Eshqulov Dostonjon Ilhomovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Umurtqa pog‘onasi bel qismi kanalining degenerativ stenozlarini endoskopik dekompressiya usuli bilan xirurgik davolash», 14.00.22 – Travmatologiya va ortopediya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1. PhD/Tib4311.
Ilmiy rahbar: Shatursunov Shaxaydar Shaalievich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan mujassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.62.01.
Rasmiy opponentlar: Gubin Aleksandr Vadimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi); Xudoyberdiev Qobil Tursunovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:  Kam invaziv endoskopik usullarni qo‘llash orqali umurtqa pog‘onasining bel qismi degenerativ stenozini jarrohlik yo‘li bilan davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Shizas klassifikatsiyasi asosida stenoz darajasi, periferik nerv tuzilmalari holati, MSKT va MRT natijalari, umurtqa segmenti barqarorligi hamda suyak to‘qimasining zichligini kompleks baholashga tayanilgan holda, degerativ bel kismi stenozlarida qo‘llaniladigan xirurgik dekompressiya usulini tanlashning differensial taktikasi asoslangan;
monoportal endoskopik usul suyak va boylam tuzilmalarini minimal rezeksiya qilish, yuqori aniqlikdagi vizualizatsiya sharoitida nerv elementlarining patologik kompressiyasini samarali bartaraf etish orqali jarrohlik travmatizatsiyasini kamaytirish, tiklanish davrini qisqartirishi va klinik natijalarni yaxshilashi asoslangan;
yuqori komorbidlikka ega bo‘lgan keksa yoshdagi bemorlarda bel umurtqa kanalining degenerativ stenozini davolashda endoskopik dekompressiya usulining klinik samaradorligi an’anaviy ochiq jarrohlikka nisbatan operatsiyadan keyingi tiklanish davrini qisqartirish va asoratlar xavfini kamaytirishi asoslangan; 
endoskopik dekompressiya texnologiyalarini klinik amaliyotga joriy etish yuqori komorbidlikka ega bo‘lgan keksa yoshdagi bemorlarda klinik natijalarni yaxshilashi va iqtisodiy jihatdan samarali ekanligi hamda yuqori xavf guruhi bemorlarida yuqori sifatli jarrohlik samarasi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025-yil 17-iyuldagi 22-sonli xulosasiga ko‘ra, ilmiy ishlanmani boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish to‘g‘risida: 
birinchi ilmiy yangilik: Shizas klassifikatsiyasi asosida stenoz darajasi, periferik nerv tuzilmalari holati, MSKT va MRT natijalari, umurtqa segmenti barqarorligi hamda suyak to‘qimasining zichligini kompleks baholashga tayanilgan holda, degerativ bel kismi stenozlarida qo‘llaniladigan xirurgik dekompressiya usulini tanlashning differensial taktikasi asoslangan. Ushbu yondashuv orqa miya va nerv elementlarini dekompressiya qilishning optimal usulini aniqlash, operatsiya turini bemorning individual anatomik va funksional holatidan kelib chiqqan holda belgilash imkonini berdi. Natijalar Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (04.02.2025 y. №26) va Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand filiali (03.02.2025 y. №37-I) amaliyotiga joriy etilgan. Miniinvaziv endoskopik usulni klinik amaliyotga joriy etish og‘riq sindromi intensivligini o‘rtacha 10% ga kamaytirish, jarrohlik aralashuvi vaqtini 1,5–2 soatga qisqartirish, operatsiyadan keyingi erta reabilitatsiyani ta’minlash va orqa miya funksiyasini to‘liq tiklash imkonini berdi. Ijtimoiy samaradorligi: klinik va rentgenologik, MRT, MSKT ma’lumotlarini tahlil qilish asosida degenerativ o‘zgarishlarning darajasi ortib borishi bilan, bemorlardagi klinik belgilar ortib borishini aniqlash davolashning funksional va anatomik natijalarini yaxshiladi, umumiy davolanish vaqti qisqartirdi, erta reabilitatsiyani boshlash va umurtqa pog‘onasi funksiyasini to‘liq tiklash imkonini berdi. Iqtisodiy samaradorligi: umurtqa pog‘onasi bel qismi degenerativ stenoz kasalligida diagnostikasi kompleks ravishda bo‘lishi va uning klinik, MSKT va rentgen tekshiruvlarni MRT bilan to‘ldirish tavsiya etildi. Rentgenologik, MSKT va MRT tekshiruvlar natijalariga asosan ishlab chiqilgan kam invaziv jarrohlik davolash algoritmi asoratlarni oldini olish va to‘g‘ri jarrohlik taktikasini tanlash imkonini berdi. Suyak to‘qimasi zichligini kompleks baholash asosida degerativ bel qismi stenozlarida endoskopik dekompressiya usulini qo‘llash bir bemor hisobiga o‘rtacha 1800000 so‘m iqtisodiy samara berdi.Xulosa:bel umurtqa pog‘onasi degenerativ stenozida asoslangan tashxislash va davolash taktikasini qo‘llash umumiy hisobda har bir bemor uchun o‘rtacha 1800000 so‘m iqtisod qilish imkonini berdi.
ikkinchi ilmiy yangilik: monoportal endoskopik usul suyak va boylam tuzilmalarini minimal rezeksiya qilish, yuqori aniqlikdagi vizualizatsiya sharoitida nerv elementlarining patologik kompressiyasini samarali bartaraf etish orqali jarrohlik travmatizatsiyasini kamaytirish, tiklanish davrini qisqartirishi va klinik natijalarni yaxshilashi asoslangan. Natijalar Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (04.02.2025 y., №26) va Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand filiali (03.02.2025 y., №37-I) amaliyotiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: monoportal endoskopik usulda operatsiya kirish teridagi kichik teshik orqali amalga oshiriladi. Operatsiya maydoniga endoskopik uskuna kiritilib, barcha manipulyasiyalar videonazorat ostida bajariladi. Ingichka endoskop orqali kiritilgan maxsus qurilma tasvirni real vaqt rejimida monitorga uzatadi. Endoskopik dekompressiya umurtqa pog‘onasidagi jarrohlik aralashuvlarining eng kam travmatik turi hisoblanadi. Bu usuldan keyingi tiklanish jarayoni boshqa turdagi aralashuvlarga nisbatan tez va engil kechib, bemorlarning hayot sifatini oshiradi, erta reabilitatsiyani ta’minlaydi va qoniqarsiz natijalar ulushini sezilarli kamaytiradi, erta reabilitatsiya boshlash imkoniyati tufayli qoniqarsiz natijalar ulushini 23%gacha kamaytirishga imkon beradi; asoratlarning kamayishi, statsionar davo muddatining qisqarishi, reabilitatsiya muddatlarining kamayishi, 87% xollarda yaxshi natijalar olish imkonini berdi; taklif etilgan jarrohlik davolash usulidan foydalanish bel umurtqalari degenerativ stenozida kasalligini tashxislash va davolash sifatini yaxshiladi. Iqtisodiy samaradorligi: miniinvaziv endoskopik tizimlarni amaliyotga joriy etish umurtqa pog‘onasining beqarorligi yoki suyak tuzilmalarining katta qismlarini olib tashlash talab etiladigan hollarda rivojlanishi mumkin bo‘lgan og‘ir asoratlarning oldini olish imkonini berdi. Iqtisodiy samaradorligi: 1) bemorning shifoxonadagi davri uchun: bemorni shifoxonada qolish muddatini 10 kundan 4 kungacha qisqartirtirib, davlat tomonidan shifoxonaga beriladigan dori-darmon 6 kunlik (2600000 so‘m) tejalishiga olib kelgan; Xulosa: monoportal endoskopik usul orqali nerv elementlarining patologik kompressiyasini samarali bartaraf etish, jarrohlik travmatizatsiyasini kamaytirish va tiklanish davrini qisqartirish bilan birga, katta ortopedik operatsiyalarga ehtiyojni pasaytirib, sog‘liqni saqlash tizimi uchun yuqori iqtisodiy samara berdi.
uchinchi ilmiy yangilik: yuqori komorbidlikka ega bo‘lgan keksa yoshdagi bemorlarda bel umurtqa kanalining degenerativ stenozini davolashda endoskopik dekompressiya usulining klinik samaradorligi an’anaviy ochiq jarrohlikka nisbatan operatsiyadan keyingi tiklanish davrini qisqartirish va asoratlar xavfini kamaytirishi asoslangan. Ushbu minimal invaziv usulda yumshoq to‘qimalar va suyak tuzilmalariga ta’sir minimal bo‘lib, orqa miya va nerv elementlarining etarli darajada dekompressiyasi hamda umurtqa pog‘onasi bel qismining barqarorligi ta’minlanishi isbotlangan. Tadqiqot natijalari Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (04.02.2025 y., №26) va Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand filiali (03.02.2025 y., №37-I) amaliyotiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: minimal invaziv endoskopik usullarni qo‘llash orqali jarrohlik aralashuvining hajmi va davomiyligi o‘rtacha 1–1,5 soatga qisqardi. Bu bemorlarda operatsiyadan keyingi og‘riq sindromini kamaydi, erta reabilitatsiyani ta’minlandi va hayot sifatini yaxshilandi. Shuningdek, kichik kesmalar orqali bajarilishi tufayli yara tez bitdi, kosmetik natija yaxshi bo‘ldi va bemorning psixologik qoniqishi oshdi. Iqtisodiy samaradorligi: Endoskopik operatsiyada asbobni kiritish uchun 1 ta minimal kesma yaratildi, shikastlanish zonasi videoendoskop yordamida ko‘rilgan holda kanalning torayishiga sabab bo‘lgan patologik tuzilmalar olib tashlandi. Bu usul jarrohlik aralashuvining davomiyligini qisqartirib, moliyaviy xarajatlarni 1792000 so‘mdan 2688000 so‘mgacha tejash imkonini berdi. Xulosa: endoskopik jarrohlik usulini qo‘llash orqali jarrohlik aralashuvining hajmi va davomiyligini qisqartirishga erishildi, natijada moliyaviy xarajatlar bir bemor hisobiga 2688000 so‘mga kamaydi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: endoskopik dekompressiya texnologiyalarini klinik amaliyotga joriy etish yuqori komorbidlikka ega bo‘lgan keksa yoshdagi bemorlarda klinik natijalarni yaxshilashi va iqtisodiy jihatdan samarali ekanligi hamda yuqori xavf guruhi bemorlarida yuqori sifatli jarrohlik samarasi asoslangan. Kam invaziv endoskopik operatsiyalar orqa miya va nerv elementlarini yuqori aniqlikda vizualizatsiya qilish sharoitida samarali dekompressiya qilish imkonini berdi, texnik jihatdan oson bajarildi va implant talabini kamaytirdi. Tadqiqot natijalari Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (04.02.2025 y., №26) va Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand filiali (03.02.2025 y., №37-I) amaliyotiga joriy etilgan. Endoskopik operatsiyalarning afzalliklariga jarrohlik aralashuvi vaqti va qon yo‘qotishning kamayishi, muolaja davomiyligining 120 daqiqaga qisqarishi, reabilitatsiya jarayonining tezlashishi, epidural orqa miya anesteziyasida ham bajarilishi, bu esa umumiy anesteziyaga nisbatan kam travmatik va energiya tejovchi bo‘ldi, kosmetik jihatdan yaxshi natija hamda bemorning psixologik qoniqishi oshishi kirdi. Iqtisodiy samaradorligi shundaki, bir bemorning shifoxonada davolanish muddati 10 kundan 4 kungacha qisqarib, 2028000 so‘m mablag‘ni tejash imkonini berdi (Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy markazi preyskuranti bo‘yicha 1 kun – 338000 so‘m), dori-darmonlar sarfi o‘rtacha 260000 so‘mga kamaydi, erta reabilitatsiya imkoniyati esa bemorlarning nogironlik darajasini pasaytirdi va mehnat faoliyatiga tezroq qaytishini ta’minladi. Xulosa: bemorlarda minimal invaziv endoskopik operatsiyalarning kam travmatik usullarini qo‘llash maqsadga muvofiq. Qiyosiy tahlil shuni ko‘rsatdiki, umurtqa pog‘onasi dekompressiyasi endoskopik operatsiyalarining samaradorligi umurtqa kanali nerv-qon tomir tuzilmalarini bosuvchi omillarni bartaraf etishga qaratilgan jarrohlik aralashuvidir. Optik intraoperatsion asboblardan foydalanish va yumshoq to‘qimalarning kam shikastlanishi operatsiya paytida qon yo‘qotishni sezilarli darajada kamaytirdi, reabilitatsiyani osonlashtirdi va tezlashtirdi, shuningdek, yaxshi kosmetik natijaga erishish imkonini berdi. Yuqori xavf guruhiga kiruvchi bemorlarda minimal invaziv endoskopik dekompressiya usullarini qo‘llash orqali operatsiya samaradorligi taqqoslash guruhlariga nisbatan 30% ga yaxshi natijalarga erishish imkonini berdi.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish