G‘ulomov Shavkat Maxmudovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yoshlarning ma’naviy-axloqiy dunyoqarashini shakllantirishda raqamli texnologiyalarning roli (ijtimoiy-falsafiy tahlil)” 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Fal1372 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Namangan davlat universiteti PhD.03/30.04.2021.F.76.06.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Ismoilov Temurbek Islomovich pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Rasmiy opponentlar: Nazarov Nasriddin Ataqulovich falsafa fanlari doktori (DSc), professor; Azimov Ulug‘bek Abduxalilovich falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori(PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent axborot texnologiyalar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yoshlarning ma’naviy-axloqiy dunyoqarashini shakllantirishda raqamli texnologiyalarning roli va ta’sir mexanizmlarini ijtimoiy-falsafiy jihatdan ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
axborotlashgan jamiyatda yoshlar ma’naviy-axloqiy dunyoqarashini shakllantirish mavjud qadriyatlar dinamikasida milliy madaniy o‘ziga xosliklar bilan global texnogen muhit o‘rtasida ziddiyat va uyg‘unlik jarayonini aks ettirishi falsafaning sabab va oqibar tamoyillari asosida ochib berilgan;
texnologik innovatsiyalar va virtual kommunikatsiyalar sharoitida yoshlar axloqiy me’yorlarini shakllantirish zamonaviy jamiyatda yoshlarning aksiologik munosabatini rivojlantirish, jamiyat barqaror taraqqiyotida aksiologik ierarxiya (ong-qadriyat-faoliyat birligi) ning milliy xususiyatlari ilmiy asoslangan;
raqamli dunyoda yoshlar aksiologik dunyoqarashining determenistik paradigmalari virtual muloqotning yoshlar ongidagi gnoseologik xususiyatlari ta’sirida shaxs ma’naviy-axloqiy qiyofasining ijtimoiy-madaniy texnologiyalarga asoslanishi ijtimoiy qadriyatlar (bilim, ko‘nikma, me’yor) tizimida konsyumer (axborotni qabul qilish) xususiyatlarni rivojlantiruvchi natijador omil ekanligi asoslangan;
globallashuv sharoitida axborot makonining kengayib borishi jamiyatda ma’naviy xavfsizlikni ta’minlash zaruriyatini keltirib chiqarib, sotsiumda shaxs sotsializatsiyasini ta’minlovchi ijtimoiy o‘zaro ta’sir xususiyatlari (harakatchanlik, ijodkorlik intellektuallik) orqali jamiyatda virtual-kommunikativ makonni o‘z ichiga olgan yangi ijtimoiy voqelikni shakllanishiga olib kelishi mantiqiy dalillangan yangi metodologik takliflar ishlab chiqildi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yoshlarning ma’naviy-axloqiy dunyoqarashini shakllantirishda raqamli texnologiyalarning roli ijtimoiy-falsafiy tahlili asosida:
axborotlashgan jamiyatda yoshlar ma’naviy-axloqiy dunyoqarashini shakllantirish mavjud qadriyatlar dinamikasida milliy madaniy o‘ziga xosliklar bilan global texnogen muhit o‘rtasida ziddiyat va uyg‘unlik jarayonini aks ettirishi falsafaning sabab va oqibat tamoyillari asosidagi takliflar va tavsiyalaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi "Yoshlar" ijodiy birlashmasi" AJ, “Yoshlar" teleradiokanalida 2024-yil davomida “Press klub" ko‘rsatuvida va turli ijtimoiy roliklarni samarali tashkil etishda, ularning dastur va ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (Yoshlar ijodiy birlashmasi aksiyadorlik jamiyatning 2025-yil 25-maydagi 14-02-78-son dalolatnomasi). Natijada, jamiyatda axborot va bilimni rivojlantirish industrial jamiyatning asosi sifatida shaxsning intellektual cha ijtimoiy salohiyatini rivojlantirishi jamiyatda bilimga asoslangan iqtisodiyotni mustahkamlashga xizmat qilgan;
texnologik innovatsiyalar va virtual kommunikatsiyalar sharoitida yoshlar axloqiy me’yorlarini shakllantirish zamonaviy jamiyatda yoshlapning aksiologik munosabatini rivojlantirish, jamiyat barqaror taraqqiyotida aksiologik ierarxiya (ong-qadpiyat-faoliyat bipligi) ning milliy xususiyatlarga asoslanishi ilmiy asoslanishiga oid taklif va xulosalaridan O‘zbekiston Adolat sotsial-demokratik partiyasi tomonidan o‘tkazilgan targ‘ibot faoliyati, saylovoldi dasturlarini amalga oshirishda, “Vatan kelajagi yoshlar qo‘ylida” kabi loyihasi doirasida Namangan viloyati kengashining tuman va shahar tashkilotlari tomonidan o‘tkazilgan targ‘ibot jarayonlarida keng foydalanilgan (O‘zbekiston Adolat sotsial-demokratik partiyasining 2025-yil 16-maydagi 01-06/143-son dalolatnomasi). Natijada, yoshlar tarbiyasida yangi yondashuvlarni ishlab chiqishga va raqamli asrga mos, barkamol avlodni shakllantirish, partiyaning siyosiy faoliyatidagi maqsadlariga erishishda katta nazariy-metodologik asos bo‘lib xizmat qilgan;
globallashuv sharoitida axborot makonining kengayib borishi jamiyatda ma’naviy xavfsizlikni ta’minlash zaruriyatini keltirib chiqarib, sotsiumda shaxs sotsializatsiyasini ta’minlovchi ijtimoiy o‘zaro ta’sir xususiyatlari (harakatchanlik, ijodkorlik intellektuallik) orqali jamiyatda virtual-kommunikativ makonni o‘z ichiga olgan yangi ijtimoiy voqelikni shakllanishiga olib kelishi mantiqiy dalillangan yangi metodologik taklif-tavsiyalaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi "Yoshlar" ijodiy birlashmasi" AJ, “Yoshlar" teleradiokanalida 2024-yil davomida “Press klub" ko‘rsatuvida va turli ijtimoiy roliklarni samarali tashkil etishda, ularning dastur va ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (Yoshlar ijodiy birlashmasi aksiyadorlik jamiyatning 2025-yil 25-maydagi 14-02-78-son dalolatnomasi). Natijada, jamiyatda axborot va bilimni rivojlantirish industrial jamiyatning asosi sifatida shaxsning intellektual cha ijtimoiy salohiyatini rivojlantirishi jamiyatda bilimga asoslangan iqtisodiyotni mustahkamlashga xizmat qilgan;
raqamli dunyoda yoshlar aksiologik dunyoqarashining determenistik paradigmalari virtual muloqotning yoshlar ongidagi gnoseologik xususiyatlari ta’sirida shaxs ma’naviy-axloqiy qiyofasining ijtimoiy-madaniy texnologiyalarga asoslanishi ijtimoiy qadriyatlar (bilim, ko‘nikma, me’yor) tizimida konsyumer (axborotni qabul qilish) xususiyatlarni rivojlantiruvchi natijador omil ekanligiga doir ilmiy xulosalaridan O‘zbekiston Adolat sotsial-demokratik partiyasi tomonidan o‘tkazilgan targ‘ibot faoliyati, saylovoldi dasturlarini amalga oshirishda, “Vatan kelajagi yoshlar qo‘ylida” kabi loyihasi doirasida Namangan viloyati kengashining tuman va shahar tashkilotlari tomonidan o‘tkazilgan targ‘ibot jarayonlarida keng foydalanilgan (O‘zbekiston Adolat sotsial-demokratik partiyasining 2025-yil 16-maydagi 01-06/143-son dalolatnomasi). Natijada, yoshlar tarbiyasida yangi yondashuvlarni ishlab chiqishga va raqamli asrga mos, barkamol avlodni shakllantirish, partiyaning siyosiy faoliyatidagi maqsadlariga erishishda katta nazariy-metodologik asos bo‘lib xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish