Boyzaqova Umida Ashirali falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ijtimoiy-ma’naviy muhitni tashkil etish va boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish”, 13.00.07 – Ta’limda menejment.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Ped2363
Ilmiy rahbar: Turg‘unov Sobitxon Toshpo‘latovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti, PhD.28/30.12.2019.Ped.68.01.
Rasmiy opponentlar: Mamatqulov Davlat Maxammatjonovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori va falsafa fanlari doktori (DSc), dotsent; Ismailov Abduvali Abdumalikovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ijtimoiy-ma’naviy muhitni tashkil etish va boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ijtimoiy-ma’naviy muhitni tashkil etishning pedagogik imkoniyatlari o‘quvchilarning gumanistik g‘oyalarga sodiqlik va refleksivlik, axloqiy dilemmalar kabi shaxsiy fazilatlarini ta’lim mazmuniga maqsadli integratsiyalash hamda ma’naviy ong va amaliy faoliyat yaxlitligini frontal ta’minlash asosida aniqlashtirilgan;
umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ijtimoiy-ma’naviy muhitni aniqlash indikatorlari yuqori ta’sirli (11ta indikator - har biri 4.55%, jami 50%), o‘rta ta’sirli (7 ta indikator -har biri 4.29%, jami 30%), past ta’sirli (4 ta – har biri 5%, jami 20%) mezonlari faollik va tashabbuskorlikni oshirish, natijadorlikni ilmiy-nazariy jihatdan asoslash orqali takomillashtirilgan;
maktabda ijtimoiy-ma’naviy muhitni tashkil etish va boshqarishni funksional- modeli ijtimoiy-ma’naviy muhitning past (pedagogik jamoa, o‘quvchilar o‘rtasidagi nizolar mavjudligi, tashqi ta’sirning yuqoriligi), o‘rta (munosabatlarning tartibsizligi, tashqi muhitning o‘rtacha ta’siri, boshqaruvning optimal emasligi), yuqori (barqaror munosabatlar, ichki va tashqi muhitning muvozanatlashgani, boshqaruvning optimalligi) barqarorlik darajalarini pragmatik tasniflash asosida takomillashtirilgan;
umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ijtimoiy-ma’naviy muhitni tashkil etish va boshqarishni rejalashtirish algoritimi maktabda ijtimoiy va ma’naviy qadriyatlarni rivojlantirish, o‘quvchilarning xavfsizligi, zo‘ravonlik va bullyingga qarshi kurashishga ta’sir ko‘rsatuvchi ichki (internal) va tashqi (eksternal) omillarning empiriklik darajasini bevosita hisobga olish asosida aniqlashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ijtimoiy-ma’naviy muhitni tashkil etish va boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan tadqiqot natijalari asosida:
umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ijtimoiy-ma’naviy muhitni tashkil etishning pedagogik imkoniyatlari o‘quvchilarning gumanistik g‘oyalarga sodiqlik va refleksivlik, axloqiy dilemmalar kabi shaxsiy fazilatlarini ta’lim mazmuniga maqsadli integratsiyalash hamda ma’naviy ong va amaliy faoliyat yaxlitligini frontal ta’minlash asosida aniqlashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar “Oila va gender” nomli darslikni mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 25–avgustdagi 391-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan 391312-raqamli guvohnomasi). Natijada umumiy o‘rta ta’lim maktablaridagi ijtimoiy-ma’naviy muhitni tashkil etish va boshqarish mexanizmlarini takomillashtirishning imkoni kengaytirilgan;
umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ijtimoiy-ma’naviy muhitni aniqlash indikatorlari yuqori ta’sirli (11ta indikator - har biri 4.55%, jami 50%), o‘rta ta’sirli (7 ta indikator -har biri 4.29%, jami 30%), past ta’sirli (4ta – har biri 5%, jami 20%) mezonlari faollik va tashabbuskorlikni oshirish, natijadorlikni ilmiy-nazariy jihatdan asoslash orqali takomillashtirishga doir amaliy tavsiyalar “Oila va gender” nomli darslikni mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 25–avgustdagi 391-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan 391312-raqamli guvohnomasi). Natijada, ijtimoiy-ma’naviy muhitni tashkil etish va boshqarish samaradorligini belgilovchi indikatorlari ishlab chiqilib, uni nazariy jihatdan asoslangan;
maktabda ijtimoiy-ma’naviy muhitni tashkil etish va boshqarishni funksional- modeli ijtimoiy-ma’naviy muhitning past (pedagogik jamoa, o‘quvchilar o‘rtasidagi nizolar mavjudligi, tashqi ta’sirning yuqoriligi), o‘rta (munosabatlarning tartibsizligi, tashqi muhitning o‘rtacha ta’siri, boshqaruvning optimal emasligi), yuqori (barqaror munosabatlar, ichki va tashqi muhitning muvozanatlashgani, boshqaruvning optimalligi) barqarorlik darajalarini pragmatik tasniflash asosida takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalar “Oila va gender” nomli darslikni mazmuniga singdirilgan hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022-2023-yil uchun mo‘jallangan “Uzlyuksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasi” targ‘ibot faoliyatida tadbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 25–avgustdagi 391-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan 391312-raqamli guvohnomasi, Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2023-yil 27-iyuldagi 311 raqamli dalolatnomasi). Natijada, umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ijtimoiy-ma’naviy muhitni barqarorlik darajalarini pragmatik tasniflash asosida takomillashtirish imkoniyatlari kengaytirilgan;
umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ijtimoiy-ma’naviy muhitni tashkil etish va boshqarishni rejalashtirish algoritimi maktabda ijtimoiy va ma’naviy qadriyatlarni rivojlantirish, o‘quvchilarning xavfsizligi, zo‘ravonlik va bullyingga qarshi kurashishga ta’sir ko‘rsatuvchi ichki (internal) va tashqi (eksternal) omillarning empiriklik darajasini bevosita hisobga olish asosida aniqlashtirishga oid takliflar “Oila va gender” nomli darslikni mazmuniga singdirilgan hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022-2023-yil uchun mo‘jallangan “Uzlyuksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasi” targ‘ibot faoliyatida tadbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining
2023-yil 25–avgustdagi 391-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan 391312-raqamli guvohnomasi, Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2023-yil 27-iyuldagi 311 raqamli dalolatnomasi). Natijada, umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ijtimoiy va ma’naviy qadriyatlarni rivojlantirish samaradorligini oshirish uchun sharoit yaratilgan.