Quvanch Ehsanullaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Afg‘onistonda o‘zbek tilining rivojlanishi va davlat tizimida qo‘llanish muammolari” 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Fil2167
Ilmiy rahbar: Jo‘raqo‘ziev Nodirbek Imomqo‘zievich, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.19.01.
Rasmiy opponentlar: Muhamedova Saodat Xudoyberdievna, filologiya fanlari doktori, professor, Muhammad Humoyun Nadim, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: Nizomiy nomidagi Oʻzbekiston milliy pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: Afg‘onistondagi lisoniy vaziyat tarixi va tadrijiy taraqqiyotini yoritish, o‘zbek tilining hozirgi ijtimoiy-siyosiy va sotsial mavqeyi, me’yoriy-huquqiy asoslari, ijtimoiy sohalardagi qo‘llanish darajasini aniqlash va rivojlantirish omillarini ilmiy asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Afg‘onistondagi lisoniy vaziyat tarixi, temuriylar davridan XX asr boshlari hamda so‘nggi Afg‘oniston Islom Respublikasi davrigacha bo‘lgan tadriji ko‘rsatilib, o‘zbek tili siyosiy, ijtimoiy taraqqiyotining muhim belgilari aniqlanib, o‘zbek tilidagi muloqotga bo‘lgan ehtiyoj, erkinlik, imkoniyat va cheklovlar bevosita lisoniy hamjamiyat vakili tomonidan dalillangan;
ko‘p tilli lisoniy jamiyatda o‘zbek tilining mavqeyi, pashtu va dari tillari bilan o‘zaro munosabati, uchinchi til sifatidagi qo‘llanish darajasi, milliy til, ona tili sifatidagi huquqiy maqomi asoslangan va o‘zbek tili lisoniy hamjamiyatining adabiy til, so‘zlashuv tili, sheva ko‘rinishlari ochib berilgan;
ijtimoiy-siyosiy jarayonlarning Afg‘oniston o‘zbek tiliga ta’siri asoslangan, ommaviy axborot vositalari, nashriyotlar, davriy nashrlar, ta’lim sohasi va maishiy hayotdagi qo‘llanish xususiyatlari isbotlangan;
Afg‘onistonda o‘zbek tilidagi milliy ta’lim tizimi takomilida, milliy kadrlar tayyorlashni uzlyuksiz ravishda yo‘lga qo‘yishda, O‘zbeklar nufusi yuqori bo‘lgan regionlar davlat idoralarida o‘zbek tilida ish yuritishga erishish orqali O‘zbek tilining rivojlanish tadriji oydinlashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Afg‘onistonda o‘zbek tilining rivojlanishi va davlat tizimida qo‘llanish muammolari bo‘yicha olingan natijalar asosida:
o‘zbek tilining temuriylar davridan XX asr boshlarigacha Afg‘oniston hududidagi mavqeyi, so‘nggi bir asr davomidagi qo‘llanish ahvoli, ijtimoiy vaziyati, Afg‘oniston Respublikasidagi tillar maqomining huquqiy asoslari haqidagi xulosalardan, fors va pushtu tillari bilan qiyoslashga doir materiallardan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2019–2022-yillarda bajarilgan A-OT-2019-10. “O‘zbek tilida neyming: me’yoriy-huquqiy asoslarini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2023-yil 25-oktyabrdagi №01/10-2234-son ma’lumotnomasi). Natijada ta’lim korpusi Afg‘onistondagi o‘zbek tilining mamlakat lisoniy hamjamiyatidagi o‘rni, rivoji va taraqqiyotini ko‘rsatuvchi materiallar bilan boyitilgan;
Afg‘onistondagi o‘zbek tilining so‘nggi yuz yillikdagi tarixiy taraqqiyoti, qo‘llanish muammolari, ijtimoiy-madaniy voqelik, siyosiy jarayonlar ta’siri, hozirgi rivojlanish darajasiga oid ilmiy xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2019–2022-yillarda bajarilgan AM-F3-20190817. “O‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2023-yil 5-oktyabrdagi № 01/10-2235-sonli ma’lumotnomasi). Natijada loyiha materiallari Afg‘onistonda o‘zbek tilining rivojlanishi va davlat tizimida qo‘lanish muammolariga oid ma’lumotlar bilan to‘ldirilgan;
Afg‘onistondagi o‘zbek tilining asosiy qonunlardagi o‘rni, davlat tashkilotlaridagi va madaniy muassasalarda qo‘llanish darajasi, ko‘p tilli lisoniy jamiyatdagi mavqeyi, adabiy til, so‘zlashuv tili, sheva ko‘rinishlari haqidagi ilmiy xulosalardan 2019–2022-yillarda davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida bajarilgan A-OT-2019-10. “O‘zbek tilida neyming: me’yoriy-huquqiy asoslarini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2023-yil 25-oktyabrdagi №01/10-2234-son ma’lumotnomasi). Natijada ijtimoiy-siyosiy jarayonlarning tilga ta’siri haqida faktik ma’lumotlar bilan boyitilgan;
Afg‘onistondagi o‘zbek tilida milliy ta’lim tizimini yaratish, milliy kadrlar tayyorlash, o‘zbek tilining matbuot, oliy ta’lim, ta’lim, nashriyot va kitobatchilik sohasidagi o‘rni haqidagi xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2019–2022-yillarda davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida bajarilgan AM-F3-201908172. “O‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2023-yil 5-oktyabrdagi № 01/10-2235-sonli ma’lumotnomasi). Natijada Afg‘onistondagi o‘zbek tilida milliy ta’lim tizimini yaratish, milliy kadrlar tayyorlash, o‘zbek tilining matbuot, oliy ta’lim, nashriyot va kitobatchilikka oid materiallar bilan boyitilgan.