Azizov Solijon Uchmas o‘g‘lining 
pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
    Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bo‘lajak ingliz tili mutaxassislarining yozuv kompetensiyasini takomillashtirishda blended ta’lim texnologiyalari”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili), (pedagogika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Ped2713.
Ilmiy rahbar: Boqieva Gulandom Hisomovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, PhD.03/07.06.2024.Ped.27.02.
Rasmiy opponentlar: Sabirova Gulnoza Sadikovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent; Buranova Madina Uktamovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi ingliz tilini o‘qitishda talabalarning yozuv kompetensiyasini takomillashtirishda blended ta’lim texnologiyalaridan foydalanish metodikasini rivojlantirishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak ingliz tili mutaxassislarining paragraf (paragraph) va insho (essay) yozish ko‘nikmalari yozma nutqda lingvistik rivojlanish, matn yaratish usullari, metalingvistik bilimlar hamda metakognitiv strategiyalarni blended ta’lim sharoitida mazmunni qayta ishlash va stilistik elementlarga asoslangan mikro hamda makro ko‘nikmalar negizida texnologiyalarning asinxron va sinxron harakatlari integratsiyalashuviga ustuvorlik berish orqali takomillashtirilgan; 
bo‘lajak ingliz tili mutaxassislarida yozuv kompetensiyasini takomillashtirish amaliyoti blended ta’lim texnologiyalari tatbiqining quyi (muammolarni aniqlash), o‘rta (qiyinchiliklarni tasniflash) hamda yuqori (innovatsion usulda bartaraf etish) bosqichlarini ilg‘or xalqaro imtihon tizimlari – IELS, TOEFL iBT va CAE FCEdagi baholash mezonlari va amaliy maqsadlarining o‘zaro integratsiyasi asosida ishlab chiqish orqali takomillashtirilgan;
bo‘lajak ingliz tili mutaxassislarining yozma nutqning paragraf va insho turlarini yaratish bosqichlari blended ta’lim texnologiyalaridan foydalanishda passivlik, interaktivlik, ijodkorlik omillarini almashtirish, mustahkamlash, o‘zgartirish darajalari bilan ierarxik kesishuvchi PICRAT TIMning matrisasiga muvofiq yozuvdagi asosiy tarkibiy qismlar (kirish, asosiy qism va xulosa)ga ustuvor ahamiyat qaratish orqali takomillashtirishgan;
bo‘lajak ingliz tili mutaxassislarida yozuv kompetensiyasini takomillashtirish samaradorligi kommunikativ kompetensiyaning yozma nutqni tayyorlashdagi tashkiliy, lingvistik va motivatsiya darajalarini g‘oyani shakllantirish, uning kompozision dizayni hamda taqdimoti bosqichlari bilan o‘zaro birlashtirishda blended ta’lim texnologiyalarining aniqlik, moslik, keng qamrovlilik xususiyatlarini ta’minlash orqali aniqlashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
bo‘lajak ingliz tili mutaxassislarining paragraf (paragraph) va insho (essay) yozish ko‘nikmalarining yozma nutqda lingvistik rivojlanish, matn yaratish usullari, jarayonlari, metalingvistik bilimlar hamda metakognitiv strategiyalarni blended ta’lim sharoitida mazmunni qayta ishlash va stilistik elementlarga asoslangan mikro hamda makro ko‘nikmalar negizida texnologiyalarning asinxron va sinxron harakatlari integratsiyalashuviga ustuvorlik berish orqali takomillashtirishga oid tahlillaridan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining RZ-202004165 – “Umumiy o‘rta ta’limning boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida og‘zaki va yozma nutqiy kompetensiyalarini rivojlantiruvchi elektron platforma yaratish” mavzusidagi amaliy loyihasi doirasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2024-yil 24-iyundagi 04/1-1654-son ma’lumotnomasi). Natijada mikro hamda makro ko‘nikmalar negizida yozuv kompetensiyasini takomillashtirish to‘g‘risidagi tahlillar mazkur dastur mazmunini boyitishga xizmat qilgan; 
bo‘lajak ingliz tili mutaxassislarida yozuv kompetensiyasini takomillashtirish amaliyotining blended ta’lim texnologiyalari tatbiqining quyi (muammolarni aniqlash), o‘rta (qiyinchiliklarni tasniflash) hamda yuqori (innovatsion usulda bartaraf etish) bosqichlarini ilg‘or xalqaro imtihon tizimlari – IELS, TOEFL iBT va CAE FCEdagi baholash mezonlari va amaliy maqsadlarining o‘zaro integratsiyasi asosida ishlab chiqish orqali takomillashtirishga oid tahlillaridan O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida AQSh Davlat departamenti va O‘zbekistondagi AQSh elchixonasi bilan hamkorlikda 2022–2024 yillarga mo‘ljallangan SUZ 280021GR3106-sonli “The English Access Microscholarship Program” nomli innovatsion loyiha doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2024-yil 4-sentyabrdagi 01/516-son ma’lumotnomasi). Natijada yozuv kompetensiyasini blended ta’lim texnologiyalari vositasida takomillashtirishda ilg‘or xalqaro imtihon tizimlarining baholash mezonlari va amaliy maqsadlarining o‘zaro integratsiyasiga oid tahliliy materiallar mazkur dastur mazmunini boyitishga xizmat qilgan;
bo‘lajak ingliz tili mutaxassislarining yozma nutqning paragraf va insho turlarini yaratish bosqichlarining blended ta’lim texnologiyalaridan foydalanishda passivlik, interaktivlik, ijodkorlik omillarini almashtirish, mustahkamlash, o‘zgartirish darajalari bilan ierarxik kesishuvchi PICRAT TIMning matrisasiga muvofiq yozuvdagi asosiy tarkibiy qismlar (kirish, asosiy qism va xulosa)ga ustuvor ahamiyat qaratish orqali takomillashtirishga oid xulosalaridan O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Evropa Ittifoqining Erasmus+ dasturi doirasida Latviyaning Rezenka texnologiyalar Akademiyasi, Angliyaning London Metropoliten universiteti bilan hamkorlikda bajarilgan “561624-EPP-1-1-UK-EPPKA2-CBHE-SP IMEP” nomli xalqaro loyiha doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2024-yil 27-avgustdagi 04/532-son ma’lumotnomasi). Natijada olingan xulosalar orqali xorijiy til o‘qituvchilarining malakasini oshirish bo‘yicha yaratilgan o‘quv-qo‘llanma va dasturlarni boyitishga erishilgan; 
bo‘lajak ingliz tili mutaxassislarida yozuv kompetensiyasini takomillashtirish samaradorligining kommunikativ kompetensiyaning yozma nutqni tayyorlashdagi tashkiliy, lingvistik va motivatsiya darajalarini g‘oyani shakllantirish, uning kompozision dizayni hamda taqdimoti bosqichlari bilan o‘zaro birlashtirishda blended ta’lim texnologiyalarining aniqlik, moslik, keng qamrovlilik xususiyatlarini ta’minlash orqali aniqlashtirishga tegishli ilmiy-amaliy natijalaridan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” DM tarkibidagi “Foreign languaGES” telekanali “English club” ko‘rsatuvining 2024-yil 5-may soni ssenariysini yozishda foydalanilgan (“O‘zbekiston teleradiokanali” DMning 2024-yil 17-maydagi 01-44--32-son ma’lumotnomasi). Natijada yozuvni takomillashtirishda ayni uch daraja va bosqichlarni birlashtirishda blended ta’lim texnologiyalarining xususiyatlarini ta’minlashga oid tahliliy materiallar ko‘rsatuv ssenariysining ma’lum darajada ilmiy leksika bilan boyishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish