmiyaga qarshi dori vositalarini respublika farmatsevtika bozorida ichki iste’mol uchun mustaqil ravishda ishlab chiqishga tatbiq etilsa, dori vositasining terapevtik samaradorligi va narxi bo‘yicha mavjud mahalliy hamda import qilinadigan dori vositalari bilan raqobatbardosh va ustun bo‘la oladi.
ikkinchi ilmiy yangilik: tibbiyot amaliyotida keng qo‘llaniladigan preparatlar allapinin va propafenondan kam zaharliligi, antiaritmik faolligi bo‘yicha yuqori samaradorligi hamda ta’sir kengligi jihatidan N-dezatsetillappakonitin substansiyasining ustunligi aniqlanganligi O‘zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligining 28.04.2023 yil № IAP 07392 son “Og‘iz orqali qo‘llash uchun antiaritmik faollikka ega bo‘lgan vosita”ga ixtiro patenti bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: N-dezatsetillappakonitinning kam zaharliligi va aritmiyaga qarshi yuqori faolligi, hozirgi kunda qo‘llanilayotgan ommabop preparatlar bilan tajribalarda qiyoslanganda undan samarador va sezilarli darajada istiqbolli ekanligi aniqlangan. Iqtisodiy samaradorligi: aritmiyaga qarshi vositalarga talab oshib borayotganligi va statsionarlar soni cheklanganligini inobatga olsak, 1 yil davomida allapinin bilan bitta koyka o‘rinda 18 ta bemorni, taklif qilinayotgan preparat yordamida esa yil kesimida 108 ta bemorni davolash mumkin bo‘ladi. Xulosa: tibbiyot amaliyotida keng qo‘llaniladigan preparatlar nafaqat allapinin va propafenon preparatlaridan balki amiodarondan ham qolishmasligi, antiaritmik ta’sir doirasi kengligining yuqoriligi sababli, birikmaning tibbiyot amaliyotida qo‘llash chegarasini kengaytirish va uni klinik amaliyotda yangi antiaritmik dori sifatida joriy etish imkoniyatini oshiradi.
uchinchi ilmiy yangilik: N-dezatsetillappakonitin alkaloidi substansiyasi aritmiyalarni oldini olishi asosan faol natriy va kaliy kanallari qamal qilishi orqali amalga oshishi eksperimental tajribalarda isbotlanganligi O‘zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligining 28.04.2023 yil № IAP 07392 son “Og‘iz orqali qo‘llash uchun antiaritmik faollikka ega bo‘lgan vosita”ga ixtiro patenti bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: N-dezatsetillappakonitin moddasi asosan Na+ va K+ ion kanallari me’yoriy faoliyatida ijobiy ta’sir ko‘rsatish orqali aritmiyaga qarshi klinik oldi tekshiruvlarida yuqori faollikni namoyon qildi. Bunda o‘rganiluvchi modda tegishli eksperimental modellarda chaqirilgan ritm buzilishlarida 0,05 va 1,0 mg/kg dozalarda og‘iz orqali yuborilganda aritmiyaga qarshi dori vositalarining IC sinfiga mansub allapinin va propafenonga qaraganda samarali ta’sir ko‘rsatdi va ushbu sinfga xos kam zaharli, ushbu dozalarda aritmogen ta’sir keltirib chiqarmaydigan, yumshoq ta’sir etuvchi xossaga ega ekanligi bilan ajralib turdi. Iqtisodiy samaradorligi: N-dezatsetillappakonitin antiaritmik faollikka ega dorilarning III sinfiga mansub antiaritmik xossaga ega bo‘lgan taniqli preparat amidaronga nisbatan antiaritmik faolligi bo‘yicha yaqqol ustun ekanligi namoyon bo‘ldi. Shuningdek, kichik dozalarda yuqori aritmiyaga qarshi faolligi, uzoq ta’sir davomiyligiga va keng terapevtik ta’sir kengligiga ega yangi mahalliy o‘simlik xomashyosidan olingan moddadan sutkada bir marta foydalanish imkoni mavjud. Xulosa: aritmiyaga qarshi faollikka ega dori vositalarida aynan ularni sutkada bir necha marta qabul qilish bilan bog‘liq ko‘plab nojo‘ya ta’sirlari yuzaga kelish ehtimolligi inkor qilinmaydi. Kichik dozalarda uzoq ta’sir davomiyligining namoyon bo‘lishi esa nojo‘ya ta’sirlar yuzaga kelish ehtimolligini pasayishi tufayli o‘z navbatida ushbu moddaning terapevtik qiymatini yanada ortishiga sabab bo‘lishi mumkin.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: N-dezatsetillappakonitin alkaloidi substansiyasi allapinin va propafenonga nisbatan aritmiyaga qarshi uzoq ta’sir davomiyligiga ega ekanligi asoslanganligi O‘zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligining 28.04.2023 yil № IAP 07392 son “Og‘iz orqali qo‘llash uchun antiaritmik faollikka ega bo‘lgan vosita”ga ixtiro patenti bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: yurak ritmi buzilishlari bilan aziyat chekayotgan bemorlarni N-dezatsetillappakonitinni qo‘llash orqali bemorlarni sog‘lom turmush tarziga qaytishiga yordam berish, shuningdek yurakning tashqi muhitning yoki simpatik asab tizimining salbiy ta’siriga chidamliligini oshirishga, nogironlik yoki o‘limga olib keluvchi jiddiy asoratlarning oldini olishda o‘ziga xos ijobiy ta’sir etishiga asoslangan. Iqtisodiy samaradorligi: yangi aritmiyaga qarshi vosita o‘z samarasini nisbatan qisqa vaqtda (30 daqiqa, qiyosiy preparatlarda esa eng kamida 60 daqiqada) va kichik dozalarda (0,1 mg/kg solishtirma preparatlarda esa 0,5 mg/kg va 5,75 mg/kg)da yuzaga chiqarishi, uzoq ta’sir davomiyligiga egaligi va tabiiy holda o‘simlik xomashyosidan ajratib olinishi, sintetik preparatlardan ancha ustuvor vosita ekanligi aniqlangan. Xulosa: Dori vositasining narxining pasayishi, ambulator va statsionar davolanishda kunlik qabul miqdorining qisqarishi hisobiga iqtisodiy samaradorlik yuzaga keladi. N-dezatsetillappakonitin kabi yangi aritmiyaga qarshi dori vositalarini respublika farmatsevtika bozorida ichki iste’mol uchun mustaqil ravishda ishlab chiqishga tatbiq etilsa, dori vositasining terapevtik samaradorligi va narxi bo‘yicha mavjud mahalliy hamda import qilinadigan dori vositalari bilan raqobatbardosh va ustun bo‘la oladi.