Todjibaeva Komila Sobit qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini inklyuziv-tarbiyaviy faoliyatga tayyorlash mexanizmlari” mavzusidagi 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Ped3459.
Ilmiy rahbar: Ibraimov Xolboy, pedagogika fanlari doktori, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Voxidova Norposhshaxon Xabibullaevna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Qodirova Feruza Usmanovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini inklyuziv-tarbiyaviy faoliyatga tayyorlash jarayonini rivojlantirishga oid taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini inklyuziv-ta’limiy faoliyatga tayyorlashning pedagogik imkoniyatlari qadriyatli munosabatlar hayotiylik va real vaziyatlar va kasbiy qiziqish motivlarini korreksion rivojlantiruvchi mikromuhitda bolaning psixofiziologik rivojlanishiga proporsional ravishda moslashtirish asosida aniqlangan;
talabalarni inklyuziv faoliyatga tayyorlash texnologiyasi multimediya va raqamli vositalarini o‘quvchilarning individual imkoniyatlariga mos inklyuziv ta’limiy traektoriyasini va shaxsiy rivojlanish harakatlarini mo‘tadil kutilma extiyojlariga mos prognostik aniqlashtirish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini inklyuziv madaniyatli faoliyatga tayyorlash modeli o‘zini-o‘zi mustaqil boshqarish va qayta aloqaga kirishish mobilligini tarbiyaviy faoliyatga tayyorlashda shaxsiy extiyojlariga moslashtirilgan barobar imkoniyatlarga ega bo‘lishi asosida takomillashtirilgan;
talabalarni inklyuziv faoliyatga tayyorlash metodikasi ijtimoiy-hissiy faoliyatni o‘quvchi refleksiyasini istiqbolli korreksiyalash mustaqil qaror qabul qilishda nostandart vaziyatlarni nogironlik kotegoryalarini kontekst xisobga olib multidistiplinar jamoa bilan hamkorlik qobiliyatini va salohiyatini refleksiv ob’ektiv baholash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining inklyuziv madaniyatini rivojlantirish mexanizmlari bo‘yicha ilmiy-tadqiqot natijalari asosida:
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini inklyuziv-ta’limiy faoliyatga tayyorlashning pedagogik imkoniyatlari qadriyatli munosabatlar hayotiylik va real vaziyatlar va kasbiy qiziqish motivlarini korreksion rivojlantiruvchi mikromuhitda bolaning psixofiziologik rivojlanishiga proporsional ravishda moslashtirish asosida aniqlashga oid takliflar 60110500 – Boshlang‘ich ta’lim bakalavriat yo‘nalishi Davlat ta’lim standartlarini takomillashtirishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 18-oktyabrdagi 03/14-3051-sonli ma’lumotnomasi). Natijada boshlang‘ich ta’lim bakalavriat yo‘nalishi o‘quv rejasini takomillashtirish, ta’lim mazmuni samaradorligini oshirishga erishilgan;
talabalarni inklyuziv faoliyatga tayyorlash texnologiyasi multimediya va raqamli vositalarini o‘quvchilarning individual imkoniyatlariga mos inklyuziv ta’limiy traektoriyasini va shaxsiy rivojlanish harakatlarini mo‘tadil kutilma ehtiyojlariga mos prognostik aniqlashtirish asosida takomillashtirishga oid takliflar pedagogika turkum fanlari mazmuniga singdirilgan. (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 18-oktyabrdagi 03/14-3051-sonli ma’lumotnomasi). Natijada talabalarni inklyuziv-pedagogik faoliyatga tayyorlash sifatini oshirish, inklyuziv ta’lim muhitida sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilash imkoniyati yaratilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini inklyuziv madaniyatli faoliyatga tayyorlash modeli o‘zini-o‘zi mustaqil boshqarish va qayta aloqaga kirishish mobilligini tarbiyaviy faoliyatga tayyorlashda shaxsiy ehtiyojlariga moslashtirilgan barobar imkoniyatlarga ega bo‘lishi asosida takomillashtirishga oid takliflar “Oila va Gender” ilmiy tadqiqot institutining JHBL-20-sonli "Oilada imkoniyati cheklangan bolalarning ta’lim-tarbiyasi va rivojlanishiga oid ota-onalarning pedagogik savodxonliklarini oshirish" mavzusidagi amaliy loyiha natijalarini amaliyotga tatbiq etishda foydalanilgan. (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 18-oktyabrdagi 03/14-3051-sonli ma’lumotnomasi). Natijada oila muhitida inklyuziv-tarbiyaviy faoliyat sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilash imkoniyati yaratilgan;
talabalarni inklyuziv faoliyatga tayyorlash metodikasi ijtimoiy-hissiy faoliyatni o‘quvchi refleksiyasini istiqbolli korreksiyalash mustaqil qaror qabul qilishda nostandart vaziyatlarni nogironlik kotegoryalarini kontekst hisobga olib multidistiplinar jamoa bilan hamkorlik qobiliyatini va salohiyatini refleksiv ob’ektiv baholash asosida takomillashtirishga oid takliflar O‘zbekiston teleradiokompaniyasi O‘zbekiston telekanalida efirga uzatiluvchi “Kelajakka yo‘l” hamda Mahalla telekanalining “Minbar” ko‘rsatuvi ssenariysini ishlab chiqishda foydalanilgan. (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 18-oktyabrdagi 03/14-3051-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ijtimoiy-ta’limiy mavzudagi tahliliy ko‘rsatuvlar yangi g‘oya va tendensiyalar bilan boyitilib, inklyuziv-tarbiyaviy faoliyatni rivojlantirishga hissa qo‘shilgan.