Ismailov Alisher Ulug‘bekovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «O‘quvchilar shaxsiy-kasbiy tayyorgarligini rivojlantirishning psixologik xususiyatlari (Ichki ishlar vazirligi akademik lisey misolida)», 19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B.2024.2.PhD/P.941.
Ilmiy rahbar: Atabaeva Nargis Batirovna, psixologiya fanlar doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Begmatov Abdullajon Sirojiddinovich, falsafa fanlari doktori, professor; Elov Ziyodulla Sattarovich, psixologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi akademik lisey o‘quvchilarining shaxsiy-kasbiy tayyorgarligini rivojlantirishining psixologik xususiyatlarini ochib berish orqali amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
akademik lisey o‘quvchilarda shaxsiy-kasbiy tayyorgarlik davridagi avtonomiyalarning differensial namoyon bo‘lishiga ko‘ra, alter-Ego shaxsni o‘ziga emotsional munosabatini kuchayishi va uning xulqqa rroeksiyalanishiga olib kelganligi tufayli o‘quvchilarda shaxsiy-kasbiy tayyorgarlikning dinamik rivojlanishi asoslangan;
akademik lisey o‘quvchilarining shaxsiy-kasbiy tayyorgarligini namoyon bo‘lishida jins farqlari mavjudligiga ko‘ra, shaxsning o‘ziga integral munosabatini hamkorlikka asoslangan muloqotga axloqiy burch hissi negizida integratsiyasi tufayli o‘quvchilarning shaxsiy-kasbiy tayyorgarligini shaxs xususiyatlariga bog‘liqligi dalillangan;
ota-onaning akademik lisey o‘quvchilarini shaxsiy-kasbiy tayyorgarligi rivojlanishiga ta’siri ga ko‘ra, oilada bola bilan emotsional muloqot altruizmning bolani konstruktiv “Men”ida kuchli bog‘liq namoyon bo‘lishiga olib kelib shaxsning kasbiy tasavvurlarini o‘zgartirganligi tufayli “simbioz” munosabatning ustuvor xarakterga ega ekanligi dalillangan;
akademik lisey o‘quvchilarining shaxsiy-kasbiy tayyorgarligini rivojlantirish uchun emratiya, ijtimoiy rersersiya, ijtimoiy mas’uliyat hislariga ustuvorlik berish orqali axloqiy tushunchalarni real xulq bilan identivligini ta’minlash muhimligiga ko‘ra refleksiv xususiyatlarni rivojlantirish zarurligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
O‘quvchilarda shaxsiy-kasbiy tayyorgarligini rivojlantirishning psixologik xususiyatlari (Ichki ishlar vazirligi akademik lisey misolida) bo‘yicha dissertatsiya tadqiqoti natijalari asosida:
akademik lisey o‘quvchilarda shaxsiy-kasbiy tayyorgarlik davridagi avtonomiyalarning differensial namoyon bo‘lishiga ko‘ra, alter-Ego shaxsni o‘ziga emotsional munosabatini kuchayishi va uning xulqqa rroeksiyalanishiga olib kelganligi tufayli o‘quvchilarda shaxsiy-kasbiy tayyorgarlikning dinamik rivojlanishi asoslangan ilmiy xulosalar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025 - yili 19-iyundagi 358-son buyrug‘iga asosan «Ontogenez psixologiyasi va differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 16-iyundagi PM-358a-son ma’lumotnomasi). Natijada, akademik lisey o‘quvchilarining shaxsiy-kasbiy tayyorgarligini dinamik rivojlanishini asoslash imkoniyati yaratilgan.
akademik lisey o‘quvchilarining shaxsiy-kasbiy tayyorgarligini namoyon bo‘lishida jins farqlari mavjudligiga ko‘ra, shaxsning o‘ziga integral munosabatini hamkorlikka asoslangan muloqotga axloqiy burch hissi negizida integratsiyasi tufayli o‘quvchilarning shaxsiy-kasbiy tayyorgarligini shaxs xususiyatlariga bog‘liqligi dalillangan ilmiy xulosalar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025 - yili 19-iyundagi 358-son buyrug‘iga asosan «Ontogenez psixologiyasi va differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 16-iyundagi PM-358a-son ma’lumotnomasi). Natijada, akademik lisey o‘quvchilarda shaxsiy-kasbiy tayyorgarligining jins farqlari shaxs xususiyatlariga bog‘liqligi ochib berilgan.
ota-onaning akademik lisey o‘quvchilarini shaxsiy-kasbiy tayyorgarligi rivojlanishiga ta’siri ga ko‘ra, oilada bola bilan emotsional muloqot altruizmning bolani konstruktiv “Men”ida kuchli bog‘liq namoyon bo‘lishiga olib kelib shaxsning kasbiy tasavvurlarini o‘zgartirganligi tufayli “simbioz” munosabatning ustuvor xarakterga ega ekanligi dalillanganilmiy xulosalar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025 - yili 19-iyundagi 358-son buyrug‘iga asosan «Ontogenez psixologiyasi va differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 16-iyundagi PM-358a-son ma’lumotnomasi). Natijada, akademik lisey o‘quvchilarining shaxsiy-kasbiy tayyorgarligini rivojlanishiga ta’sir etuvchi ob’ektiv va sub’ektiv omillarni tadqiq etishga erishilgan.
akademik lisey o‘quvchilarining shaxsiy-kasbiy tayyorgarligini rivojlantirish uchun emratiya, ijtimoiy rersersiya, ijtimoiy mas’uliyat hislariga ustuvorlik berish orqali axloqiy tushunchalarni real xulq bilan identivligini ta’minlash muhimligiga ko‘ra refleksiv xususiyatlarni rivojlantirish zarurligi isbotlangan ilmiy xulosalar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025 - yili 19-iyundagi 358-son buyrug‘iga asosan «Ontogenez psixologiyasi va differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 16-iyundagi PM-358a-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarning shaxsiy-kasbiy tayyorgarligini rivojlantirish dasturi ishlab chiqilgan.