Xudoyorova Madina Xolmo‘min qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘spirinlik va etuklik davrida oilaviy baxt haqida tasavvurlar shakllanishining psixologik xususiyatlari», 19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/P356.
Ilmiy rahbar: Nishanova Zamira Taskaraevna, psixologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Oila va Gender” ilmiy- tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Hayitov Oybek Eshboevich, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor; To‘ychieva Saodat Meliqo‘zievna, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik
II. Tadqiqotning maqsadi o’spirinlik va etuklik davrida oilaviy baxt haqida tasavvurlar shakllanishining psixologik xususiyatlarini o‘rganish hamda shukronalik hissini orttirish bo‘yicha psixologik tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘spirinlik va etuklik davrida oilaviy baxt haqida tasavvurlarning ontogenetik differensiatsiyasiga ko‘ra o‘spirinlik davrida baxtning hayotiy maqsadlarga yo‘nalganligi, etuklik davrida salomatlik hamda oilaviy xotirjamlikning ustuvor bo‘lishi natijasida oilaviy baxt haqida tasavvurlarning dinamik-situatsion roli mexanik ko‘rinish olishi aniqlangan;
o‘spirinlik hamda etuklik davridagi baxt haqidagi tasavvurlar va psixomental farovonlik o‘rtasidagi korrelyasion bog‘lanishlar natijasida tasavvur va dramatizatsiyaning shaxs psixik barqarorligi, baxtni idrok etishdagi ahamiyati stabilitik tarzda yuzaga chiqishi dalillangan;
o‘spirinlik va etuklik davrida oilaviy baxt va hayotiy muhim jihatlar o‘rtasidagi aloqadorlikdagi indikativ belgilarning psixosotsial determinant roli natijasida emotsional balans, hayotdan qoniqish indeksi hamda ehtiyojlar realizatsiyasi baxtlilikning psixologik komponenti bo‘lishi aniqlangan;
o‘spirinlik va etuklik davrida oilaviy baxt haqida tasavvurlar shakllanish jarayoniga shaxslardagi qadriyatlar tizimining tuli darajalari ta’sir sababli salbiy psixologik xususiyatlarni susaytiruvchi va hayotga ijobiy munosabatni rivojlantirishga qaratilgan maxsus psixologik trening mashg‘ulotlarini amalga oshirish orqali shaxsdagi baxt haqidagi tasavvurlarning rivojlanish darajasini ratsional-emotiv ta’sir etishi dalillangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinganligi.
O‘spirinlik va etuklik davrida oilaviy baxt haqida tasavvurlar shakllanish muammosini tadqiq etish natijasida:
o‘spirinlik va etuklik davrida oilaviy baxt haqida tasavvurlarning ontogenetik differensiatsiyasiga ko‘ra o‘spirinlik davrida baxtning hayotiy maqsadlarga yo‘nalganligi, etuklik davrida salomatlik hamda oilaviy xotirjamlikning ustuvor bo‘lishi natijasida oilaviy baxt haqida tasavvurlarning dinamik-situatsion roli mexanik ko‘rinish olishi aniqlanganligiga doir xulosalar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Rsixologiya o’quv-ilmiy markazining 2024-yil 21-avgustdagi 185-son buyrug‘i bilan “Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya” moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Rsixologiya o’quv-ilmiy Markazining 2024-yil 26-avgustdagi PM-185-a-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘spirinlik va etuklik davrida oilaviy baxt va hayotiy muhim jihatlar o‘rtasidagi bog‘lanishlarning asosiy xususiyati - hayotiy muhim jihatlarning qaysidir komponenti yuqoriligi baxtga ijobiy, pastligi salbiy ta’sir qilmaydi, balki muhim hayotiy jihatlarning barcha komponentlari muvozanatda bo‘lsagina, oilaviy baxt haqidagi tasavvurlar ijobiy bo‘lishi haqidagi mexanizmlar takomillashtirilgan;
o‘spirinlik hamda etuklik davridagi baxt haqidagi tasavvurlar va psixomental farovonlik o‘rtasidagi korrelyasion bog‘lanishlar natijasida tasavvur va dramatizatsiyaning shaxs psixik barqarorligi, baxtni idrok etishdagi ahamiyati stabilitik tarzda yuzaga chiqishi dalillangan ilmiy ma’lumotlardan Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Rsixologiya o’quv-ilmiy markazining 2024-yil 21-avgustdagi 185-son buyrug‘i bilan “Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya” moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Rsixologiya o’quv-ilmiy Markazining 2024-yil 26-avgustdagi PM-185-a-son ma’lumotnomasi). Natijada shaxslarda baxtning bunday ko‘rinishda ifodalanishi, aslida, baxt yaxlit bir tushuncha bo‘lsa ham uni his qilish uchun bir qancha komponentlar zarurligi, hech qaysi komponent mutlaq baxtga o‘zi etkazmasligi, balki barcha komponentlar muvozanat holatida bo‘lsa, baxtni his qilish tuyg‘usi kuchliroq bo‘lishi mumkin ekanligini tahlil qilish imkoniyatini berdi;
o‘spirinlik va etuklik davrida oilaviy baxt va hayotiy muhim jihatlar o‘rtasidagi aloqadorlikdagi indikativ belgilarning psixosotsial determinant roli natijasida emotsional balans, hayotdan qoniqish indeksi hamda ehtiyojlar realizatsiyasi baxtlilikning psixologik komponenti bo‘lishi aniqlanganligiga oid ma’lumotlari O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Rsixologiya o’quv-ilmiy markazining 2024-yil 21-avgustdagi 185-son buyrug‘i bilan “Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya” moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Rsixologiya o’quv-ilmiy Markazining 2024-yil 26-avgustdagi PM-185-a-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘spirinlik va etuklik davrida oilaviy baxt haqida tasavvurlar shakllanish jarayoniga shaxslardagi qadriyatlar tizimining tuli darajalari ta’sir qilishi ilmiy dalillangan hamda qadriyatlarni erta shakllantirish orqali baxtlilik darajasini oshirishga oid psixologik tavsiyalar ishlab chiqilgan;
o‘spirinlik va etuklik davrida oilaviy baxt haqida tasavvurlar shakllanish jarayoniga shaxslardagi qadriyatlar tizimining tuli darajalari ta’sir sababli salbiy psixologik xususiyatlarni susaytiruvchi va hayotga ijobiy munosabatni rivojlantirishga qaratilgan maxsus psixologik trening mashg‘ulotlarini amalga oshirish orqali shaxsdagi baxt haqidagi tasavvurlarning rivojlanish darajasini ratsional-emotiv ta’sir etishi dalillangan ma’lumotlari O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Rsixologiya o’quv-ilmiy markazining 2024-yil 21-avgustdagi 185-son buyrug‘i bilan “Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya” moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Rsixologiya o’quv-ilmiy Markazining 2024-yil 26-avgustdagi PM-185-a-son ma’lumotnomasi). Natijada oilaviy baxt haqida tasavvurlar shakllanishiga ta’sir etuvchi salbiy psixologik xususiyatlarni susaytiruvchi va hayotga ijobiy munosabatni rivojlantirishga qaratilgan maxsus psixologik trening mashg‘ulotlarini amalga oshirish orqali shaxsdagi baxt haqidagi tasavvurlarning rivojlanish darajasini oshirishga erishish mumkin ekanligi ko’rsatib berilgan.