Fayzieva Saodat Ixtiyorovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek jadid adabiyotshunosligida Sharq va G‘arb adabiyoti tadqiqi”, 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti (XX asr o‘zbek adabiyoti va hozirgi adabiy jarayon) (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Fil2466
Ilmiy rahbar: Karimov Bahodir Nurmetovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.19.01.
Rasmiy opponentlar: Yusupova DIlnavoz Rahmonovna, filologiya fanlari doktori, professor; Rahmonova Dildora Mirzakarimovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: o‘zbek jadid adabiyotshunosligida nazariy masalalarga tayanib tekshirilgan Sharq va Gʻarb adabiyoti siymolari va asar namunalarini tadqiq etish va ularni tekshirish asnosida yangi adabiyotimiz tarixida tutgan o‘rnini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jadid adabiyotshunosligida Sharq va Gʻarb adabiyoti masalasi davr ijtimoiy-siyosiy muhiti va adabiy aloqalari kesimida ilk bor monografik tarzda asoslanib, “Maorif va o‘qitg‘uchi”, “Er yuzi”, “Alanga”, “Inqilob”, “Tong yulduzi”, “Bolalar dunyosi” kabi jadid nashrlarida berilgan yuzga yaqin adabiy materiallar mavjud manbalar bilan qiyosiy tekshirilib, misollar asosida dalillangan;
jadid adabiyotshunosligining asosiy manbasi bo‘lgan matbuotda bosilgan Sharq va Gʻarb adabiyotiga doir namunalar tekshirilib, ularning janrlari tasnifi aniqlangan;
“Maorif va o‘qitg‘uchi”, “Er yuzi” jurnallarida chop etilgan ellikdan ortiq tarjima asarlarni tekshirish natijasida ularning, asosan, ruschadan tarjima qilingani aniqlanib, Hind, xitoy, rus va ingliz adabiyoti namunalari bo‘lgan bu asarlar janr jihatdan, asosan, hikoyalardan tashkil topgani aniqlangan;
jadid adabiyotshunosligida oldingi davrda uchramagan quyidagi yangiliklar aniqlangan: ayol-qizlar ijodiga alohida e’tibor qaratilgani, buning natijasi o‘laroq matbuotda Zebunnisobegim haqida alohida maqola chop etilgani; Gʻarb adabiyoti vakili Shekspir haqida maqola e’lon qilingani; Kultegin bitiktoshi yuzasidan tekshirishlar olib borilib, parchalar tarjima qilingani isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbek jadid adabiyotshunosligida Sharq va Gʻarb adabiyoti tadqiqi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
jadid adabiyotshunosligining ilmiy-nazariy asoslarining ochib berilgani, jadid olimlarining Sharq va Gʻarb adabiyotini tadqiq qilgani va buning natijasida yangi o‘zbek adabiyotida bir necha yangi atama va tushunchalarning paydo bo‘lishiga qo‘shgan hissalarining tahlil qilingani; jadid olimlaridan bir nechtasi, xususan, A.Fitrat, V.Mahmud, A.Sa’diy kabilarning adabiyotshunos sifatidagi ijodining o‘ziga xosligini ko‘rsatib berilgani; jadid adabiyoti namunalarida Sharq va Gʻarb adabiyotining ta’sirini nazariy tamoyillar bilan yoritib berilgani bilan bog‘liq ilmiy xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2021–2023-yillarda bajarilgan “PF-201912258 raqamli “O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron platformasini yaratish” nomli amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2024-yil 4-oktyabrdagi 04/1-2709-son ma’lumotnomasi). Natijada jadid adabiyotshunosligining Sharq va Gʻarb adabiyotini tadqiq qilish mezonlariga tayanilib, jadidlarning adabiy siymolar biografiyasini yaratish mahoratidagi ilmiy xulosalar elektron platforma materiallarini boyitishga xizmat qilgan;
jadid adabiyotshunosligining turli gazeta va jurnallardagi namunalari tabdil etilib, hozirgi ayrim mavjud manbalar bilan qiyoslangani, jadid adabiyotshunoslarining qarashlaridagi tafovutlar va mushtarak jihatlar misollar yordamida taqqoslangani, jadid adabiyotshunosligida Gʻarb adabiyotini tadqiq qilish jarayonida ayrim sifatli tarjimalarning amalga oshirilganligi va bu asarlarning o‘zbek adabiyotiga ta’siri masalalari aniqlanib, turli tizimli tekshirishlar bilan asoslangani haqidagi ilmiy xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2019–2021-yillarda bajarilgan “I-OT-2019-42 raqamli “O‘zbek va ingliz tillarining elektron (Inson qiyofasi, fe’l-atvori, tabiat va milliy timsollar tasviri) poetik lug‘atini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2024-yil 4-oktyabrdagi 04/1-2710-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha jadid adabiyotshunosligida Gʻarb adabiyotini tadqiq qilish jarayonida ayrim sifatli tarjimalarning amalga oshirilganligi va bu asarlarning o‘zbek adabiyotiga ta’siri masalalariga oid materiyallar bilan boyitilgan.
jadid adabiyotshunosligi milliy uyg‘onish va zamonaviylik g‘oyalariga tayanganligi; badiiy asarni mantiqiy-analitik ko‘rib chiqish aynan shu davrda boshlangani; Alisher Navoiy va boshqa islom Sharqi ijodkorlarining biografiyasini tiklash masalasi asosiy maqsad qilib qo‘yilgani, jadid darsliklarida Sharq va Gʻarb mutafakkirlarining ijodidan namunalar berilgani va ularning amaliy ahamiyati to‘g‘risidagi ilmiy xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2021–2023-yillarda bajarilgan PZ-2020042022-raqamli “Turkiy tillarning lingvodidaktik elektron platformasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 24-apreldagi 01/4-1635-son ma’lumotnomasi). Natijada ijodkorlar hayoti va ijodi haqidagi maqolalarda uchraydigan tafovutlarning sabablari hamda ularni qayta ko‘rib chiqish bilan bog‘liq ilmiy xulosalar elektron platforma materiallarining davr nuqtayi nazaridan xilma-xilligini ta’minlagan.
“Maorif va o‘qitg‘uchi”, “Er yuzi” jurnallarida chop etilgan ellikdan ortiq tarjima asarlarni tekshirish natijasida ularning, asosan, ruschadan tarjima qilingani, Hind, xitoy, rus va ingliz adabiyoti namunalari bo‘lgan bu asarlar janriga doir ilmiy ma’lumotlardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” telekanalida efirga uzatiladigan “Oydin hayot live” ko‘rsatuvining ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston teleradiokanali davlat muassasasining 2024-yil 23-oktyabrdagi 01-44-341-son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘rsatuv “Maorif va o‘qitg‘uchi”, “Er yuzi” jurnallarida chop etilgan ellikdan ortiq tarjima asarlar tahliliga oid ma’lumotlar bilan ilmiy saviyasi oshgan.