Inoyatova Saidaxon Rustam qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Yoshlar yetakchilarida boshqaruv kompetensiyalari shakllanishining shaxs determinantlari», 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/P697.
Ilmiy rahbar: Qodirov Kamoliddin Batirovich, psixologiya fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi yoshlar ishlari agentligi huzuridagi Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Karimova Vasila Mamanasirovna, psixologiya fanlari doktori, professor; Karieva Nazokat Telmanovna, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: yoshlar yetakchilarida boshqaruv kompetensiyalari shakllanishining shaxs determinantlarini aniqlash orqali boshqaruv kompetensiyalarini shakllantirishga qaratilgan amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat .
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
emotsional xabardorlik, empatiya, boshqalarning his-tuyg‘ularini anglash, o‘z oldiga aniq maqsadlar qo‘yish, o‘zini rivojlantirish va xulq-atvorda moslashuvchanlik ko‘proq yoshlar yetakchisi bo‘lgan ayollarga xosligi, o‘z his-tuyg‘ularini boshqarish va boshqaruv mehnatining o‘ziga xos xususiyatlarini tushunish ko‘proq erkaklarga xosligi isbotlangan;
yoshlar yetakchilarida muammolarni hal qilish ko‘nikmalarining rivojlanganganligi, stressga chidamlilik, o‘zini doimiy rivojlantirish, xulq-atvorni boshqarish uslubi (modellashtirish, dasturlash, natijalarni baholash, egiluvchanlik) va emotsional intellektning integrativ darajasi ularning mehnat faoliyati samaradorligi va qoniqishi bilan bevosita bog‘liqligi korrelyasion tahlil yordamida isbotlangan;
insonlarga ta’sir ko‘rsatish, o‘qitish, guruhda ishlashni yo‘lga qo‘yish, qulay muhit yaratish, stressga bardoshlilik va xulq-atvorni boshqarish uslubi kabi boshqaruv kompetensiyalari emotsional intellektning integrativ darajasiga bog‘liqligi aniqlangan;
samarali muloqot ko‘nikmalari, emotsional intellekt va o‘zini boshqarish uslublarini oshirish usullaridan foydalanilganda, rejalashtirish, egiluvchanlik va empatiya ko‘nikmalari sezilarli darajada yaxshilanishi, avtoritar va agressiv xulq-atvor ko‘rsatkichlari esa kamayishi statistik jihatdan isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:  
Yoshlar yetakchilarida boshqaruv kompetensiyalari shakllanganligining shaxs determinantlari bo‘yicha dissertatsiya tadqiqoti natijalari asosida: 
emotsional xabardorlik, empatiya, boshqalarning his-tuyg‘ularini anglash, o‘z oldiga aniq maqsadlar qo‘yish, o‘z-o‘zini rivojlantirish va xulq-atvorda moslashuvchanlik ko‘proq yoshlar yetakchisi bo‘lgan ayollarga xosligi, o‘z his-tuyg‘ularini boshqarish va boshqaruv mehnatining o‘ziga xos xususiyatlarini tushunish ko‘proq erkaklarga xosligi isbotlanganligiga oid ilmiy natijalar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining  2024-yil 7-oktyabrdagi PM-№ 220-son buyrug‘iga asosan “Ijtimoiy psixologiya” moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yili 8-oktyabrdagi 220-a-son ma’lumotnomasi). Natijada, psixologlarni tayyorlash kurslarida o‘quv jarayonining sifati va samaradorligini ta’minlashga xizmat qilgan;
yoshlar yetakchilarida muammolarni hal qilish ko‘nikmalarining rivojlanganganligi, stressga chidamlilik, o‘zini doimiy rivojlantirish, xulq-atvorni boshqarish uslubi (modellashtirish, dasturlash, natijalarni baholash, egiluvchanlik) va emotsional intellektning integrativ darajasi ularning mehnat faoliyati samaradorligi va qoniqishi bilan bevosita bog‘liqlik tamoyili bo‘yicha korrelyasion tahlil yordamida isbotlangan ilmiy yangilik O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining  2024-yil 7-oktyabrdagi PM-№ 220-son buyrug‘iga asosan “Ijtimoiy psixologiya” moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yili 8-oktyabrdagi 220-a-son ma’lumotnomasi). Natijada, psixologlarni tayyorlash kurslarida o‘quv jarayonining sifati va samaradorligini ta’minlashga xizmat qilgan;
insonlarga ta’sir ko‘rsatish, o‘qitish, guruhda ishlashni yo‘lga qo‘yish, qulay muhit yaratish, stressga bardoshlilik va xulq-atvorni boshqarish uslubi kabi boshqaruv kompetensiyalari emotsional intellektning integrativ darajasiga bog‘liqligi aniqlanganligiga oid ilmiy xulosalar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining  2024-yil 7-oktyabrdagi PM-№ 220-son buyrug‘iga asosan “Ijtimoiy psixologiya” moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yili 8-oktyabrdagi 220-a-son ma’lumotnomasi). Natijada, psixologlarni tayyorlash kurslarida o‘quv jarayonining sifati va samaradorligini ta’minlashga xizmat qilgan;
samarali muloqot ko‘nikmalari, emotsional intellekt va o‘zini boshqarish uslublarini oshirish usullaridan foydalanilganda, rejalashtirish, egiluvchanlik va empatiya ko‘nikmalari sezilarli darajada yaxshilanishi, avtoritar va agressiv xulq-atvor ko‘rsatkichlari esa kamayishi statistik jihatdan isbotlangan ilmiy yangilik O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining  2024-yil 7-oktyabrdagi PM-№ 220-son buyrug‘iga asosan “Psixologik maslahat va psixokorreksiya asoslari” moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yili 8-oktyabrdagi 220-a-son ma’lumotnomasi). Natijada, psixologlarni tayyorlash kurslarida o‘quv jarayonining sifati va samaradorligini ta’minlashga xizmat qilgan.
 

Yangiliklarga obuna bo‘lish