Alixonova Dilbar Muxtorovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarda o‘quv leksik kompetensiyalarni rivojlantirish metodikasini takomillashtirish” 13.00.02 -Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (Xorijiy til), (Pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Azizova Qizlarxon Mashrabovna. Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti., DSc.03/30.11.2024.Ped.26.04.
Rasmiy opponentlar: Komilov Nodirbek Boqijonovich pedagogika fanlari doktor, professor. Badelbaeva Yulduzbonu Orifjonovna fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi maqsadi akademik lisey o‘quvchilarining xorijiy tilda (ingliz tili) gapirish ko‘nikmasini rivojlantirishda sun’iy intellektdan foydalanish metodikasini rivojlantirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarda o‘quv leksik kompetensiyalarni rivojlantirishning pedagogik imkoniyatllari o‘zini-o‘zi korreksiyalash faolligini oshirishga qaratilgan leksik xatolar ustida refleksiya qilish orqali interferensiyani sekin-asta kamaytirish va baholashga asoslangan kompetentli, integrativ kontekstual, kontrastiv va kommunikativ yondashuvlardan samarali foydalanish, semantik jihatdan notanish leksik birlik shakli va mazmunini tasniflash hamda o‘quv leksik xususiyatlarni monitoring qilishga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirilgan;
bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarda o‘quv leksik kompetensiyalarni rivojlantirish modeli yondashuv va tamoyillarning didaktik birligini asoslashga qaratilgan leksik birliklarining stilistik xususiyatlarini aniqlash, o‘quv faoliyati va o‘qituvchining o‘qitish faoliyati munosabatlari uyg‘unligini adekvat ta’minlash hamda o‘quv lug‘ati va faoliyatni rivojlantirish vazifalarini uyg‘unlashtirish va uning samaradorligini eksperimental ravishda diagnostika qilish va baholash asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarda o‘quv leksik kompetensiyalarni rivojlantirish metodikasi loyiha asosida va hamkorlikda o‘qitish, muammoga asoslangan o‘qitish usullarini qo‘llashda leksik xatolar kamayishi, interferensiya holatlari bartaraf etilish, so‘z boyligi kengayishi, nutq ravonligi oshishiga ko‘ra o‘quv leksikografik amaliyotning funksional mosligi va o‘quv lug‘ati bilan faoliyat uyg‘unligi barqarorligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarda o‘quv leksik kompetensiyalarni rivojlantirish samaradorligi olingan ma’lumotlarni nazariy pedagogik izohlash, tajriba natijalarini rasmiylashtirish, tadqiqot xulosalarini monitoringini yuritish hamda so‘z boyligini mantiqiy fikrlash asosida ratsional kengaytirib borishga asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarda o‘quv leksik kompetensiyalarni rivojlantirishning pedagogik imkoniyatllari o‘zini-o‘zi korreksiyalash faolligini oshirishga qaratilgan leksik xatolar ustida refleksiya qilish orqali interferensiyani sekin-asta kamaytirish va baholashga asoslangan kompetentli, integrativ kontekstual, kontrastiv va kommunikativ yondashuvlardan samarali foydalanish, semantik jihatdan notanish leksik birlik shakli va mazmunini tasniflash hamda o‘quv leksik xususiyatlarni monitoring qilishga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirishga oid takliflardan “Practice of language aspects” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2025-yil 8-maydagi 11-05-2978/04-sonli dalolatnomasi). Natijada, akademik lisey o‘quvchilarining xorijiy tillarni o‘qitishda innovatsion ta’lim mazmun-mohiuatini tahlil qilishga erishilgan;
bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarda o‘quv leksik kompetensiyalarni rivojlantirish modeli yondashuv va tamoyillarning didaktik birligini asoslashga qaratilgan leksik birliklarining stilistik xususiyatlarini aniqlash, o‘quv faoliyati va o‘qituvchining o‘qitish faoliyati munosabatlari uyg‘unligini adekvat ta’minlash hamda o‘quv lug‘ati va faoliyatni rivojlantirish vazifalarini uyg‘unlashtirish va uning samaradorligini eksperimental ravishda diagnostika qilish va baholash asosida takomillashtirishga doir takliflar “Practice of language aspects” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2025-yil 8-maydagi 11-05-2978/04-sonli dalolatnomasi). Sun’iy intellekt asosida akademik lisey o‘quvchilarining xorijiy tillarni o‘qitishga doir yondashuvlar va tamoyillar rivojlantirish imkoni oshgan;
bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarda o‘quv leksik kompetensiyalarni rivojlantirish metodikasi loyiha asosida va hamkorlikda o‘qitish, muammoga asoslangan o‘qitish usullarini qo‘llashda leksik xatolar kamayishi, interferensiya holatlari bartaraf etilish, so‘z boyligi kengayishi, nutq ravonligi oshishiga ko‘ra o‘quv leksikografik amaliyotning funksional mosligi va o‘quv lug‘ati bilan faoliyat uyg‘unligi barqarorligini ta’minlash asosida xorijiy tillarni o‘qitish sifatini oshirishning ilmiy-amaliy asoslari takomillashtirishga oid takliflardan “Practice of language aspects” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2025-yil 8-maydagi 11-05-2978/04-sonli dalolatnomasi). Natijada, akademik lisey o‘quvchilarining xorijiy tillarni o‘qitish metodikasi takomillashtirilgan.
bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarda o‘quv leksik kompetensiyalarni rivojlantirish samaradorligi olingan ma’lumotlarni nazariy pedagogik izohlash, tajriba natijalarini rasmiylashtirish, tadqiqot xulosalarini monitoringini yuritish hamda so‘z boyligini mantiqiy fikrlash asosida ratsional kengaytirib borishga asosida takomillashtirishga doir ma’lumotlardan “Practice of language aspects” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2025-yil 8-maydagi 11-05-2978/04-sonli dalolatnomasi). Natijada, sun’iy intellekt asosida akademik lisey o‘quvchilarining xorijiy tillarni o‘qitishning baholash mezonlari va innovatsion texnologiua vositalarini takomillashtirish imkoni amalga oshirilgan.