Amanov Baxtiyar Xushbakovichning

fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Peru g‘o‘za turlarini turichi va turlararo duragaylash asosida genetik jihatdan boyitilgan tizmalar olish», 03.00.09–Umumiy genetika (biologiya fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.DSc/V58.

Ilmiy maslahatchi: Abdullaev Alisher Abdumavlyanovich, biologiya fanlari doktori.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti va O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.29.08.2017.V.53.

Rasmiy opponentlar: Adilova Azadaxan Teshabaevna, biologiya fanlari doktori; Rashidova Dilbar Karimovna, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori; Boboev Sayfulla G‘afurovich, biologiya fanlari doktori.

Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: G.barbadense L. turichi bioxilma-xilliklarining o‘zaro va G.darwinii Wattturi bilan duragaylarida morfoxo‘jalik belgilarining irsiylanishi va o‘zgaruvchanligini tavsiflash asosida irsiyati boyitilgan yangi tizmalar yaratish hamda seleksiyada qo‘llashdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

ilk marotaba G.barbadense L. turichi xilma-xilliklarining o‘zaro va yovvoyi tur G.darwinii bilan yaxshi chatishishi, G.darwinii turi onalik shakl sifatida ishlatilganda duragay ko‘sak tugilishi past (33,3–40,0 %), ko‘sakdagi urug‘lar tugilishi esa yuqori (65,5–94,0 %) bo‘lishi aniqlangan;

turichi va turlararoresiprokF1 o‘simliklarida o‘suv davri belgisi ijobiy va salbiy o‘ta dominantlik hamda to‘liqsiz dominantlik holatlarida irsiylanishi va onalik shakliga bog‘liqligi, F2 kombinatsiyalarida chap tomonli transgressiya natijasida tezpisharligi 105,0–124,0 kun bo‘lgan qimmatli rekombinant shakllar ajralib chiqishi isbotlangan;

G.barbadense L. turichi xilma-xilliklarining o‘zaro hamda G.darwinii turi bilanturlararo F1 avlodida bitta ko‘sakdagi paxta vazni belgisi ijobiy va salbiy dominantlik hamda o‘ta dominantlik holatlarida irsiylanishi, turichi va turlararo F2 o‘simliklarida kechadigan keng ko‘lamli transgressiv o‘zgaruvchanlik bitta ko‘sakdagi paxta vazni 5,0–7,9 g. bo‘lgan yirik ko‘sakli rekombinant shakllarni ajratib olish imkonini berishi aniqlangan;

G.barbadense L. turining turichi xilma-xilliklarining o‘zaro hamda G.darwinii turi bilanturlararo F1 avlodida tola uzunligi belgisi oraliq hamda ijobiy dominantlik va o‘ta dominantlik holatlarida irsiylanishi, turichi va turlararo F2 o‘simliklarida keng o‘zgaruvchanlik ko‘lamining namoyon bo‘lishi natijasida tola uzunligi 39,0–42,0 mm bo‘lgan rekombinant shakllar olingani isbotlangan;

turichi va turlararo F1 resiprok o‘simliklarida tola chiqimi belgisi asosan salbiy o‘ta dominantlik va oraliq holatlarida irsiylanishi, F2 kombinatsiyalaridan Qarshi-8 navi bilan subsp.vitifolium kenja turining o‘zaro resiprok duragaylarida tola chiqimi 35,0–40,0 % bo‘lgan transgressiv shakllar paydo bo‘lishi aniqlangan;

ilk marotaba G.barbadense L. turi xilma-xilliklarini o‘zaro va G.darwinii Wattturi bilan turlararo duragaylash asosida tezpishar, yirik ko‘sakli, 1000 dona chigit vazni, tola chiqimi va sifati yuqori oila va tizmalar olingan, G.barbadense L. turiga mansub 4–5 chanoqli madaniy tropik subsp.vitifolium kenja turini Qarshi-8 navi bilan duragaylash asosida ingichka tolali g‘o‘zaning yangi yirik ko‘sakli, qimmatli-xo‘jalik belgilarining yuqori ko‘rsatkichlariga ega «Angor» navi yaratilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Peru g‘o‘za turlarini turichi va turlararo duragaylash asosida genetik jihatdan boyitilgan tizmalar yaratish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

Peru g‘o‘za turlarini turichi va turlararo duragaylash asosida genetik jihatdan boyitilgan tizmalari «Rossiyaning janubiy sharoitiga moslashgan yuqori tola chiqimi va tola sifatiga ega ingichka tolali g‘o‘za navlarini yaratish» mavzusidagi amaliy loyihasida navlarning genotipini boyitishda va bitta ko‘sakdagi paxta vazni, tola chiqimi yuqori bo‘lgan tizmalar va navlar yaratishda foydalanilgan (Rossiya Federatsiyasi Qishloq xo‘jalik vazirligi Ilmiy-texnologik siyosat va ta’lim departamentining 2018 yil 21 dekabrdagi 4473/07-07-son ma’lumotnomasi). Natijada yangi yaratilgan L-396 B2, L-204 va ML-104 tizmalari va navlarida morfobiologik belgilarining irsiylanish va o‘zgaruvchanlik xarakterini aniqlash va bitta ko‘sakdagi paxta vazni va tola chiqimini yaxshilash imkonini bergan;

Peru g‘o‘za turlarini turichi va turlararo duragaylashdan olingan genotiplar Xitoy Fanlar akademiyasining PIFI 2017VBA0017 amaliy loyihasida g‘o‘za navlarini abiotik stress omillarga chidamliligini baholashda foydalanilgan (Xitoy Fanlar akademiyasining 2018 yil 27 dekabrdagi ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalar muhitning noqulay sharoitlariga bardoshli bo‘lgan g‘o‘za navlarini ajratib olish imkonini bergan;

G.barbadense L. turichi xilma-xilligini duragaylashdan olingan g‘o‘zaning Angor navi 2017 yil Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanidagi «Surxon» tajriba xo‘jaligida va 2018 yilda «Orifjon» elita urug‘chilik fermer xo‘jaligida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 26 noyabrdagi 02/020-215-son va Innovatsion rivojlantirish vazirligi «Urug‘chilikni rivojlantirish markazi»ning 2018 yil 16 oktyabrdagi 01/02-368-son ma’lumotnomalari). Natijada yangi ingichka tolali «Angor» g‘o‘za navidan erta va sifatli hosil olish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish