Karimova Anorgul Ruzimovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
“Diametri 50 mm bo‘lgan zoldirlarni prokatlash uchun mo‘ljallangan stanning yo‘naltiruvchi lineykasini ishlab chiqish, parametrlarini asoslash orqali uning ish unumdorligini oshirish”, 05.02.02 – “Mexanizmlar va mashinalar nazariyasi. Mashinashunoslik va mashina detallari” ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/T4884.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.T.03.04. raqamli Ilmiy Kengash.
Ilmiy rahbar: Shaxobutdinov Rustam Erkinbaevich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Rasmiy opponentlar: Alimuxamedov Shavkat Pirmuxamedovich, texnika fanlari doktori, professor; Abdukarimov Abdusalom, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat texnika universiteti (Namangan muhandislik-qurilish instituti).
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi maydalovchi po‘lat zoldirlarni prokatlashda ish unumdorligini oshirish uchun zoldir prokatlash stani yo‘naltiruvchi lineykasining parametrlarini nazariy jihatdan asoslash, uning ishchi qismi konstruksiyasini ishlab chiqish hamda hisoblash usullarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
zoldir prokatlash valoklari kalibrovkasini tavsiflovchi analitik ifodalar valokning kirimlari soni, burilish burchagi va chegaraviy uzunlgiga bog‘liq holda ishlab chiqilgan;
diametri 50 mm bo‘lgan zoldirlarni prokatlovchi olti kirimli vintli kalibrli valoklarni tayyorlash uchun qo‘llaniladigan profili nazariy asoslangan kulachoklarning matematik modellari ishlab chiqilgan;
ZPS 80-120 stanida diametri 50 mm bo‘lgan zoldirlarni prokatlash maqsadida, yo‘naltiruvchi lineykalarning asosiy geometrik parametrlarini tavsiflovchi analitik ifodalar ishlab chiqilgan;
zoldir prokatlash stani yo‘naltiruvchi lineykalarini mustahkamlikka hisoblash maqsadida, yo‘naltiruvchi lineykalarga ta’sir etuvchi kuchlarni ko‘rsatib beruvchi analitik ifodalar ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
7524-2015 DSt bo‘yicha issiqlayin prokatlangan diametri 50 mm po‘lat zoldirlarni ishlab chiqarishda ish unumdorligini oshirishga yo‘naltirilgan diametri 50 mm bo‘lgan zoldirlarni prokatlash uchun mo‘ljallangan stanning yo‘naltiruvchi lineykasini ishlab chiqish, parametrlarini asoslash orqali uning ish unumdorligini oshirish bo‘yicha nazariy va tajribaviy tadqiqotlar asosida:
olti kirimli zoldir prokatlash valoklarini kesish uchun mo‘ljallangan kulachoklarni tayyorlash texnologiyasi “O‘zmetkombinat” AJ ga joriy etilgan (“O‘zmetkombinat” aksiyadorlik jamiyatining 13-sentyabr 2024-yildagi 01/03-01/282 - son ma’lumotnomasi). Texnologiyaning qo‘llanilishi natijasida kulachoklarni tayyorlash tannarxi 1,3-1,4 barabarga kamaygan;
diametri 50 mm bo‘lgan maydalovchi po‘lat zoldirlarni ishlab chiqarish uchun zoldir prokatlash stanining yo‘naltiruvchi lineykalarini tayyorlash texnologiyasi “O‘zmetkombinat” AJ ga joriy etilgan (“O‘zmetkombinat” aksiyadorlik jamiyatining 13-sentyabr 2024-yildagi 01/03-01/282 - son ma’lumotnomasi). Texnologiyaning qo‘llanilishi natijasida yo‘naltiruvchi lineykalarni tayyorlash tannarxi 1,2-1,3 barobarga kamaygan;
olti kirimli zoldir prokatlash valoklarini tayyorlash texnologiyasi “O‘zmetkombinat” AJ ga joriy etilgan (“O‘zmetkombinat” aksiyadorlik jamiyatining 13-sentyabr 2024-yildagi 01/03-01/282 - son ma’lumotnomasi). Texnologiyaning qo‘llanilishi natijasida diametri 50 mm bo‘lgan maydalovchi po‘lat zoldirlarni ishlab chiqarish unumdorligi 15-20 foizga ortgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish