Tangirov Abdimutal Isamitdinovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bo‘ztog‘-Ko‘kpatas-Oqjetpes trendi chegarasidagi oltin konlarining joylashish sharoitlari va bashoratlov-qidiruv me’zonlarini yaratish», 04.00.02–Qattiq foydali qazilma konlarining geologiyasi, ularni qidirish va razvedka qilish. Metallogeniya va geokimyo (geologiya-mineralogiya fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/GM15.

Ilmiy rahbar: Isaxodjaev Baxtiyar Abdukarimovich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Mineral resurslar instituti, Geologiya va geofizika instituti, Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi instituti, Seysmologiya instituti, O‘zbekiston Milliy universiteti va Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.27.06.2017.GM.40.01.

Rasmiy opponentlar: Soy Vladimir Den`evich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori; Koloskova Svetlana Maksimovna, geologiya-mineralogiya fanlari nomzodi.

Yetakchi tashkilot: «Urankamyobmetgeologiya» DUK.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: Bo‘ztog‘-Ko‘kpatas-Oqjetpes trendi zonasida yashirin oltin madanlashuvining bashoratlov-qidiruv me’zonlarini yaratishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

Bukantog‘ tog‘ida Kokpatas chuqur darzligi bo‘ylab yangi regional struktura Bo‘ztog‘-Ko‘kpatas-Oqjetpes trendi asoslangan;

Bo‘ztog‘-Ko‘kpatas-Oqjetpes trendidagi oltin ma’danlashuvining endogen konlari va ma’dan namoyonlarining joylashish sharoitlari aniqlangan;

asosiy ma’dan nazarotlovchi geologik-strukturaviy, mineralogik-geokimyoviy, magmatik, stratigrafik va litologik omillar aniqlangan;

ilk bor raqamli aero-kosmik tasvirlar va geokimyoviy ma’lumotlar, geofizik va mineragenik tadqiqotlar materiallarini qo‘llagan holda endogen ma’danlashuvning geologik 3D modellari ishlab chiqilgan;

yopiq xududlarda oltin va oltin-kumushli yopiq ma’danlashuvning istiqbolli maydonlarini izlash va baholashda foydalanish mumkin bo‘lgan geologik bashoratlov-qidiruv me’zonlari yaratilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Bo‘ztog‘-Ko‘kpatas-Oqjetpes trendi chegarasidagi oltin konlarining joylashish sharoitlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

Bukantog‘ tog‘ida Ko‘kpatas chuqur darzligi bo‘ylab yangi regional struktura Bo‘ztog‘-Ko‘kpatas-Oqjetpes trendi «Qizilqumgeologiya» DUKda amaliyotga joriy qilingan (Davlat geologiya qo‘mitasining 2018 yil 28 sentyabrdagi 04/19-spr-son ma’lumotnomasi). Natijada Bukantog‘ tog‘ining nisbatan keng hududlarida Bo‘ztog‘-Ko‘kpatas-Oqjetpes trendi chegarasidagi janubiy va sharqiy Oqjetpes istiqbolli maydonlarida oltin ma’danlashuvining joylashish sharoitlarini aniqlashga imkoniyat yaratilgan;

oltin ma’danlashuvining joylashish sharoitlarini nazarotlovchi yangi geologik-strukturaviy, mineralogik-geokimyoviy omillar «Qizilqumgeologiya» DUKda amaliyotga joriy qilingan (Davlat geologiya qo‘mitasining 2018 yil 28 sentyabrdagi 04/19-spr-son ma’lumotnomasi). Natijada Bo‘ztog‘ istiqbolli maydonining janubiy qismi, Oqjetpes ma’danli maydonining shimoli-sharqiy qismi hamda Ko‘kpatas va Oqjetpes tog‘lari o‘rtasidagi yopiq maydonlarda ma’dan namoyonlarini bashoratlash imkonini bergan;

raqamli aero-kosmik va geokimyoviy ma’lumotlar, geofizik va mineragenik tadqiqotlar materiallari asosida ishlab chiqilgan endogen ma’danlashuvning geologik 3D modellari «Qizilqumgeologiya» DUKda amaliyotga joriy qilingan (Davlat geologiya qo‘mitasining 2018 yil 28 sentyabrdagi 04/19-spr-son ma’lumotnomasi). Natijada GAT-texnologiyalarini qo‘llash orqali olingan ishlanmalar Janubiy Bukantog‘ hududida geologiya-qidiruv ishlarini amalga oshirish jarayonidagi geologik ma’lumotlarning sifati va ishonchliligini 15–20% ga oshirishga xizmat qilgan;

hududning yopiq istiqbolli maydonlarida oltin va oltin-kumushli yashirin ma’danlashuvning bashoratlov-qidiruv me’zonlari «Qizilqumgeologiya» DUKda amaliyotga joriy qilingan (Davlat geologiya qo‘mitasining 2018 yil 28 sentyabrdagi 04/19-spr-son ma’lumotnomasi). Natijada bashoratlash-qidirish ishlarining samarodorligini 15–20 % ga oshirish uchun zarur bo‘lgan oltin ma’danlashuvining asosiy qidiruv me’zonlarini aniqlash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish