ABDURAXIMOV Mingjigit Kattabekovich: «O‘zbekistonning tog‘oldi va sho‘rlangan tuproqlari sharoitida kartoshka etishtirish texnologiyasi va urug‘chiligini takomillashtirish» (06.01.08) -Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti (Manzil: 111202, Toshkent viloyati, Qibray tumani,  Oqqovoq, PSUEAITI. Tel.: (+99895) 142-22-36; faks: (99871) 150-61-37;

e-mail: g.selek@qsxv.uz; paxtauz@mail.ru ), (dissertatsiya o‘zbek tilida)

 

    Ilmiy maslahatchi: D. T. Abdukarimov

    Ish bajarilgan tashkilot: Samarqand davlat universiteti

    Rasmiy opponentlar: H. N. Atabaeva, S. X. Xushvaqtov, A. E. Avliyakulov

    Yetakchi tashkilot: O‘simlikshunoslik ilmiy-tadqiqot instituti  

    Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik

 

Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonning tog‘oldi hududlari sharoitida yuqori sifatli iste’molbop hamda urug‘lik kartoshka hosili olinishini ta’minlaydigan takomillashtirilgan urug‘chilik tizimini va sho‘rlangan tuproqlar sharoitida kartoshka etishtirishning ilg‘or texnologiyasini yaratish, kartoshka navlarini sho‘rga chidamliligini baholashning yangi uslubini ishlab chiqish va ularni amaliyotga joriy etishdan iborat.

Dissertatsiya natijalarining ilmiy yangiligi:

1. O‘zbekistonning tog‘oldi hududi hisoblangan Baxmal tumani sharoitida iste’molbop va urug‘lik kartoshka tayyorlash uchun takomillashtirilgan etishtirish texnologiyasi ishlab chiqilgan; Abduraximov M.K. Kartoshkani o‘g‘itlashning muddati va me’yori // O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi. -Toshkent, 2009. -№1. –B. 14.

2. Birinchi marotaba urug‘lik kartoshkaning virusli kasalliklar bilan kam zararlanadigan, yuqori va sifatli hosil beradigan, elita urug‘lari etishtirishning odatdagi 6 yillik sxemasi o‘rniga, yangi resurstejamkor 4 yillik qisqartirilgan uslubi ishlab chiqilgan. Urug‘chilik paykallarida 70x15 sm sxemada ekish, o‘simlik tup sonini gektariga 95 mingga etkazish, 4 marta nav o‘tog‘i o‘tkazish va kasalliklardan tozalash kartoshka urug‘chiligida istiqbolli tadbir ekani isbotlangan; Abdurakhimov M.K. The technology of growing ecologically clean potato seed material  // International Journal of Applied Agricultural Research. India, 2010 -№5. pp.635-639.

3. Mirzacho‘lning xlorid-sul`fat tipli kuchsiz va o‘rta darajada sho‘rlangan tuproqlari sharoitida kartoshkadan yuqori hosil olish uchun etishtirish texnologiyasining asosiy tadbirlar tizimi takomillashtirilgan va navlarning sho‘rga chidamligini baholash uslubi ishlab chiqilgan; Ostonaqulov T. E., Abduraximov M.K.  Mirzacho‘l sharoitida  kartoshka  genofondini o‘rganish va  sho‘rga chidamligini baholash  uslubi // Agrar sohada suv va er resurslaridan oqilona foydalanish hamda tuproq unumdorligini oshirishda innovatsion texnologiyalardan samarali foydalanish masalalari: Konferensiya materiallari. -Guliston, 2011. –B. 56-57.

 Dissertatsiyaning amaliy natijalari:

1. O‘zbekistonning tog‘oldi hududida bahorgi va yozgi muddatda kartoshka etishtirish uchun tezpishar Binella, Quvonch-16/56m,  o‘rtatezpishar Condor, Aladin, Romano, Bahro-30, o‘rtapishar Hamkor-1150 navlari ekishga tavsiya qilindi. Ushbu navlardan iste’molbop kartoshka etishtirish uchun bahorgi muddatda ekilganda 30 t/ga, yozgi muddatda ekilganda 25 t/ga va undan ziyod  hosildorlikni ta’minlovchi  agrotexnologiya ishlab chiqildi;

2. O‘zbekistonning tog‘oldi hududida sifatli urug‘lik kartoshka etishtirish uchun qisqartirilgan 4 yillik urug‘chilik uslubi yaratildi va mutaxassislar tomonidan istiqbolli deb topildi;

3. Mirzacho‘lning sho‘rlangan tuproq sharoitlari uchun bahorgi muddatda tezpishar  Binella, Quvonch-16/56m, o‘rtatezpishar Condor, Aladin, Bahro-30 hamda o‘rtapishar Hamkor-1150 navlari tuproq sho‘rlanishiga chidamli navlar ekanligi aniqlandi va  ishlab chiqishga joriy qilindi. Ushbu navlardan ertagi muddatda 25 t/ga, yozgi muddatda ekilganda esa 22 t/ga va undan ziyod hosildorlikni ta’minlovchi agrotexnologik tadbirlar tizimi ishlab chiqarishga joriy qilindi.

Dissertatsiyaning amaliyotga joriy etilgan ilmiy natijalari va ularning samarasi:  1.O‘zbekistonning tog‘oldi hududida kartoshka etishtirishning ilg‘or texnologiyasini qo‘llab, 30,0 t/ga dan yuqori hosil olinganda, har gektardan qo‘shimcha 4,5-5,0 mln so‘m sof daromad olindi;

2. Yuqori sifatli urug‘lik material etishtirish uchun urug‘chilikning zamonaviy qisqartirilgan 4 yillik uslubida kompleks agrotexnologiya qo‘llanilganda hosildorlik urug‘chilikning 6 yillik sxemasiga nisbatan gektaridan 10,0-10,5 tonna ziyod bo‘lib, qo‘shimcha sof daromad 15,0-15,5 mln  so‘mni tashkil qildi;

3. Mirzacho‘l sharoitida ilg‘or takomillashgan texnologiyasi joriy qilish  har gektar erdan 8,0-8,5 t/ga qo‘shimcha hosil olishga imkoniyat yaratdi yoki qo‘shimcha 3,0-3,5 mln so‘m sof daromad olindi.

  Ushbu agrotexnologiyalarni 461 gektar maydonga joriy qilish natijasida jami 2128,5 mln so‘m sof foyda olindi. (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 03.04.2014 yildagi №05122-1 raqamli dalolatnomasi).

Yangiliklarga obuna bo‘lish