Mustafaev Ispandiyar Temirovichning falsafa doktori (PhD) 
dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Malakali sportchilarni uzoq muddatli tayyorlashning ilmiy-nazariy asoslari”, 13.00.04 – Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Ped7649.
Ilmiy rahbar: Aliev Iskandar Baxramovich pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti, DSc.33/01.02.2022.Ped.146.01. 
Rasmiy opponentlar: Raximov Vladimir Shavkatovich pedagogika fanlari doktori (DSc), professor, Krobeynikova Lesya Grigorevna biologiya fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va  amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi malakali sportchilarni makrotsikl asosida tayyorlashning ilmiy-nazariy asoslarini tahlil qilish va optimallashtirishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: 
makrotsikl asosida malakali sportchilarni tayyorlashga doir ikki davlat dasturlari, ilmiy-uslubiy manbalar va ilg‘or xorijiy tajribalar tizimli tahlil qilinib, ular asosida sportchilarning uzluksiz yillik tayyorgarlik jarayonlarini metodologik jihatdan boyitish imkoniyatlari kengaytirilgan;
malakali futbolchilarni yillik tayyorgarlik siklining tayyorlov, musobaqa va oʻtish davrlarini samarali tashkil qilish uchun maqsadli dasturdan foydalanish orqali yuklamalar hajmini optimal rejalashtirish imkoniyatlari kengaytirilgan;
fulbolchilarning tayyorgarlik turlari bo‘yicha o‘zgarishlar dinamikasini samarali makrotsikl mashg‘ulot yuklamasining hajmi, intensivligi boshqarishga oid nazorat parametrlarini belgilovchi ilmiy asoslangan mezonlar ishlab chiqish hisobiga o‘yinda yuqori faollik darajasi o‘ynash imkoniyatlari oshirilgan;
malakali futbolchilarning yillik tayyorgarlik jarayonlarida jismoniy tayyorgarligini oshirishga yo‘naltirilgan metodik tavsiyalar asosida makrotsikl modelini eksperimental tarzda qo‘llash hisobiga maxsus jismoniy tayyorgarligi oshirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Malakali sportchilarni makrotsikl asosida tayyorlashning ilmiy-nazariy asoslarini tahlil qilish va optimallashtirish asosida:
makrotsikl asosida malakali sportchilarni tayyorlashga doir ikki davlat dasturlari, ilmiy-uslubiy manbalar va ilg‘or xorijiy tajribalar tizimli tahlil qilinib, ular asosida sportchilarning uzluksiz yillik tayyorgarlik jarayonlari bo‘yicha taklif va tavsiyalar Chimkent shahar futbol akademiyalari mashg‘ulotlariga tadbiq etilgan (Chimkent shahar jismoniy tarbiya va sport boshqarmasining 2025 yil 28-martdagi 22-01/6537-son ma’lumotnomasi). Natijada, tezkor-kuch ko‘rsatkichlari 18% ga yaxshilangan; 
malakali futbolchilarni yillik tayyorgarlik siklining tayyorlov, musobaqa va tiklanish davrlarini samarali tashkil qilish uchun maqsadli dasturdan foydalanish bo‘yicha taklif va tavsiyalar Chimkent shahar olimpiya zaxiralari ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktabi mashg‘ulotlariga tadbiq etilgan (Chimkent shahar olimpiya zaxiralari ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktabining 2025 yil 18-martdagi 03-16/6537- son ma’lumotnomasi). Natijada, jamoaning har bir o‘yinda o‘rtacha 878,4±18,06 texnik–taktik harakatlardagi (TTX) nuqsonlar 29,65 %ga kamayganini qayd etgan;
fulbolchilarning tayyorgarlik turlari bo‘yicha o‘zgarishlar dinamikasini samarali makrotsikl mashg‘ulot yuklamasining hajmi, intensivligi boshqarishga oid nazorat parametrlarini belgilovchi ilmiy asoslangan mezonlar bo‘yicha taklif va tavsiyalar Andijon viloyati futbol akademiyasi mashg‘ulotlariga tadbiq  etilgan (Chimkent shahar jismoniy tarbiya va sport boshqarmasining 2025 yil 28-martdagi 22-01/6537-son ma’lumotnomasi). Natijada, jamoa sportchilarining har bir o‘yinda o‘rtacha muvaffaqiyatli TTX darajasi 18,6%ga yaxshilangan;
malakali futbolchilarning yillik tayyorgarlik jarayonlarida jismoniy tayyorgarligini oshirishga yo‘naltirilgan metodik tavsiyalar asosida makrotsikl modelini eksperimental tarzda qo‘llash bo‘yicha taklif va tavsiyalar Chimkent shahar futbol akademiyalari mashg‘ulotlariga tadbiq etilgan (Chimkent shahar jismoniy tarbiya va sport boshqarmasining 2025 yil 28-martdagi 22-01/6537-son ma’lumotnomasi). Natijada, futbolchilardan tajriba guruhi sportchilarining jismoniy tayyorgarligi 11%, texnik-taktiktayyorgarligi 13% o‘sgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish