Eshonqulov Mansur Nasim o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Mahalliy xomashyolardan ajratib olingan sellyulozadan uning oddiy va murakkab efirlarini olish jarayoni davridagi optimal parametrlarni o‘zlashtirish - tadqiq etish», 02.00.14 - Organik moddalar va ular asosida materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/T2358.
Ilmiy rahbar: Murodov Muzaffar Muradovich, texnika fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent innovatsion kimyoviy texnologiya ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, DSc.03/31.01.2023.K/T.78.01.
Rasmiy opponentlar: Qiyomov Sharif Nozimovich, texnika fanlari doktori; Jumaeva Zulxumor Ergashevna, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy xomashyolardan ajratib olingan sellyulozadan uning oddiy va murakkab efirlarini olish jarayonidagi ortimal rarametrlarni tanlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
banan royasi, guruch roxoli, qamish o‘simliklaridan natronli rishirish asosida kimyoviy qayta ishlashga yaroqli sellyuloza olingan;
mahalliy xomashyolardan sellyuloza ajratib olish uchun delignifikatsiya jarayonida pishirish vaqti 180 minut, sellyuloza unumi 43,2% ni va kul miqdori 7,4% ni tashkil etishi aniqlangan;
mahalliy xomashyolar bo‘lgan banan royasi, guruch roxoli, qamish o‘simliklaridan ajratib olingan sellyuloza asosida oddiy va murakkab efirlar – KMS, PAS va Kolloksilin olingan;
mahalliy xomashyolardan olingan sellyuloza efirlari asosida stabilizator va emulgator sifatida qo‘llaniladigan KARBOKRAXMA-RAS rerrarati olish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mahalliy xomashyolardan ajratib olingan sellyulozaning oddiy va murakkab efirlarini olish jarayonidagi optimal parametrlarni aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
burg‘ulash qorishmalari uchun asosiy reagent – stabilizator texnik KMS asosida PAS olish texnologiyasi “INNOVATIVE ChEMICAL TEChNOLOGIES” MChJda PAS ning yuqori molekulyar massaga ega markalarini ishlab chiqarishga amaliyotga joriy etilgan (“Gissarneftgaz” O‘zbekiston-Shvesariya qo‘shma korxonasining 2022 yil 13 dekabrdagi 730-01/12-son ma’lumotnomasi). Natijada, mahalliy xomashyolar asosida stabilizator va emulgator sifatida qo‘llaniladigan KARBOKRAXMA-PAS preparatini olish imkoni yaratilgan;
banan royasi, guruch roxoli, qamish o‘simliklarining roya qismlaridan ajratib olingan sellyulozadan kolloksilin olish texnologiyasi “Toshkent innovatsion kimyoviy texnologiya ilmiy tadqiqot instituti” ning ishlab chiqarish bo‘limida kolloksilinli lok olish uchun amaliyotga joriy qilingan (“Gissarneftgaz” O‘zbekiston-Shvesariya qo‘shma korxonasining 2022 yil 13 dekabrdagi 730-01/12-son ma’lumotnomasi. Natijada qamish sellyulozasi asosida olingan kolloksilindan piyodalar o‘tish yo‘lakchalarini bo‘yashda qo‘llash uchun NS-A77-M markali lok komroziti ishlab chiqarish imkonini bergan.