Abzalov Akmal Parxatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Taxtakair validagi yura davr yotqiziqlarining neft` va gazliligiga istiqbolliligini baholash va geologik tuzilishining xususiyatlari», 04.00.07 – Neft` va gaz konlari geologiyasi, ularni qidirish va razvedka qilish (geologiya-mineralogiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/GM105.
Ilmiy rahbar: Abdullaev Gaybulla Sayfullaevich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Neft` va gaz konlari geologiyasi hamda qidiruvi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Neft` va gaz konlari geologiyasi hamda qidiruvi instituti, DSc.24/30.12.2019.GM.41.01.
Rasmiy opponentlar: Bogdanov Aleksandr Nikolaevich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Sharafutdinova Leyla Polatovna, geologiya-mineralogiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Taxtakair vali yura davri tog‘ jinslari majmualarining takomillashtirilgan strukturaviy-geologik tuzilma modeli asosida hududning neft-gazga istiqbolligini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
karotaj diagrammallarini tahlili asosida Taxtakair valining quyi o‘rta yura yotqiziqlarida kollektorlik xususiyatga ega qumtoshli qatlamlar (J13, J23) ajratilgan va ularning maxsuldorlik ehtimoli aniqlangan;
Taxtakair vali bo‘yicha geofizik ma’lumotlar talqini ishonchliligini oshirish imkonini beradigan yura davri yotqiziqlariga mansub kollektor jinslarning petrofizik modeli ishlab chiqilgan;
Taxtakair vali quyi va o‘rta yura yotqiziqlarining geologik-geofizik ma’lumotlari kompleks tahlillariga tayanib ajratilgan yangi er yoriqlari asosida ularning burmali-blokli tuzilishdan iboratligi isbotlangan;
Taxtakair vali yura davri yotqiziqlari bo‘yicha gaz uyumlariga istiqbolli zonalar ajratilgan va ularning bashoratli resurslari baholangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Taxtakair vali yura davri yotqiziqlarining geologik tuzilishi xususiyatlarini aniqlash va neftgazga istiqbolliligini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Quyi Shege va Orqa Qo‘ng‘irot tuzilmalarini chuqur burg‘ilashga tayyorlash uchun ishlab chiqilgan geologik modellar “O‘zbekgeofizika” AJda amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasining 2022 yil 1 avgustdagi 04-3663-son ma’lumotnomasi). Natijada, 15,5 million tonna shartli yoqilg‘i istiqbolli gaz va kondensat resurslariga ega bo‘lgan Quyi Shege tuzilmasini chuqur burg‘ilashga tayyorlash imkonini bergan;
Shege koni chuqur qismidagi quyi yuraga oid qatlamlarni ochish uchun birinchi sonli Quyi Shege izlov qudug‘ini burg‘ilash joriy qilingan (“O‘zbekneftegaz” AJning 2022 yil 20 iyuldagi 03-18-07/20 son ma’lumotnomasi). Natijada, quyi yura yotqiziqlari maxsuldorligi aniqlanib, ushbu izlov qudug‘idan sanoat ahamiyatiga molik 12 mm shtuserda Qg=102,381 ming m3/sutkasiga gaz oqimini olishga erishilgan.