Homitov Dilovar Lutfullozodaning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Klassik va hozirgi fors-tojik tillaridagi unli va undosh fonemalar tadqiqi”, 10.00.05 – Osiyo va Afrika xalqlari tili va adabiyoti (tojik tili va tojik adabiyoti) (filologiya fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Fil3115.
Ilmiy rahbar: Axmedova Dilfuza Rafukjanovna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, DSc.03/05.05.2023.Fil.02.11.
Rasmiy opponentlar: Shokirov Tug‘ral Sirodjovich, filologiya fanlari doktori, professor; Choriev Tavakkal Ravshanovich, filologiya fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi klassik fors, hozirgi fors, hozirgi tojik tillaridagi fonemalarining shakllanishi va rivojlanishi hamda ularning fonologik farq va o‘xshashlik sabablarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Klassik fors tili fonemalari haqida yozilgan eng qadimgi manbalarda, asosan, arab tilida bo‘lmagan /č/, /p/, /ž/, /g/ fonemalar va arab tilidan kirib kelgan yangi /’/, /q/, /γ/ fonemalar haqida bahs qilinganligi, klassik fors tilida uch juft cho‘ziq-qisqaligi bilan farqlanuvchi unlilar borligini ta’kidlagan olimlarning fikrlari arab tilining ta’siri ostida bo‘lib, aslida ikki juft i-ī, u-ū bo‘lganligi, klassik fors tili unlilari uch fonologik oppozisiya bilan farqlanishi, klassik fors tilidagi /δ/, / xͮ/ fonemalari bugungi kunda foydalanilmasligi aniqlangan;
KFT va HFT o‘zaro qiyoslanganda unlilar sathida ma’rufizatsiya-majhul /ō/ va /ē/ning ma’ruf /u/ va /i/ga o‘zgarishi, KFT va HTT qiyoslanganda esa majhulizatsiya-ma’ruf /ū/ va /ī/ning majhul /ō/ va /ē/ga o‘zgarishi natijasida fonemalar soni kamayishi, sifat jihatidan ham farqlanishi, KFT fonemalari sifati ko‘proq HTTda saqlanganligi asoslangan;
KFT, HFT va HTTlari fonemalari o‘zgarishining asosiy sabablari sifatida XX asrda adabiy tilni og‘zaki tilga yaqinlashtirish jarayonlari, HFT ingliz, fransuz va turkiy tillar ta’sirida va HTT o‘zbek va rus tillari ta’sirida rivojlanganligi isbotlangan;
HFTga ingliz tili ta’siri yuqoriligi sababli internatsional so‘zlar, o‘zlashmalarni inglizcha variantda ishlatilishi, forscha, arabcha so‘zlarni turkiy tillar aksenti bilan talaffuz etilishi va HTTda internatsional so‘zlar, neologizmlarning ruscha variantidan foydalanilishi natijasida bu ikki tilning alohida rivojlanish yoʻllariga ega ekanligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarning joriy qilinishi. Klassik fors, hozirgi fors-tojik tillaridagi unli-undosh fonemalarining qiyosiy tahlili yuzasidan olingan ilmiy natijalar va amaliy takliflar asosida:
Klassik fors tili fonemalari haqida yozilgan eng qadimgi manbalarda, asosan, arab tilida bo‘lmagan /č/, /p/, /ž/, /g/ fonemalar va arab tilidan kirib kelgan yangi /’/, /q/, /γ/ fonemalar haqida bahs qilinganligi, klassik fors tilida uch juft cho‘ziq-qisqaligi bilan farqlanuvchi unlilar borligini ta’kidlagan olimlarning fikrlari arab tilining ta’siri ostida bo‘lib, aslida ikki juft i-ī, u-ū bo‘lganligi, klassik fors tili unlilari uch fonologik oppozisiya bilan farqlanishi, klassik fors tilidagi /δ/, / xͮ/ fonemalari bugungi kunda foydalanilmasligiga oid natijalaridan “O‘zbekiston” teleradiokanalining “Ranginkamon”, “Bedorlik”, “Ta’lim va taraqqiyot” va “Adabiy jarayon” kabi ko‘rsatuvlar ssenariylarini yozishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali davlat muassasasining 2024-yil 30-sentyabrdagi 01-14-1076-son ma’lumotnomasi). Natijada televideniyadagi dasturlar davomida klassik shoirlar ijodini to‘g‘ri talaffuz qilishda klassik fors tilidagi fonemalarning tahlili va ilovada keltirilgan 1500 ta so‘zlarning tarjimasi yordam bergan.
KFT va HFT o‘zaro qiyoslanganda unlilar sathida ma’rufizatsiya-majhul /ō/ va /ē/ning ma’ruf /u/ va /i/ga o‘zgarishi, KFT va HTT qiyoslanganda esa majhulizatsiya-ma’ruf /ū/ va /ī/ning majhul /ō/ va /ē/ga o‘zgarishi natijasida fonemalar soni kamayishi, sifat jihatidan ham farqlanishi, KFT fonemalari sifati ko‘proq HTTda saqlanganligi asoslanganligi haqidagi ilmiy xulosalaridan 2022-2024 yillarda amalga oshirilgan IL-402104209 raqamli “Axborot-qidiruv tizimlari (Google, Yandex, Google translate) uchun avtomatik ishlov berish vositasi – o‘zbek tilining morfoleksikoni va morfologik analizatori dasturiy vositasini yaratish” mavzusidagi grant loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2024-yil 16-oktyabr 04/1-2880-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek tilida fors va arab tilidan o‘zlashgan so‘zlarning fonologik tarkibi aniqlashgan.
KFT, HFT va HTTlari fonemalari o‘zgarishining asosiy sabablari sifatida XX asrda adabiy tilni og‘zaki tilga yaqinlashtirish jarayonlari, HFT ingliz, fransuz va turkiy tillar ta’sirida va HTT o‘zbek va rus tillari ta’sirida rivojlanganligi haqidagi ilmiy xulosalaridan Davlat ilmiy-texnik dasturi doirasidagi 2021-2023 yillarda bajarilgan PZ-2020042022 – Turkiy tillarning lingvodidaktik elektron platformasini yaratish amaliy grant loyihasida foydalanilgan. (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2024-yil 16-oktyabr 04/1-2879-son ma’lumotnomasi). Natijada yurtimizning ko‘p tilli ta’limga yoʻnaltirib o‘qitish imkoniyati oshirildi;
HFTga ingliz tili ta’siri yuqoriligi sababli internatsional so‘zlar, o‘zlashmalarni inglizcha variantda ishlatilishi, asl forscha va arabcha so‘zlarni turkiy tillar aksenti bilan talaffuz etilishi va HTTda internatsional so‘zlar, neologizmlarning ruscha variantidan foydalanilishi natijasida bu ikki tilning alohida rivojlanish yoʻllariga ega ekanligiga oid ilmiy-nazariy qarashlardan FZ-2016-09081165532 raqamli “Qoraqalpoq tilining yangi alfaviti va imlo qoidalariga muvofiq ona tili va adabiyotini rivojlantirish metodikasi” mavzusida bajarilgan fundamental loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston pedagogika Fanlari ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston fililalining 2024-yil 18-oktyabrdagi 385-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha doirasida tahlilga tortilgan yangi alfavit hamda imloga xos ona tili va adabiyotini rivojlantirish haqidagi nazariy bilimlarning yangi ma’lumotlar bilan boyishiga erishilgan.