Babaxanova Madina Avazovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Charm-poyabzal va sanoatning boshqa tarmoqlarida qo‘llash uchun kompozision polimer lok-bo‘yok materiallarining samarali tarkiblari va olish texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.07 – Kompozision, lok-bo‘yoq va rezina materiallari kimyosi va texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.DSc/T924.
Ilmiy maslahatchi: Negmatova Komila Sayibjanovna, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DM.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DM, DSc.03/30.12.2019.K/T.03.01.
Rasmiy opponentlar: Riskulov Alimjon Axmadjonovich, texnika fanlari doktori, professor; Akbarov Xamdam Ikramovich, kimyo fanlari doktori, professor; Mirzaev Nodir Boxodirovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: charm-poyabzal va sanoatning boshqa tarmoqlarida qo‘llash uchun kompozision polimer lok-bo‘yok materiallarining samarali tarkiblari va olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tanlangan reagentlar bilan komponentlarni kimyoviy modifikatsiyalash orqali polimer bog‘lovchilar strukturasini o‘zgartirish natijasida fizik-mexanik xossalari yaxshilangan kompozision lok-bo‘yoq materiallarning optimal tarkibi ishlab chiqilgan;
charm mahsulotlarini pardozlash uchun kompozision lok-bo‘yoq materiallari tizimida mahalliy xomashyo va sanoat chiqindilaridan olingan organo-noorganik ingredientlarning fizik-kimyoviy xossalari va o‘zaro ta’sir mexanizmi asoslangan;
charm-poyabzal va sanoatning boshqa tarmoqlarida qo‘llash uchun yuqori ekspluatatsion xususiyatlarga ega bo‘lgan kompozision polimer lok-bo‘yoq materiallarini bo‘yash jarayonining kinetikasi aniqlangan;
kompozision lok-bo‘yoq materiallarining yuqori fizik-mexanik va ekspluatatsion xossalarini ta’minlovchi polimer bog‘lovchilar va organo-noorganik ingredientlar asosidagi kompozision lok-bo‘yoq materiallarini bo‘yashning maqbul texnologik rejimi ishlab chiqilgan;
charm-poyabzal sanoatida qo‘llash uchun yuqori fizik-mexanik va ekspluatatsion xossalarga ega bo‘lgan polimer bog‘lovchilar, mineral to‘ldiruvchilar, sikkativlar va organik erituvchilar asosida kompozision lok-bo‘yoq materiallarini olish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Charm-poyabzal va sanoatning boshqa tarmoqlarida qo‘llash uchun kompozision polimer lok-bo‘yoq materiallarining samarali tarkiblari va olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingang ilmiy natijalar asosida:
ishlab chiqilgan kompozision polimer lok-bo‘yoq materiallarini olishning resurstejamkor texnologiyasi Namangan viloyatidagi «BOTIR MUHAMMADALI» MChJda amaliyotga joriy etilgan («O‘ZChARMSANOAT» uyushmasining 2025 yil 4 iyuldagi 02-07/1973-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ishlab chiqilgan kompozision polimer lok-bo‘yoq materiallarining cho‘zilishdagi mustahkamligini 1,8-2,0 martaga oshirish va fizik-mexanik xossalarini yaxshilash imkonini bergan; 
ishlab chiqilgan kompozision polimer lok-bo‘yoq materiallarini ishlab chiqarishning maqbul texnologik rejimi Namangan viloyatidagi «BOTIR MUHAMMADALI» MChJda amaliyotga joriy etilgan («O‘ZChARMSANOAT» uyushmasining 2025 yil 4 iyuldagi 02-07/1973-son ma’lumotnomasi). Natijada, ishlab chiqilgan kompozision polimer lok-bo‘yoq materiallarining uzilishga chidamliligini 1,5-1,8 martaga oshirish va texnologik va ekspluatatsion xossalarini yaxshilash imkonini bergan; 
ishlab chiqilgan kompozision polimer lok-bo‘yoq materiallari va ular asosidagi qoplamalarning samarali tarkibi Toshkent shahar Chilonzor tumanidagi «UPP-2» MChJda amaliyotga joriy etilgan («O‘ZChARMSANOAT» uyushmasining 2025 yil 4 iyuldagi 02-07/1973-son ma’lumotnomasi). Natijada, yangi tarkibli kompozision polimer lok-bo‘yoq materiallarining narxini mavjud qoplamalarga nisbatan 2 barobar arzonlashtirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish