Sotvoldieva Odinaxon Ixvolidinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tola chiqimi va sifatini yaxshilashda ekologik-geografik uzoq duragaylashning samaradorligi”, 06.01.05 – Seleksiya va urug‘chilik (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Qx837
Ilmiy rahbar: Yuldasheva Ra’no Abdurashidovna, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.05/04.03.2022.Qx.13.01.
Rasmiy opponentlar: Xalikova Maloxat Babamuradovna, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Miraxmedov Mirvahob Sodiqovich, biologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi irsiyati turlicha bo’lgan namunalarni uzoq ekologik-geografik duragaylash asosida olingan yuqori avlodlarda belgilarning shakllanishini o’rganish asosida, g‘o’zani tola chiqimi va sifati yaxshilangan boshlang‘ich ashyo yaratish hamda amaliy seleksiya jarayoniga tavsiya etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ilk bor o‘rta tolalali g‘o‘zaning AQSh namunalari va mahalliy navlarini ekologik-geografik uzoq tur ichi chatishtirishdan olingan duragaylarning yuqori avlodlari (F10-F15) da rekombinatsiyalar natijasida qimmatli xo‘jalik belgilari - gullash va pishish muddati, bitta o‘simlikdagi ko‘saklar soni, bitta ko‘sakdagi paxta vazni, vilt bilan zararlanish darajasi, tola chiqimi, uzunligi va tolaning texnologik sifat ko‘rsatkichlari o‘zgaruvchanligining saqlanib qolishi hamda bu transgressiv o‘simliklarni ajratib olish imkoniyatini berishi asoslangan;
transgressiv o‘zgaruvchanlik asosida ekologik-geografik uzoq duragaylarning yuqori avlod o‘simliklari orasidan tola chiqimi yuqori (38,0-41,7%), tolasining shtapel uzunligi (32,0-32,6 mm) andoza navdan ustun bo‘lgan oilalar ajratib olishga erishilgan va bu genotipi boyitilgan noyob seleksion ashyolar ajratib olishda samarali usul ekanligi ilmiy asoslangan;
seleksion ashyolarda geografik uzoq tur ichi rekombinatsiyalari natijasida hosil bo‘lgan yuqori ko‘rsatkichli o‘simliklarni tanlash asosida qimmatli xo‘jalik belgilari o‘rtasidagi korrelatsiya darajasi va yo‘nalishini o‘zgartirishga erishilgan va bu tola chiqimining tola uzunligi, bir dona ko‘sakdagi paxta vazni va 1000 dona chigit vazni bilan o‘rta darajada ijobiy, tola uzunligining 1000 dona chigit vazni bilan o‘rta darajada ijobiy bog‘liqliklarni aniqlanishi bilan isbotlangan;
uzoq ekologik-geografik duragaylarda maqsadli tanlovlar natijasida tola chiqimi va sifatining boshqa qimmatli belgilar bilan korrelyasiya yo‘nalishini ijobiy tomonga o‘zgartirish asosida asosiy jo‘jalik belgilarning ijobiy majmuiga ega bo‘lgan oilalar, yuqori seleksion qiymatga ega T-333/36, T-261/264, T-72/89 tizmalari va barqaror genotipli T-72/89 tizmasi negizida istiqbolli “S-7323” g‘o‘za navi yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tola chiqimi va sifatini yaxshilashda ekologik-geografik uzoq duragaylashning samaradorligi bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijasida:
o‘rta tolali g‘o‘zaning qimmatli xo‘jalik belgilarining yuqori majmuiga ega bo‘lgan T-333/36, T-261/264 va T-72/89 tizmalari yaratilgan, amaliy seleksiyada foydalanilgan va Andijon viloyati, Andijon tumanidagi “Hosilot To‘raboevlar” fermer xo‘jaligining 2,0 ga maydonida joriy etilib, birlamchi urug‘chiligi yo‘lga qo‘yilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025 yil 8 yanvardagi №05/04-04-06-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur yangi yaratilgan tizmalar ishlab chiqarishda ekilayotgan g‘o‘za navlariga nisbatan ustunlikni qayd etib, tola chiqimi 38,2-41,2%ni, tola uzunligi 33,0-34,5 mm ni, mikroneyri 4,3-4,5 ni, bitta ko‘sakdagi paxta xomashyosi vazni 5,5-6,0 g ni, 1000 dona chigit og‘irligi 110-115 g ni, tezpisharligi 118–120 kunni tashkil qilgan;
qimmatli xo‘jalik belgilarning yuqori majmuasiga ega, Verticullium dahliae Kleb. kasalligiga bardoshli, hosildor va tola chiqimi yuqori bo‘lgan yangi “S-7323” g‘o‘za navi birlamchi urug‘chiligini tashkil etish uchun Andijon viloyati Asaka tumanida 1,8 ga, Izboskan tumanida 1,0 ga maydonda, yangi tizmalar esa 0,5 ga maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025 yil 8 yanvardagi №05/04-04-06-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur yangi navning o‘rtacha hosildorligi 37,2 s/ga ni tashkil etib, andoza Andijon-36 naviga nisbatan 4,0-5,5 s/ga yuqori hosil olingan va 25,5-30,0 foiz yuqori rentabellikka erishilgan;
ekologik-geografik uzoq duragaylar asosida yangi yaratilgan, hosildorligi, tola sifati va chiqimi yuqori bo‘lgan “S-7323” g‘o‘za navi PSUYaITIning Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanidagi Oqqo‘rg‘on ilmiy-tajriba stansiyasida 2,0 ga maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025 yil 8 yanvardagi №05/04-04-06-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur nav vertisillyoz viltiga bardoshliligi bo‘yicha ustunlik namoyon qilgan va tumanda ekilayotgan S-6524 naviga nisbatan 4,0-4,5 s/ga yuqori hosil olish imkonini bergan.