Ashurova Nasiba Muxammadievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Kredit-modul tizimida talabalarning o‘quv faoliyatini takomillashtirish metodikasi”, 13.00.02 -Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Sultonova O‘g‘iloy Nabievna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti, DSc.03/30.11.2024.Ped.26.04
Rasmiy opponentlar: Komilov Nodir Boqijonovich, pedagogika fanlari doktori; dotsent Maxmudova Shaxlo Mirzobovna, pedagogika fanlari nomzodi (PhD).
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi kredit-modul tizimida talabalarning o‘quv faoliyatini metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kredit-modul tizimida talabalarning o‘quv faoliyatini takomillashtirishning didaktik imkoniyatlari individualizatsiya, differensiyalash, multimedia texnologiyalari, kollaborativ, kognitiv va tajribaviy o'quv faoliyatining metodik strukturasini bosqichma-bosqich rivojlantirish va uslubiy ta’minotini ishlab chiqish asosida aniqlashtirilgan;
kredit-modul tizimida xorijiy til bo‘yicha talabalar o‘quv faoliyatini takomillashtirish modelining, maqsadli, mazmunli, tashkiliy-texnologik va baholovchi-samarali komponentlari kommunikativ faoliyat yondashuvlarining o‘zaro aloqadorligini, til va nutq aspektlarini o‘zaro yaxlitligini ta’minlash hamda xorijiy tilda nutqiy amaliy faoliyat motivatsiyasini avtonom o‘quv faoliyati ko‘nikmalarini rivojlantirish asosida takomillashtirilgan;
talabalarning o‘quv faoliyatini takomillashtirish metodikasi autentik materiallar, integrallashgan mashqlar, “Keith speaking” videolari, “Tedtalk”, motivatsion treninglari, Kahoot, Wordwall interaktiv o‘quv platformalari hamda noan’anaviy interaktiv metodlardan o‘quv faoliyati ko‘rsatkichlarini o‘zaro aloqadorligini intensiv ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
kredit-modul tizimida talabalarning o‘quv faoliyati samarasini belgilab beruvchi statik va dinamik bosqichlari mustaqil o‘quv faoliyati pedagogik strukturasi va ularning o‘zaro bog‘liqligi, uzviyligini va moslashuvchanligini ta’minlash asosida aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kredit-modul tizimida talabalarning o‘quv faoliyatini imkoniyatlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
kredit-modul tizimida talabalarning o‘quv faoliyatini rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari madaniyatlararo va kasblararo muloqot, illyustrativ yoritish, interaktiv tayyorgarlik, lingvistik kompetensiya tahlillari va individual tipologik o‘quv faoliyatining psixologik strukturasini bosqichma-bosqich rivojlantirish va pedagogik ta’minotini ishlab chiqish asosida aniqlashtirish bo‘yicha tavsiyalardan “English for Construction of buildings and facilities department studens” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 28-dekabrdagi 11-05-7585/04 dalolatnomasi). Natijada, kredit-modul tizimida talabalar o‘quv faoliyatini ta’lim olish imkoniyatlarini takomillashtirishga erishilgan;
kredit-modul tizimida xorijiy til bo‘yicha talabalar o‘quv faoliyatini takomillashtirish modelining, maqsadli, mazmunli, tashkiliy-texnologik va baholovchi-samarali komponentlari kommunikativ faoliyat yondashuvlarining o‘zaro aloqadorligini, til va nutq aspektlarini o‘zaro yaxlitligini ta’minlash hamda xorijiy tilda nutqiy amaliy faoliyat motivatsiyasini avtonom o‘quv faoliyati ko‘nikmalarini rivojlantirish asosida takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar “English for Construction of buildings and facilities department studens” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 28-dekabrdagi 11-05-7585/04 dalolatnomasi). Natijada, kredit-modulli o‘qitish tizimi sharoitida talabaning mustaqil ta’lim olish imkoniyatini takomillashtirish modelini ishlab chiqishga sharoit yaratilgan;
talabalarning o‘quv faoliyatini rivojlantirish metodikasi autentik materiallar, integrallashgan mashqlar, “Keith speaking” videolari, “Tedtalk”, motivatsion treninglari, Kahoot, Wordwall interaktiv o‘quv platformalari hamda noan’anaviy interaktiv metodlardan o‘quv faoliyati ko‘rsatkichlarini o‘zaro aloqadorligini intensiv ta’minlash asosida takomillashtirishga oid takliflar “English for Construction of buildings and facilities department studens” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 28-dekabrdagi 11-05-7585/04 dalolatnomasi). Natijada, talabalar faoliyatining mavjudligi, shakllarni tanlashga muvofiqligi mustaqil ta’lim va talabalarning rivojlanish istiqobollari kengaytirilgan
kredit-modul tizimida talabalarning o‘quv faoliyati samarasini belgilab beruvchi statik va dinamik bosqichlari mustaqil o‘quv faoliyati pedagogik strukturasi va ularning o‘zaro bog‘liqligi, uzviyligini va moslashuvchanligini ta’minlash asosida aniqlanganligiga oid tavsiyalardan “English for Construction of buildings and facilities department studens” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 28-dekabrdagi 11-05-7585/04 dalolatnomasi). Natijada, kredit-modul tizimida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining mustaqil ta’lim olish imkoniyatlarini takomillashganlik darajasini aniqlashga qaratilgan topshiriqlar to‘plami ishlab chiqilgan.