Kasimova Malika Abduvakilovna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Akademik lisey o‘quvchilariga xorijiy tillarni o‘qitishda sun’iy intellektdan foydalanishning innovatsion texnologiyasi” 13.00.02 -Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (Xorijiy til), (Pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Abdujabbarova Zamira Rustamovna. Pedagogika fanlari nomzodi, professor
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, DSc.03/30.11.2024.Ped.26.04.
Rasmiy opponentlar: Isakulova Nilufar Janikulovna pedagogika fanlari doktori. Mavlanova Mohira Umrbek qizi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi akademik lisey o‘quvchilarining xorijiy tilda (ingliz tili) gapirish ko‘nikmasini rivojlantirishda sun’iy intellektdan foydalanish metodikasini rivojlantirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
akademik lisey o‘quvchilariga xorijiy tillarni o‘qitishda sun’iy intellekt asosidagi innovatsion texnologiyalarning didaktik imkoniyatlari moslashuvchanlik, hamkorlik, ijtimoiy media, refleksiya, til va sun’iy intellekt integratsiyasini o‘quvchilarning individual ehtiyojlari, o‘zlashtirish darajasi, qiziqishlari va maqsadlariga moslashtirish, loyihalar ustida ishlash, o‘zini-o‘zi baholash hamda individual qobilyatlarini bosqichma-bosqich rivojlantirishni ta’minlash asosida aniqlashtirilgan;
akademik lisey o‘quvchilariga xorijiy tillarni o‘qitishda sun’iy intellekt asosidagi innovatsion texnologiyalardan foydalanishga asoslangan didaktik model, amaliy yondashuvlarni pedagogik tamoyillarga uyg‘unlashtirish, o‘quvchilarning individual qiziqishi va tahliliy fikrlashini rivojlantirishga qaratilgan til o‘rganish jarayoni mazmunini tabiiy tilni qayta ishlash hamda yakka va juft nutq simulyasiyasi kabi sun’iy intellekt texnologiyalari vositasida talaffuz, leksika va ravonlik kabi komponentlarga ustivorlik berish asosida takomillashtirilgan;
akademik lisey o‘quvchilariga xorijiy tillarni sun’iy intellekt asosida o‘qitish metodikasi virtual til almashinuvi, muloqot simulyasiyasi, badiiy ijod texnologiyasi va hikoya qilib berish usullariga ko‘ra adaptiv ta’lim platformalari va chatbotlar kabi sun’iy intellektga asoslangan innovatsion vositalar yordamida interaktiv va gemifikatsion rivojlantiruvchi mashqlarni kiritish orqali takomillashtirilgan;
akademik lisey o‘quvchilariga xorijiy tillarni o‘qitishda sun’iy intellektga asoslangan innovatsion texnologiyalardan foydalanish orqali samaradorlikka erishish yondashuvi auditoriya va auditoriyadan tashqari mashg‘ulotlarda aniq mezonlar, grammatik to‘g‘rilik, lug‘at boyligi, talaffuz va intonatsiya, ravonlik va izchillik, interaktivlikni baholashning hamda o‘quvchilarning o‘zini o‘zi rivojlantirishga yo‘naltirilgan darajalarga muvofiqligini ta’minlash, pedagogik mikromuhitning shaffofligi va dinamikligini aniqlash asosida takomillashtirildi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
akademik lisey o‘quvchilarining xorijiy tillarni o‘qitishda sun’iy intellekt imkoniyatlari moslashuvchan, hamkorlik, ijtimoiy media, refleksiya va til va sun’iy intellekt integratsiyasi o‘quvchilarning individual ehtiyojlari, o‘zlashtirish darajasi, qiziqishlari va maqsadlariga mos ravishda ta’lim jarayonini tashkil etish, loyihalar ustida ishlash, o‘zini-o‘zi baholash hamda individual qobiliyatlarini boqichma-bosqich rivojlantirish asosida aniqlashtirishga oid takliflardan “Developing speaking skills” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universitetining 2025-yil 28-maydagi 11-05-3450/04 sonli dalolatnoma). Natijada, akademik lisey o‘quvchilarining xorijiy tillarni o‘qitishda innovatsion ta’lim mazmun-mohiuatini tahlil qilishga erishilgan;
sun’iy intellekt asosida akademik lisey o‘quvchilarining xorijiy tillarni o‘qitish modeli amaliy yondoshuvlar va tamoyillarni o‘quvchilarning individual qiziqishi, tahliliy fikrlashi, sun’iy intellekt texnologiyalari vositasida tabiiy tilni qayta ishlash, xususan, yakkanutq va juftnutqning turli shakllarini simulyasiya qilish orqali til o‘rganish jarayoni ilmiy innovatsion va konstruktiv g‘oyalarni rivojlantirishning natijaviyligini frontal ta’minlash asosida takomillashtirishga doir takliflar “Developing speaking skills” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universitetining 2025-yil 28-maydagi 11-05-3450/04 sonli dalolatnoma). Sun’iy intellekt asosida akademik lisey o‘quvchilarining xorijiy tillarni o‘qitishga doir uondashuvlar va tamouillar rivojlantirish imkoni oshgan;
sun’iy intellekt asosida akademik lisey o‘quvchilarining xorijiy tillarni o‘qitish metodikasi virtual til almashinuvi, muloqot simulyasiyasi, badiiy ijod texnologiyasi va hikoya qilib berish usullariga ko‘ra adaptiv ta’lim platformalari va chatbotlar kabi sun’iy intellektga asoslangan vositalar yordamida rivojlantiruvchi mashqlarni kiritish asosida xorijiy tillarni o‘qitish sifatini oshirishning ilmiy-amaliy asoslari takomillashtirishga oid takliflardan “Developing speaking skills” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universitetining 2025-yil 28-maydagi 11-05-3450/04 sonli dalolatnoma). Natijada, akademik lisey o‘quvchilarining xorijiy tillarni o‘qitish metodikasi takomillashtirilgan.
mustaqil ta’lim jarayonida sun’iy intellekt asosida akademik lisey o‘quvchilarining xorijiy tillarni o‘qitish samaradorligi auditoriya va auditoriyadan tashqari mashg‘ulotlarda grammatik to‘g‘rilik, lug‘at boyligi, talaffuz va intonatsiya, ravonlik va izchillik, interaktivlik xususiyatdagi mezonlar ko‘ra birlashtirish hamda o‘zini o‘zi rivojlantirishga yo‘naltirilgan pedagogik mikromuhit yaratish asosida takomillashtirishga doir ma’lumotlardan “Developing speaking skills” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universitetining 2025-yil 28-maydagi 11-05-3450/04 sonli dalolatnoma). Natijada, sun’iy intellekt asosida akademik lisey o‘quvchilarining xorijiy tillarni o‘qitishning baholash mezonlari va innovatsion texnologiua vositalarini takomillashtirish imkoni amalga oshirilgan.